2. Nomoddiy aktivlarni xarakatini hujjatlashtirish. Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobi


 Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning tartibi, usullari va hisobi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana09.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1469752
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu Nomoddiy aktivlar hisobi

 
4. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning tartibi, usullari va hisobi. 
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son buxgalteriya hisobining milliy standartida 
amortizatsiyaning quyidagi usullarini qo‘llash tavsiya etiladi; 
1. To‘g‘ri chiziqli usul (Straight-line method), bu usulda aktivdan foydalanishning 
butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab, yozishdan iborat 
bo‘ladi. Bu ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati xizmat qilish muddatlari 
mobaynida teng ulushlarda hisobdan chiqarib boriladi. Demak, bu usulda nomoddiy 
aktivlarning har yildagi amortizatsiya summalari bir xil ko‘rinishda bo‘ladi, qoplanayotgan 
amortizatsiya bir xil sur’atda ortadi, natijada ob’ektning ichki qiymati bir xil darajada 
kamayib boradi. Shunga muvofiq, to‘g‘ri chiziq usulida amortizatsiya ajratmalarini hisob-
kitob qilish quyidagi formula asosida amalga oshiriladi: 
M
H
F
q
q
s
H
T
T
е
T
D
A
)
(



ки
 ; 
bu yerda: 
A
s
-amortizatsiya summasi; 
D
q
-dastlabki qiymati; 
T
q
-tugatilish qiymati; 
T
F
-tugatishdan olingan foyda; 
T
H
-tugatilish bo‘yicha xarajatlar; 



H
M
-xizmat qilish muddati. 
Masalan, mahsulotlar belgisiga bo‘lgan guvohnomaning dast-labki qiymati 500000 
so‘m, undan foydalanish muddati 10 yil. Bu muddat ichida guvohnomaga har yili bir xil 
me’yorda amortizatsiya hisoblanadi.
Ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, birinchidan, guvohnoma uchun 10 yil davomida 
amortizatsiya ajratmasi bir xil tartibda hisoblangan, ikkinchidan, qoplanayotgan 
amortizatsiya summasi ham bir darajada ortib borgan, uchinchidan esa qoldiq qiymati 
proporsional ravishda kamayib boradi. Ushbu usulda amortizatsiya aktivning xizmat 
muddatini uzoq davom etishiga bog‘liqligiga asoslanadi va amortizatsiya me’yorlari 
doimiy hisoblanadi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling