2. O‘zbekiston temir yo‘llari” aj yo‘llarida poyezd va manyovr ishlarida harakat xavfsizligining buzilish holatlari haqida umumiy ma'lumot


Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini buzilishining oldini olish


Download 240.11 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi240.11 Kb.
#1020553
1   2   3
Bog'liq
mustaqil ta\'lim referat

Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini buzilishining oldini olish
Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilishlari bo‘yicha barcha holatlarni va harakat xavfsizligi buzilishlarining sabablari, oqibatlari, ularda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda kelgusida harakat xavfsizligi buzilishlari kelib chiqishining oldini olish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va (yoki) idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llariga mulkka egalik qilish huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlar asosida egalik qiluvchi (bundan buyon matnda temir yo‘lga egalik qiluvchi deb yuritiladi) tomonidan harakat xavfsizligi buzilishlari haqida ma’lumot olinganda, 5 soatdan kechiktirmasdan xizmat tekshiruvini o‘tkazish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Komissiya tarkibiga «O‘zdavtemiryo‘lnazorat» inspektsiyasi va (yoki) mintaqaviy filiali va harakatdagi tarkib mulkdorlarining vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakillari (avtotransport vositalari bilan bog‘liq harakat xavfsizligi buzilishlari holatlarida) hamda boshqa shaxslar kelishuv asosida kiritilishi lozim. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
joyiga chiqqan holda harakat xavfsizligi buzilishlarining yuzaga kelish holatlari va sabablarini o‘rganish;
harakat xavfsizligi buzilishlarining oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
jabrlangan shaxslarga tegishli yordam ko‘rsatish, temir yo‘l transporti harakatini tiklash;
temir yo‘lning harakatdagi tarkibining, umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida temir yo‘l transporti infratuzilmasi obyektlarining amaldagi holatini temir yo‘l transportidan foydalanishni va harakat xavfsizligini tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash;
harakat xavfsizligi buzilishlarini keltirib chiqargan yoki ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan temir yo‘l transportida, shuningdek umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda va idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida ishlayotgan xodimlarning harakatlarini (harakatsizligini) baholash;
xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha shakllantirilgan yig‘ma jildni 20 kun ichida tahlil qilish va saqlash uchun «O‘zdavtemiryo‘lnazorat» inspektsiyasiga taqdim etish.
Harakat xavfsizligi buzilishlari sodir bo‘lgan joyda komissiya tomonidan:
tezlikni o‘lchash tasmasi, xotira moduli yoki temir yo‘lning harakatdagi tarkibi harakati parametrlarini qayd etish kassetasi, poyezdning natur varag‘i, poyezdni tormozlar bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, harakat tezligini cheklash to‘g‘risidagi ogohlantirishlar va lokomotivning bort jurnali olinadi (agar saqlanib qolgan bo‘lsa);
harakatlanish yo‘lining buzilgan joyi va temir yo‘lning harakatdagi tarkibining joylashishi, kilometr va piketga bog‘lagan holda uning relьsdan chiqish izlari, temir yo‘lning harakatdagi tarkibining izdan chiqishi boshlangan va to‘xtagan joyi ko‘rsatilgan sxema chiziladi;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va (yoki) idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llariga tegishli obyektlarning texnik holati va ishi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi;
harakat xavfsizligi buzilishlariga daxldor va voqeaga guvoh bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi;
harakat xavfsizligi buzilishlari sodir bo‘lgan vaqtdagi ob-havo sharoitlari qayd qilinadi.
Hududida harakat xavfsizligi buzilishlari sodir bo‘lgan temir yo‘lga egalik qiluvchi xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddati davomida harakat xavfsizligi buzilishi sabablarini aniqlashga xizmat qiluvchi hujjatlar, temir yo‘lning yuqori ko‘tarmasi elementlari, temir yo‘lning harakatdagi tarkibining detallari va boshqa predmetlarning saqlanishini ta’minlashi shart. Zarur hollarda, komissiya tegishli hujjatlar, detallar va predmetlarni maxsus tekshiruv yoki sinovlarga yuborishi mumkin. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddati 15 kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.


Download 240.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling