2. Nomoddiy aktivlarni xarakatini hujjatlashtirish. Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobi


 Nomoddiy aktivlarning inventarizatsiyasi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana09.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1469752
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu Nomoddiy aktivlar hisobi

5. Nomoddiy aktivlarning inventarizatsiyasi. 
Buxgalteriya ma’lumotlarining nomoddiy aktivlarga nisbatan haqiqiyligi, boshqa 
mulk kabi vaqti-vaqti bilan o‘tkazilib turiladigan yo‘qlama(inventarizatsiya)lar bilan 
tasdiqlanishi lozim. Aktivlarning inventarizatsiyasi «Inventarizatsiyani tashkil etish va 
o‘tkazish» buxgalteriya hisobi milliy standarti bilan tartibga solinadi.
5
Mazkur standartning 30-bandida nomoddiy aktivlar inventarizatsiya qilinganda 
quyidagilar hisobga olinishi ko‘zda tutilgan: 
- sub’ektlarning ulardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligini; 
- nomoddiy aktivlarni balansda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligini tekshirish. 
Tekshirishda patent, litsenziya, guvohnomalar va shartnomalar haqiqatda mavjudligi, 
ulardan foydalanish muddatlari, olingan mahsulot (ishlar, xizmatlar)lar miqdori, 
keltirilayotgan daromad (zarar)lar ham ko‘rib chiqiladi. Bunda inventarizatsiya 
o‘tkazishning asosiy manbasi «Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish» 
dalolatnomasi ( NMA-1 shakl) hisoblanadi.
Joriy etilgan «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish» (19-son BHMS) 
standartning umumiy qoidalar bo‘limida sub’ektning barcha mol-mulk tarkibi bo‘yicha 
inventarizatsiya o‘tkazish muddatlari belgilab berilgan, ammo, moliya-xo‘jalik faoliyatda 
nomoddiy aktivlarning inventarizatsiyasini o‘tkazish muddati haqida hech narsa 
deyilmagan. Nomoddiy aktivlar uzoq muddatli aktivlarning asosiy qismini tashkil etar 
4
Б. Нидлз, Д. Колдуэлл, Х. Андесон. “Принципы бухгалтерского учета”. М.; “ФиС”. 2015 г. 229с. 
5
“Инветаризацияни ташкил этиш ва ўтказиш”. 19-сонли бухгалтерия ҳисоби миллий стандарти. (ЎРМВ. 
1999й.15-октябр. 17-19-2075.) 


11 
ekan, uni doimo nazorat qilib turish zaruriyati kelib chiqadi. Nazorat esa, belgilangan 
vaqtlardagi inventarizatsiya o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivlarning 
o‘ziga xos xusutsiyatlarini hisobga olgan holda ularning inventarizatsiyasi muddati kamida 
bir yilda bir marta o‘tkazilishi kerak. Shu bilan birgalikda, «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasi
6
da inventarizatsiya ob’ektlari, uni o‘tkazish tartibi 
va muddatlari, inventarizatsiya bo‘yicha buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq 
belgilanadi deb ta’kidlanadi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling