2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet24/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Fotosintezning qorong‘ulik bosqichida qanday reaksiyalar kuzatiladi?

  1. ATF sintezi. 2. Suvning fotolizi. 3. Molekular kislorodning hosil boTishi. 4. Uglevodlarning sintezlanishi. 5. ADF sintezlanishi.

A. 1,4. B. 2, 3, 5. D. 3, 4, 5. E. 1, 2, 3. F. 4, 5.

  1. Tropizm — bu:

A. Erkin harakatlanuvchi organizmlarning ta’sirga nisbatan yo‘nalishli harakat reaksiyalari. B. Ta’sirga nisbatan o'simliklarning yo‘nalishli o‘sish harakatlari. D. O‘s.imliklar a’zolarining muhit omillari o‘zgarishiga qarab yo‘nalishi noaniq harakat reaksiyalari. E. Nerv sistemasi bo‘lgan organizmlarning muhit ta’siriga javob reaksiyasi. F. Tirik organizmning har qanday ta’sirga javob reaksiyasi.

  1. Aerob organizmda:

A. Awal glikoliz, keyin aerob oksidlanish kuzatiladi. B. Faqat glikoliz kuzatiladi. D. Faqat aerob oksidlanish kuzatiladi. E. A va В javoblar to‘g‘ri. F. A va D javoblar to‘g‘ri.

  1. Fotosintezning yorug‘lik bosqichida qanday reaksiyalar kuzatiladi?

1. ATF sintezi. 2. Suvning fotolizi. 3. Molekular kislorodning hosil boTishi. 4. Uglevodlarning sintezlanishi. 5. ADF sintezlanishi.
A. 1,4. B. 2, 3, 5. D. 3, 4, 5. E. 1, 2, 3. F. 4, 5.

  1. Glikoliz hujayraning qaysi joyida kechadi va unda qanday jarayonlar kuzatiladi?

1. Glukozaning pirouzum kislotasiga parchalanishi. 2. Uch karbon kislotalar sikli. 3. ATF sintezi. 4. Elektronlar ko‘chirilishi. 5. Sito-
plazmada. 6. Mitoxondriyalar ichki membranasida. 7. Mito- xondryailar matriksida.
A. 1,3, 4, 6. B. 1,3,5. D. 2,4, 6, 7. E. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7. F. 3, 6, 7.

  1. Avtotroflar va geterotroflarning asosiy farqi:

A. Assimilatsiyaning qanday hujayrada kechishiga bog'liq. B. Assimilatsiyani boshlovchi hujayralar qanday substratdan foydalanishiga bog‘liq. D. Hujayra kerakli moddalarni qanday muhitda (aerob yoki anaerob) sintezlashiga bog‘liq. E. Avtotroflar — faqat o‘simliklar, geterotroflar — hayvonlar hisoblanadi. F. Avtotroflar ATF energiyasidan foydalanadi, geterotroflar esa ovqat mahsulotlari energiyasidan foydalanadi.

  1. Ta’ sirlanuvchanlik shakllari qanday organizmlarda kuzatiladi?

A. Tropizm — hayvonlarda. B. Taksis o‘simliklarda. D. Ref- lekslar — zamburug'larda. E. Hamma javoblar noto‘g‘ri. F. Hamma javoblar to‘g‘ri.

  1. Organik moddalarning aerob va anaerob parchalanishlari qayerda kechadi?

A. Mitoxondriyalarda. B. Glikoliz — mitoxondriyalarda, nafas olish — gialoplazmada. D. Glikoliz — sitoplazmada, nafas olish — mitoxondriyalarda. E. Gialoplazmada. F. Aerob jarayonlar hayvonlar uchun, anaerob jarayonlar o‘simliklar uchun xos.

  1. Xloroplastlar:

1. Yorug‘lik energiyasi hisobiga ATF sintezlaydi; 2. Nafas olishda hosil bo‘lgan energiya hisobiga ATF sintezlaydi; 3. Ichki va tashqi membranalari mavjud. 4. Stromasi mavjud. 5. Matriksga ega. 6.Tilakoidlari mavjud.
A. 2, 3,5. B. 1,3, 4, 6. D. 1,3, 5. E. 2, 3, 6. F. 1, 3, 5, 6.

  1. Mitoxondriyalar:

l.Yorug‘lik energiyasi hisobiga ATF sintezlaydi. 2. Nafas olishda hosil bo‘lgan energiya hisobiga ATF sintezlaydi. 3. Ichki va tashqi membranalari mavjud. 4. Stromasi mavjud. 5. Matriksga ega. 6.Tilakoidlari mavjud.
A. 2, 3,5. B. 1,3, 4, 6. D. 1,3, 5. E. 2, 3, 6. F. 1,3, 5, 6.
I Tibbiy biologiya va genetika

  1. BO‘LIM. IRSIYAT VA O‘ZGARUVCHANLIK

  1. mavzu. MONOGIBRID VA POLIGIBRID

CHATISHTIRISHDA BELGILARNING NASLDAN
NASLGA 0‘TISHI

Mavzuning mazmuni.
Irsiyatning asosiy qonuniyatlarini yaxshi o‘zlashtirish vrachning amaliy faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Bu qonuniyatlarni chuqur o'zlashtirmasdan turib odamlarda uchraydigan har xil irsiy kasalliklarni, rivojlanish anomaliyalarini tushunib ya tibbiyotning boshqa fanlarini puxta o‘rganib bo‘lmaydi.
Irsiyatning asosiy qonuniyatlari 1865- yilda mashhur chex olimi G.Mendel tomonidan kashf qilingan. Genetika (yunoncha genesis — tug'ilishga oid) — irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan.
G.Mendel birinchi marta irsiyat qonuniyatlarini o‘rganishda duragaylarni tahlil qilish (ma’lum belgilari bilan farq qiluvchi organizmlarni chatishtirish) usulini qo‘lladi. Mendel zamon- doshlaridan farq qilib, belgilar yig‘indisini emas, balki avvaldan o‘rganish uchun tanlab olingan ayrim belgilarning nasldan naslga o'tishini o'rgandi. Olingan natijalariga statistik tahlil usulini qo‘lladi.
Bir-birini istisno etuvchi bir juft belgilari bilan farq qiluvchi organizmlarni duragaylash monogibrid chatishtirish deyiladi. Ikki juft bir-birini inkor etuvchi belgilari bilan farq qiluvchi organizmlar chatishtirilsa digibrid, ko‘p belgilari bilan farq qiluvchi organizmlar chatishtirilsa poligibrid chatishtirish deyiladi.
Monogibrid chatishtirish bilan tanishamiz. Sariq va yashil no'xatlarni chatishtirsak birinchi avlod duragaylari hammasi bir xil, ya’ni sariq rangda bo'ladi. Bu tajribadan birinchi avlod duragaylarining bir xilligi qonuni kelib chiqadi. Birinchi avlodda yuzaga chiqqan belgi dominant (lotincha dominans — ustunlik qilish), namoyon bo'lmagan belgi esa retsessiv (lotincha recessus — chekinish) deb ataladi. Mendel yashagan davrda irsiyatning moddiy asosi aniqlanmagan edi. Mendel ularni „irsiy omillar“ deb atadi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling