2. Nomoddiy aktivlarni xarakatini hujjatlashtirish. Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobi
Nomoddiy aktivlarni xarakatini hujjatlashtirish
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu Nomoddiy aktivlar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomoddiy aktivlarni tashkil etish manbalari bo‘yicha dastlabki qiymatining shakllanishi Dastlabki qiymatni shakllantiruvchi omillar
- Korxona-ning o‘zida yaratish Boshqa aktiv-larga almashti- rish Grant- lar
- Xarid qilish xarajatlari;
2. Nomoddiy aktivlarni xarakatini hujjatlashtirish.
Buxgalteriya hisobi tizimidagi yangi ob’ekt nomoddiy aktiv-larning dastlabki hisobini tashkil etish, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatlarida buxgalteriya hisobi ishlarini to‘g‘ri olib borish, xarajatlarni tannarxga yoki davr xarajatlariga qo‘shish, moliyaviy natijalarni aniqlash imkonini beradi. Tarmoq korxonalarda nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini shakllantirish tartibini quyidagicha ifodalash mumkin Nomoddiy aktivlarni tashkil etish manbalari bo‘yicha dastlabki qiymatining shakllanishi Dastlabki qiymatni shakllantiruvchi omillar Nomoddiy aktivlarning shakllanish manbalari Ustav kapitaliga hissa sifatida qo‘yish Xarid qilish Korxona-ning o‘zida yaratish Boshqa aktiv-larga almashti- rish Grant- lar asosi-da olish Nomoddiy aktivlarning bahosi: shartnoma bahosi + bozor (joriy) bahosi + + balans bahosi (qiymati) + + + + + Xarid qilish xarajatlari; davlat bojlari va yig‘imlari (ro‘yxatdan o‘tish) + + + soliqlar + + + ijaraga berish xarajatlari + + + + + reklama xarajatlari + boshqa xarajatlar + + + + Nomoddiy aktivlarning sotib olish manbalari baholash darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Nomoddiy aktivlarning baholari quyidagi turlarga bo‘linadi: shartnoma bahosi, kelishilgan baho, bozor bahosi, balans bahosi. Mulkning, dastlabki qiymati xarajatlarga bevosita bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, qo‘shma korxonalarda nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri guruhlanishini toqazo qiladi. Hujjatlashtirish orqali nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi schyotlarida vaqtida aks ettiriladi va ularni uzluksiz nazorat qilib borish mumkin bo‘ladi. Nomoddiy aktivlar hisobini yurituvchi korxonalar buxgalteriya hisobi hujjatlarini tuzish va ularning aylanishini amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida mustaqil ravishda belgilaydilar. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qayd etilayotgan hujjatlarda nomoddiy aktivlarning o‘ziga xos xusutsiyatlarini hisobga olib, nomoddiy aktivlarning kelib tushishi, chiqib ketishi, tavsifnomasi, foydali hizmat qilish muddatlari, dastlabki qiymati, amortizatsiya me’yorlari kabi muhim rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak. 5 Nomoddiy aktivlarni hujjatlashtirish ma’lum xusutsiyatlarga ega. Ushbu xusutsiyatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich hisobini to‘g‘ri tashkil qilishga imkoniyatlar beradi. Ushbu hujjat patent idoralarida qayd etilgan bo‘lishi lozim. Tabiiy resurslarga bo‘lgan (er, suv, geologiya) huquqlarini sotib olish yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi. Shuningdek, ayrim nomoddiy aktivlar ham borki, ular korxona faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, oshkor etilmagan axborotlar va ularni himoya qilinishi. Korxona va firmalarda nomoddiy aktivlar harakatini hisobga olish ularning maxsus hisob kartochkalarida yuritilishi kerak. Chunki, keyingi yillarda avtomobilsozlik korxonalarida nomoddiy aktivlarning salmog‘i sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu o‘z navbatida buxgalteriya hisobi oldiga hujjatlashtirish jarayonlarini to‘g‘ri va aniq tashkil etish hamda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Asosiy vositalar bo‘yicha yuritiladigan analitik hisob kartochkasining keraksiz bo‘lgan rekvizitlaridan ozod qilib, nomoddiy aktivlarga xos bo‘lgan qo‘shimcha rekvizitlarni qo‘llash mumkin . «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga asosan (14-modda) boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik muomalalari amalga oshirib bo‘lingandan so‘ng, tuziladi. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda dastlabki hujjatlar (shartnoma, dalolatnoma) quyidagi asosiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim; hisob (arxiv) raqami, nomi va shartli shifri, axborotlarning material ko‘rinishi, ob’ektlardan foydalanish muddatlari, asl nusxalarining saqlash joyi, joriy etgan shaxslar (korxona, tashkilot), ob’ektdan foydalanuvchilar, hujjatlarni saqlash raqamlari, xarajatlarga olib borish ob’ektlari va boshqa ko‘rsatkichlar. Shuningdek, qonunga ko‘ra hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik muomalalari va ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjatlar rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettirilishi ko‘rsatiladi. Nomoddiy aktivlarning dastlabki va jamlama hisobi iqtisodiy adabiyotlarda to‘liq yoritilmagan. Korxonalarda nomoddiy aktivlar bo‘yicha dastlabki hisobni tashkil qilishda ularni qayd etuvchi yangi hujjat shakllarini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish kerak bo‘ladi. Nomoddiy aktivlarni kirimga olish uchun quyidagi hujjatlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling