2. Nomoddiy aktivlarni xarakatini hujjatlashtirish. Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu Nomoddiy aktivlar hisobi
S= n (n+1) / 2.
bunda n – amortizatsiya ob’ekti faoliyat ko‘rsatadigan yillar soni. Jadallashtirilgan amortizatsiyaning qoldiqni kamayib borish usuli (Declining-balance mehtod) sonlar yig‘indisi usuli tamoyillariga asoslangan bo‘lib, unda har qanday qat’iy me’yor qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa ham, lekin to‘g‘ri chiziqli usulda foydalangan me’yorga nisbatan ikki marotaba ko‘paytirilgan me’yor qo‘llaniladi. Amortizatsiya qoldiqni kamayib borish usuli bilan hisoblanayotganda tegishli koeffitsientlardan foydalaniladi. Fikrimizcha, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya siyosati ikki marotaba tezlashtirilgan usulda hisoblanishi lozim. Xorij davlatlarida bu koeffitsientlar turli xil ko‘rinishda bo‘ladi: xususan, Fransiyada aktivning xizmat qilish muddati 4 yilgacha bo‘lsa, 1,5, 5 yildan 6 yilgacha 2,0 va 6 yildan ortiq bo‘lsa 2,5 koeffitsientlar qo‘llaniladi. Italiyada 2,0, Kanadada 2,0 va 3,0, AQShda 1,5 va 2,0, Germaniyada 1,3 dan 2,0 gacha koeffitsientlardan foydalaniladi. 3 Nomoddiy aktivlarning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan amortizatsiyasini hisoblash usullari taqqoslansa, hisobot davrlari bo‘yicha amortizatsiya summalarining ortishi, qoldiq qiymatlarining kamayib borishini ko‘rish mumkin. Agar ma’lum yildagi raqamlarga e’tibor berilsa, to‘g‘ri chiziqli va bajarilgan ishlar hajmiga taqsimlash usullariga qaraganda jadallashtirilgan usulda aktiv qiymatining deyarli 70-80 foizi amortizatsiya xarajatlari ko‘rinishida mahsulotlar tannarxiga yoki davr xarajatlariga olib borilishini ko‘rish mumkin. Bu esa avvalgi ikki usullarda 50-55 foizni tashkil etadi. Shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, g‘arb davlatlarida buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiyani alohida hisoblab chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Biz soliqqa tortiladigan foydani hisoblab chiqish uchun buxgalter qaysi usuldan foydalanishidan qat’iy nazar, nomoddiy aktivlar bo‘yicha jadallashtirilgan amortizatsiya usullaridan foydalanib, xarajatlarni jadallashtirilgan qoplash tizimini joriy etish lozim deb hisoblaymiz. Xarajatlarni jadallashtirilgan qoplash tizimiga muvofiq xarajatlarni qoplash davri 3 Мещерякова О. “Налоговые системы развитых стран”. (Справочник)- М.: Фонд “Правовая культура”, 2005г. 125 стр. 10 nomoddiy aktivlarning turli ob’ektlari uchun 1 yildan 20 yilgacha bo‘ladi. Bunda xarajatlarni qoplash davri 1 yildan 10 yilgacha bo‘lgan nomoddiy aktivlar uchun 2,0 koeffitsient bilan qoldiq qiymat usulidan foydalaniladi. Shuningdek, qoplash davri 10-20 yilgacha bo‘lgan nomoddiy aktivlar uchun 1,5 koeffitsient bilan qoldiq qiymat usulidan foydalanish korxona uchun samarali bo‘lishi mumkin. Nomoddiy aktivlardan kutilayotgan iqtisodiy samara o‘zgaradigan bo‘lsa, ularga nisbatan qo‘llaniladigan amortizatsiya usuli har yili hisobot davri oxirida qaytadan ko‘rib chiqilishi kerak. Amortizatsiya usuli o‘zgargan taqdirda joriy davr uchun hisoblab yozilgan amortizatsiyaga tuzatish kiritiladi. «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son buxgalteriya hisobi milliy standartining 41- bandiga ko‘ra, hisobot davri uchun amortizatsiya me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish va tuzatish mumkinligi e’tirof etiladi. Amortizatsiya summasi qolgan davrlar uchun taqsimlanadi, bu esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliqqa tortiladigan bazasiga ta’sir ko‘rsatadi. Nomoddiy aktivlarga hisoblanayotgan amortizatsiya summasini xarajatlar tarkibiga to‘g‘ri aks ettirishning iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar olimlari, jumladan amerikalik olimlar Nidlz. B, Anderson. X va Kolduell. D.lar quyidagicha izohlaydilar: «Asosiy vositalar bo‘yicha egri tartibda, nomoddiy aktivlar bo‘yicha esa to‘g‘ri usul bilan amortizatsiya hisoblanishi kerak.» 4 Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi, xuddi shu ob’ektni yana qayta xarid qilib olishni anglatmaydi. Korxona xo‘jalik faoliyatida bir necha nomoddiy aktivlarni xarid qilib olishi mumkin. Amortizatsiya xarajatlarini bir marotaba qoplash kerak bo‘ladi. Bu esa ularga hisoblanayotgan amortizatsiyaning to‘g‘ri chiziqli usulidan foydalanish kerakligini taqozo qiladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling