2. Nomoddiy aktivlarni xarakatini hujjatlashtirish. Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobi


 Nomoddiy aktivlarni xarakatini hujjatlashtirish


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana09.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1469752
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu Nomoddiy aktivlar hisobi

2. Nomoddiy aktivlarni xarakatini hujjatlashtirish. 
Buxgalteriya hisobi tizimidagi yangi ob’ekt nomoddiy aktiv-larning dastlabki 
hisobini tashkil etish, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatlarida buxgalteriya hisobi 
ishlarini to‘g‘ri olib borish, xarajatlarni tannarxga yoki davr xarajatlariga qo‘shish, 
moliyaviy natijalarni aniqlash imkonini beradi. 
Tarmoq korxonalarda nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini shakllantirish 
tartibini quyidagicha ifodalash mumkin
Nomoddiy aktivlarni tashkil etish manbalari bo‘yicha dastlabki qiymatining 
shakllanishi 
Dastlabki qiymatni 
shakllantiruvchi 
omillar 
Nomoddiy aktivlarning shakllanish manbalari 
Ustav 
kapitaliga 
hissa sifatida 
qo‘yish 
Xarid 
qilish 
Korxona-ning 
o‘zida yaratish 
Boshqa 
aktiv-larga 
almashti-
rish 
Grant-
lar 
asosi-da 
olish 
Nomoddiy 
aktivlarning bahosi: 
shartnoma bahosi 

bozor (joriy) bahosi 


balans bahosi
(qiymati) 





Xarid qilish 
xarajatlari; 
davlat bojlari va 
yig‘imlari (ro‘yxatdan 
o‘tish) 



soliqlar 



ijaraga berish 
xarajatlari 





reklama xarajatlari 

boshqa xarajatlar 




Nomoddiy aktivlarning sotib olish manbalari baholash darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Nomoddiy aktivlarning baholari quyidagi turlarga bo‘linadi: shartnoma bahosi, kelishilgan 
baho, bozor bahosi, balans bahosi. Mulkning, dastlabki qiymati xarajatlarga bevosita 
bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, qo‘shma korxonalarda nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri 
guruhlanishini toqazo qiladi. 
Hujjatlashtirish orqali nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi schyotlarida vaqtida aks 
ettiriladi va ularni uzluksiz nazorat qilib borish mumkin bo‘ladi. 
Nomoddiy aktivlar hisobini yurituvchi korxonalar buxgalteriya hisobi hujjatlarini 
tuzish va ularning aylanishini amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida mustaqil ravishda 
belgilaydilar. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qayd etilayotgan hujjatlarda 
nomoddiy aktivlarning o‘ziga xos xusutsiyatlarini hisobga olib, nomoddiy aktivlarning 
kelib tushishi, chiqib ketishi, tavsifnomasi, foydali hizmat qilish muddatlari, dastlabki 
qiymati, amortizatsiya me’yorlari kabi muhim rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak. 



Nomoddiy aktivlarni hujjatlashtirish ma’lum xusutsiyatlarga ega. Ushbu 
xusutsiyatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich hisobini to‘g‘ri tashkil qilishga 
imkoniyatlar beradi. 
Ushbu hujjat patent idoralarida qayd etilgan bo‘lishi lozim. Tabiiy resurslarga 
bo‘lgan (er, suv, geologiya) huquqlarini sotib olish yuridik va jismoniy shaxslar bilan 
tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi. Shuningdek, ayrim nomoddiy aktivlar ham 
borki, ular korxona faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, oshkor etilmagan axborotlar 
va ularni himoya qilinishi.
Korxona va firmalarda nomoddiy aktivlar harakatini hisobga olish ularning maxsus 
hisob kartochkalarida yuritilishi kerak. Chunki, keyingi yillarda avtomobilsozlik 
korxonalarida nomoddiy aktivlarning salmog‘i sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu o‘z 
navbatida buxgalteriya hisobi oldiga hujjatlashtirish jarayonlarini to‘g‘ri va aniq tashkil 
etish hamda takomillashtirishni taqozo etmoqda. 
Asosiy vositalar bo‘yicha yuritiladigan analitik hisob kartochkasining keraksiz 
bo‘lgan rekvizitlaridan ozod qilib, nomoddiy aktivlarga xos bo‘lgan qo‘shimcha 
rekvizitlarni qo‘llash mumkin .
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga asosan (14-modda) boshlang‘ich hisob 
hujjatlari xo‘jalik muomalalari amalga oshirib bo‘lingandan so‘ng, tuziladi. Nomoddiy 
aktivlarni hisobga olishda dastlabki hujjatlar (shartnoma, dalolatnoma) quyidagi asosiy 
rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim; hisob (arxiv) raqami, nomi va shartli shifri, axborotlarning 
material ko‘rinishi, ob’ektlardan foydalanish muddatlari, asl nusxalarining saqlash joyi
joriy etgan shaxslar (korxona, tashkilot), ob’ektdan foydalanuvchilar, hujjatlarni saqlash 
raqamlari, xarajatlarga olib borish ob’ektlari va boshqa ko‘rsatkichlar. Shuningdek, 
qonunga ko‘ra hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik muomalalari va ular amalga 
oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjatlar 
rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettirilishi ko‘rsatiladi.
Nomoddiy aktivlarning dastlabki va jamlama hisobi iqtisodiy adabiyotlarda to‘liq 
yoritilmagan.
Korxonalarda nomoddiy aktivlar bo‘yicha dastlabki hisobni tashkil qilishda ularni 
qayd etuvchi yangi hujjat shakllarini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish kerak 
bo‘ladi. Nomoddiy aktivlarni kirimga olish uchun quyidagi hujjatlarni qo‘llash maqsadga 
muvofiqdir. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling