2. Omixta-yem assortimentlari Omixta-yem ishlab chiqarish texnologiyalari
Omixta-yem ishlab chiqarish texnologiyalari
Download 1.48 Mb.
|
3. Omixta-yem ishlab chiqarish texnologiyalariDonni qayta ishlash sanoati ayniqsa unni maydalash texnologiyalari bilan taqqoslaganda, omixta-yem ishlab chiqarish texnologiyasi ancha soddalashtirilgan ko’rinishga ega. Donni tozalash va qayta ishlashda donni yuvish, trierlar, quruq ishlov berish uskunasi (oboechniy), tosh tozalash mashinalarida va aspiratsion uskunlar, donni maydalash bo’limining murakkab elak va boytiish jarayonlari, ko’p bosqichli silliqlash va saralash tizimlari aralash ozuqa ishlab chiqarishning asosiy texnologiyasida mavjud emas, ular hech qanday me’yoriy-texnik hujjatlarda ko’rsatilmagan. Texnologiyalar turli xil operatsiyalar to’plamini o’z ichiga oladi, ularning soni mahsulot tarkibining murakkabligiga bog’liq. Ozuqa ishlab chiqarishning asosiy texnologiyalariga don tayyorlash, po’stlog’i (ba’zi ekinlar uchun), tarkibiy qismlarni tozalash, maydalash, ularni to’g’ri dozalash, aralashtirish, quritish, granulalash, qadoqlash kiradi. Texnologik jarayon xomashyo, uni qabul qilish, tortish, tozalash va maydalashni o’z ichiga oladi. Ba’zida ushbu bosqichda omixta-yemga qo’shiladigan boshoqli donlar xususan suli, arpa qobiqlari dag’alligi sababli shilinib tashlanadi. Amaliyotda qirg’ichli mashinalar (oboechniy) yoki xomashyoni maydalagichlari bilan maydalab, elakdan o’tkazaish orqali amalga oshiriladi. Omixta-yemga dag’al ozuqa qo’shilganda, pichan va somonni maydalash ishlari alohida amalga oshiriladi. Bu xomashyoning holatiga qarab, briketlangan aralash ozuqa uchun 30-40 mm gacha va granulali ozuqa uchun 3-5 mm gacha bo’lgan bir yoki ikki bosqichda sodir bo’ladi. Sochma, granurli va ekspandinatsiyalangan yem ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari. Ekspanidatsiya texnologiyasi. XX asrning 80-yillari boshlarida Germaniyada qishloq xo’jaligi hayvonlari uchun aralash yem ishlab chiqarish uchun yuqori bosimli termal vintli (burama shnek) konditsioner taklif qilingan. U barabanli va bir o’qli, (os) bug’ va suv kirish klapinlari bo’lgan bir tomonlama buramadan iborat bo’lib, mexanik moy pressi va ekstruderning gibridi hisoblangan. Yigirmanchi asrning 90-yillari oxirida ekspanidatsiyalash jarayoni keng tarqaldi va omixtayem sexlari ekspanidatsiyalangan ozuqa ishlab chiqarishni boshladi. Ekspanidatsiyalash natijasida qattiq bo’lmagan ishlab chiqilgan aralash ozuqa-yemlar chorva mollari tomonidan iste’mol qilinganda qizilo’ngach va oshqozonini shikastlamaydigan, chang hosil qilmaydigan va shu bilan ovqat hazm qilish organlari va nafas olish organlariga yopishib qolmaydigan holatga keldi. Bunday aralash ozuqa katta hajimli zarrachalar yuzasiga hamda serg’ovak tuzilishga ega bo’lib, me’da shirasining va o’z fermentlarining kengayishiga osonroq kirib boradi. Ekspanidatsiya ekstruziya bilan taqqoslaganda ekspanidatsiya texnologiyasi yengil reglament bo’yicha (harorat 110 °C) olib boriladi. Ekspanidatsiya kraxmalni 50% ga parchalashga imkon beradi, bu chorva mollarini fermentlar tizimini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun maqsadga muvofiqdir. Press-granulatordan oldin ekspanidatsiyadan foydalanish, pressi-granulator unumdorligini 30% ga oshirishi, matritsa va valiklarning eskirishini 2-3 baravar kamaytirishi mumkin. Oshqozon-ichak traktining fiziologik xususiyatlarini, oziqlantirish talablarini va tarkibiy qismlarni tayyorlashning texnologik bosqichlarining maqsadga muvofiqligini asoslashni hisobga olmagan holda, chorva mollari uchun aralash ozuqa mahsulotlarining yuqori samarali ta’siriga erishishda, zamonaviy ovqatlanish dasturlarini joriy etish mumkin emas. Ekspanidatsiya. Ekspanidatsiya texnologiyasi barcha turdagi qishloq xo’jalik hayvonlari uchun ozuqa ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Ekspanidatsiya xomashyoni yumshoq qayta ishlashni ta’minlaydi, oziqlanishga qarshi omillarni samarali neytrallashtiradi (bu, ayniqsa, to’liq yog’li soya ishlab chiqarishda juda muhimdir) va oqsilning yuqori darajada saqlanishini ta’minlaydi. Ekspanidatsiya ozuqa ishlab chiqarishning bir qator bosqichlarni o’z ichiga oladi. Tozalash va maydalash. Ekspanidatsiyadan oldin xomashyo metall-magnit aralashmalaridan tozalanadi va maydalaniladi. Tayyor ozuqaning hazm bo’lishi maydalash sifatiga, granulometrik tarkibga va maydalashning bir xilligiga bog’liq bo’ladi. Ekspanidatsiya aralash ozuqa ishlab chiqarishda maydalash vallari o’zlarini eng yaxshi tomonlarini isbotladilar. Ular yaxshi silliqlanish natijalarini beradi va shu bilan texnologik jarayonda maydalangan mahsulotning barcha zarralarini bir xil ishlov berilishini ta’minlaydi. Valli maydalagichning elektr quvvati bolg’a maydalagichlardan 2,5 baravar kam. Gidrotermik ishlov berish. Maydalangan mahsulot mikserkonditsionerga (SKT) kiradi, u yerda u to’yingan bug’ bilan ishlanadi (80–90°Cgacha). SKT valining optimal aylanish tezligi zarrachalarning bug’ bilan bir xil aralashishini, bir xil isitishni va yuqori sifatli namlanishni ta’minlaydi. Gidrotermik ishlovdan so’ng xomashyo dozirovka shneklari orqali ekspanidatsiyalash uchun yuboriladi. Ekspanidatsiya. Xomashyo sperial vint yordamida ekspander vali orqali o’tqiziladi va shu jarayonda mexanik boshqarish orqali ozuqaga har xil shakllar beriladi, masalan: uzun chiziqli, plitali yoki yumaloq shar shakliga keltirish mumkin. Ekspandyerda termomexanik ishlov berish yuqori namlikda amalga oshiriladi. Bug’ni konditsionerga kiritish va ishqalanish kuchini qo’llash orqali mahsulot 105–110°Cgacha bo’lgan haroratiga qadar isitiladi. Agar zarurat bo’lsa haroratni 130°Cga bosimni esa 4MPa ko’tarish mumkin. Ekspandyerdan mahsulot o’tishi uchun atigi bir necha daqiqa kerak bo’ladi. Yuqori harorat va bosim qisqa jarayonda biologik faol moddalarni (vitaminlar, mikroelementlar, aminokislotalar va boshqalarni) strukturasiga ta’sir qilmaydi. Ekspanderdan chiqishda mahsulot harorati 90°C ga tushiriladi va tarkibidagi namlik bir muddatga bug’lanadi. Ushbu bug’lanish mahsulotning tashqi tuzilishini qisman buzadi, xomashyoni serg’ovak va plastik qiladi. Ekspanderdan keyin mahsulotni qayta ishlash jarayonida uzinchoq ekspandensiyalangan mahsulotlar ekspander maydalagichga kiradi va ezilgan holda aylanadigan ishonchli sovutish tizimiga ko’tariladi. Sovutgich ishlab chiqarish vazifasiga ko’ra qarshi oqim prinsipidan foydalanadi: bu mahsulotning yo’q qilinishiga olib keladigan “issiq zarba” paydo bo’lishini istisno qiladi. Tayyor mahsulot zarrachalarning hajmi 3000–3250 m2/m3, 3–5 mm diametrli bo’ladi. Mahsulotning yakuniy bosqichi saralash mashinasi tomonidan aniqlanadi. Ekspanidatsiya jarayoni ozuqaga kiritilgan biologik faol moddalarning saqlash jarayonida xavfsizligiga ijobiy ta’sir qiladi. Bu birinchi navbatda vitaminlar kompleksiga, shuningdek aminokislotalarga taalluqlidir. Ekspanidatsiya paytida issiqlik, namlik va yuqori bosimga qisqa, ammo kuchli ta’sir qilish salmonella va boshqa patogen bakteriyalar, zamburug’lar va mog’orlarni yo’q qilishda samarali bo’ladi. Issiqlik bilan ishlov berishga, nafaqat dezinfeksiya, balki mahsulot ekspanidatsiya ish joyidan o’tib ketganda ham dinamik ta’sirga asoslangan. Ekspanidatsiya jarayonining asosiy omili, issiqlik usulida ishlov orqali tayyor mahsulot gigiyenik xavfsizligini ta’minlashdir. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling