2. Omixta-yem assortimentlari Omixta-yem ishlab chiqarish texnologiyalari
Download 1.48 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boyitilgan omixta-yem ozuqasi
- Konsentratlangan aralashmali omixta-yem (Kkk)
2. Omixta-yem assortimentlariOmixta-yem bu murakkab ozuqa maydalangan va tozalangan turli xil ozuqa vositalari va mikro qo'shimchalarning murakkab aralashmasi bo'lib, hayvonlar uсhun kerakli ozuqaviy tarkibiy qismlar bilan boyitilgan maxsulot . Sanoat miqiysida uch xil turdagi omixta-yemni aralashmasi isnlab chiqariladi: oqsil-mineral-vitaminli,boyitilgan omixta-yemozuqasi, konsentratlangan aralashmali omixta-yem. Murakkab ozuqalar assortimenti nihoyatda keng va xilma-xildir. Omixta-yem sanoatida parrandalar, cho’chqalar, qoramollar, otlar, mo’ynali hayvonlar (norka, sable va boshqalar), quyonlar, nutriyalar, baliqlar, shu jumladan yoshi va mahsuldorligi bo’yicha har xil guruhlar uchun aralash ozuqa-yem konsentratlari, boyitilgan, BVMK (Belkovovitaminno-mineralniy konsentrati), premikslar va shu jumladan retseptlar asosida baliqlar uchun ozuqa aralashmalar ishlab chiqariladi. Boyitilgan omixta-yem ozuqasi – bu hayvonlarning mineral va biologik faol oqsil moddalarga bo’lgan ehtiyojini qondiradigan komponentlar aralashmasi. Boyitilgan omixta-yem ozuqasi – bu har qanday qo’shimchalarni talab qilmaydigan va ma’lum bir turdagi va hayvonlarning jinsi hamda yosh guruhi parhezining talablariga to’liq javob beradigan muvozanatlangan mahsulot. Konsentratlangan aralashmali omixta-yem (Kkk) – konsentratlarni tarkibiy qismlar oqsil va minerallarning ko’pligi bilan farqlanadigan ozuqa-yem hisoblanadi. Biroq aralash ozuqa-yem konsentratlari to’liq muvozanatlanmagan; shuning uchun hayvonlarga biologik to’liq ovqatlanishni ta’minlash uchun parrandachilik, chorvachilik, cho’chqachilik korxonalarida o’zlarining ichki ozuqa bazalaridan foydalangan holda qo’shimcha ozuqa aralashmalar konsentratlarini ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega. Premikis – bu biologik faol komponentlar (vitaminlar, elementlar, fermentlar, aminokislotalar va boshqalar) va qo’shimcha to’ldiruvchi aralashmalarni (kepak, soya po’stlog’i va boshqalar) tashkil etuvchi ozuqalar. Premiks aralash ozuqaga, shu jumladan maqsadli ozuqaga va protein-vitamin-mineral konsentratlariga kiritishda ishlatiladi. Omixta-yem ozuqa aralashmasi (Kormovaya smes) – chorva mollari uchun beriladigan bir xil turdagi ikkilamchi ozuqa asosini tashkil etadigan aralashmalar. Bularga bug’doy kepagi, yorma va shakar sanoatining ikkilamchi mahsulotlari kiradi. Aralashmali omixta-yem to’liq boyitilmagan omixta-yem hisoblanib, ozuqa yo’qligi yoki yetishmasligini oldini olish uchun ishlatiladi. Karbamid konsentrat ekstruderlarda maydalangan don, karbamid va natriy bentonitning bir xil aralashmasini qayta ishlash natijasida olinadigan maydalangan shakldagi ozuqa mahsulotidir, u (plastifikator) plastiklashtiruvchi sifatida ishlatiladi. Karbamid konsentratidan faqat oshqozoni ko’p kamerali bo’lgan kavsh qaytaruvchi hayvonlar uchun KKK omixta-yemlari, BVMK va ozuqa aralashmalari ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Karbamid konsentratlar cho’chqalar, parrandalar va boshqa hayvonlar uchun tavsiya etilmaydi. VVMK asoslangan karbamid konsentrat yirikligi talab qilingan maydalangan bir xil aralashmali, kepak, osh tuzi, premiks va boshqa aralashmalardan tayyorlangan kavsh qaytaruvchi hayvonlar uchun mo’ljallangan konsentratlangan aralashmali omixta-yem (KKK) va oddiy tarkibli ozuqa-yem aralashmasi (Kormovaya smes) hisoblanadi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling