2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet16/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Kodning ayniganligi:

A. Bitta aminokislotani bir nechta kodon kodlashtirishi. B. Bir kodon faqat bitta aminokislotani kodlashtirishi. D. Bir kodon nukleotidlari ikkinchi kodonni to‘ldirmasligi. E. Genetik kodning hamma organizmlar uchun bir xilligi. F. Hamma javoblar bir-birini to'ldiradi.

  1. Nukleosomalar:

A. Hujayra organoidlari. B. Ribonukleoproteidlar. D. Xromo- somaning tuzilish birligi, gistonlar va DNKdan tashkil topgan. E. DNK, RNK, gistonsiz oqsillardan tashkil topgan. F. Lipoproteidlar va DNK dan tashkil topgan.

  1. Kolinearlik — bu:

A. Nuklein kislotalarda nukleotidlar ketma-ketligi bilan oqsildagi aminokislotalar orasidagi ketma-ket parallelizm. B. Pre- iRNKdan ayrim qismlarini kesib tashlanishi. D. Pre-iRNK qismlarining ulanishi. E. Kodning tripletligi. F. DNKda terminator kodonlar mavjudligi.

  1. Yadrocha:

A. Membrana bilan o‘ralgan. B. Fibrillasimon va donador qismlardan tuzilgan. D. Ribosomalarni hosil qilishda qatnashadi. E. A va В javoblar to‘g‘ri. F. В va D javoblar to‘g‘ri.

  1. Odam xromosomalaridan qanchasi yadrocha hosil qilishda qatnashadi?

A. Hammasi. B.Bittasi ham qatnashmaydi. D. Bir jufti. E. Uch jufti. F. 5 jufti.

  1. Prokariotlarning irsiy materiali:

A. Halqasimon DNK — genofor. B. DNKning erkin bispirali. D. Nukleosomalardan tuzilgan xromosoma. E. RNK; F. DNK yoki RNK.

  1. Xromosomaning asosiy kimyoviy tarkibi:

A. DNK va oqsil. B. DNK, minerallar. D. Yog‘lar, uglevodlar, DNK. E. Oqsillar, yog‘lar. F. Uglevodlar yog‘lar, minerallar, DNK.

  1. DNKning AAT kodogeniga iRNKning qaysi kodoni to'g'ri keladi?

A. UUA. B. AAU. D. CCU. E. GOT. F. TTA.

  1. Kodning univer.4al.ligl:

A. Bitta aminokislotaga bir nechta kodon to‘g‘ri keladi. B. Bir kodon faqat bitta aminokislotani kodlashtirishi. D. Bir kodon nukleotidlari ikkinchi kodonni to‘ldirmasligi. E. Genetik kodning hamma organiznilar uchun bir xilligi. F. Hamma javoblar bir-birini to‘ldiradi.

  1. Odam xromosomalari:

A. 2 ta yelkadan va sentromeradan tuzilgan. B. Ikkilamchi belbog'i va yo'ldoshi bo'lishi munikin. D. Yelkalar uzunligi va yo‘ldoshiga qarab klassifikatsiyalanadi. E. Hamma javoblari to‘g‘ri. F. A va В javoblar to‘g‘ri.

  1. Eukariotlaming xarakterli xususiyatlari:

1. Replikatsiya multireplikon tipda. 2. Yadro qobig‘i mavjud. 3. Gistonli oqsillari mavjud. 4. Gistonli oqsillari bo‘lmaydi. 5. Yadro qobig‘iyo‘q. 6. Transkripsiya va translatsiya ajralgan. 7. Transkripsiya va translatsiya ajralmagan. 8. Replikatsiya unireplikon tipda.
A. 1,2, 7. B. 2, 4. D. 4, 5, 7, 8. E. 1, 3, 6. F. 1, 2, 3, 6.

  1. mavzu. HUJAYRANING HAYOT SIKLI.
    HUJAYRALAR BO‘LINISHI. MITOZ. MEYOZ


Mavzuning mazmuni.
Hujayralarning bir bo'linishidan ikkinchi bo‘linishigacha yoki uning o'limigacha bo‘lgan davr hujayra sikli deyiladi. Hujayra sikli: 1. Tinim davri; 2. Mitoz sikli; 3. Funksiyalarini bajarish davrlaridan tashkil topadi.
Hujayralar bo‘linish xususiyatlariga qarab har xil bo‘ladi. Ayrim hujayralar ko'payish xususiyatiga ega bo'lmaydi, chunki ular doimiy faol hamda funksional takomillashgan hujayralardir. Boshqa hujayralar esa doimo bo‘linib, o'lgan, o‘z faolligini yo‘qotgan hujayralar o‘rnini to‘ldirib turadi.
Mitoz sikli mitozdan va interfazadan tashkil topadi.
Hujayradagi xromosomalarning gaploid soni ,,n“ bilan belgilanadi. Masalan: In xromosomali hujayra — gaploid, 2n
xromosomali hujayra — diploid, 3n ligi esa — triploid hujayra deb yuritiladi. Hujayradagi DNK miqdori ,,c“ bilan belgilanadi. Diploid hujayrada xromosomalar miqdori 2n, DNK miqdori 2c bo‘ladi.
Mitoz sikli tekshirilganda irsiy moddaning o‘zgarishlari ham o‘rganiladi. Mitoz sikli (7- rasm) to‘rt davrga bo‘linadi: mitoz (M), presintez (Gx), sintez (S), postsintez (G,) davrlar. Gp S, va G, davrlar interfazani tashkil qiladi.
Postmitoz (G2) davrida yadrodagi DNK diploid to‘plam (2c)ga ega, lekin sitoplazmadagi oqsil va RNK miqdori она hujayraga nisbatan ikki baravar kam bo'lgani uchun hujayra o‘sadi, oqsil sintezlaydi, ATF to‘playdi, RNK miqdori ko‘payadi. Keyingi S (sintez) davrida yadro DNKsining miqdoriy ikkilanishi (replikatsiya) kuzatiladi. Hujayralarda DNK miqdori 2c dan 4c ga ortadi. Postsintez G, davrida bo‘linish duki asosiy oqsili — tubulin sintezlanadi. To‘qimalarda vaqtincha yoki butunlay bo‘linish xususiyatini yo'qotgan (Go — davridagi) hujayralar ham uchraydi. Bunday hujayralar ko'pincha kambial yoki o‘zak hujayralar bo‘ladi. Ayrim hujayralar ma’lum vaqt funksional faol bo‘lib turib, so‘ng degeneratsiyaga uchraydi (teridagi muguzlanuvchi epiteliy hujayralari). Hujayralar ikki xil usulda bo‘linib ko'payadi (mitoz va meyoz):
Mitoz murakkab bo‘linish bo‘lib, asosan somatik hujayralarga xosdir. O‘rganishni osonlashtirish uchun mitoz to‘rt bosqichga bo‘lib o‘rganiladi: profaza, metafaza, anafaza, telofaza (5- jadval).
Profazada (8- va 9- rasmlar) xromosomalar spirallashishi bosh- lanadi. Sentrosoma sen- triolalari hujayra qutblariga tarqalib, iliar orasida mikronay- chalar tortiladi, mitoz kalavasi (duki) hosil


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling