2. Nomoddiy aktivlarni xarakatini hujjatlashtirish. Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobi
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish tartibi va hisobi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu Nomoddiy aktivlar hisobi
6. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish tartibi va hisobi.
Iqtisodiyotni yuksalish davrida bozor raqobatiga javob beradigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)larni ishlab chiqarishda eski mulk o‘rniga yangisini sotib olish, eskisini sotish hisobiga daromadlar olish har bir tadbirkorning muhim vazifasidir. Nomoddiy aktivlar quyidagi sabablarga ko‘ra hisobdan chiqariladi: - to‘liq amortizatsiyalanganda: - qisman amortizatsiyalanganda: - sotilganda: - tekinga berilganda: - ustav sarmoyasiga qo‘shilganda. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: egalik qilish huquqi boshqalarga berilganida - huquqni boshqa birovga berish to‘g‘risidagi shartnoma, haq olinganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati va boshqa hujjatlar, huquqni boshqalarga berish qiymatini baholash to‘g‘risidagi mustaqil baholovchi xulosasi, chiqib ketish dalolatnomasi; amal qilish muddati tugatilganligi tufayli hisobdan chiqarilganida - hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma; boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo‘yganida - ta’sis hujjatlari, foydalanish huquqini boshqa birovga berish to‘g‘risidagi shartnoma, foydalanish huquqini boshqalarga berish qiymatini baholash to‘g‘risidagi mustaqil baholovchi xulosasi, foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi; tekinga berilgan taqdirda - foydalanish huquqini boshqa birovga berish to‘G‘risidagi shartnoma, foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi. Bu «Nomoddiy aktivlar» buxgalteriya hisobi milliy standartining 47-48 bandlarida va «Nomoddiy aktivlarni baholash, Intellektual mulkni baholash» standartlarida ham o‘z ifodasini topgan. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishning moliyaviy natijalari balansdagi va soliqqa tortiladigan foydaning miqdoriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda hisobdan chiqarish dalolatnomasi (NMA- 3 shakl) tuziladi. Bu aktivlar boshqa aktivlardan farqli o‘laroq to‘liq amortizatsiyalangandan so‘ng ulardan qayta foydalanilmaydi va qoldiq qiymati nolga teng bo‘ladi. Nomoddiy aktivlar to‘liq amortizatsiyalanganda hisobdan chiqarish quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi; Debet: 9220-«Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti 6 “Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида. 2016 йил 13 апрель. № ЎРҚ-404. 12 Kredit: 0410-0490-«Nomoddiy aktivlar» schyoti. Nazorat uchun savollar 1. Nomoddiy aktivlarga ta’rif bering? 2. Nomoddiy aktivlarga nimalar kiradi va ularni izohlang? 3. 7-sonli “Nomoodiy aktivlar” nomli BHMS va uning mazmunini tushuntiring? 4. Gudvill va bedvill hisobini yuritish tartibini tushuntiring? 5. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarni tushuntirib bering? 6. Tashkiliy xarajatlar nima va unima uchun nomoddiy aktivlar tarkibida yuritilmaydi? 7. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish tartibini izohlang? Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling