2. Portlatish usullari Portlatish metodlari


Download 0.58 Mb.
bet3/6
Sana17.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1706084
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Portlovchi moddalarva portlatish usullari

2.Portlatish usullari


Olovli usul. Bu ancha oddiy bo‘lib, bunda maxsus apparaturalar talab etilmaydi. Bir nechta PM ni portlatishni amalga oshirish zarur bo‘lsa uni ko‘rsatilgan usulda amalga oshirish amaliy tomondan qiyinroq, chunki olov o‘tkazuvchi shnurning har-xil uzunlikka ega bo‘lishi imkoniyat bermaydi. Shu sababdan olovli usul yirik o‘lchamli qattiq jinslarni portlatishda qo‘ullanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Detonatsialanovchi shnur yordamida kapsyulasiz portlatish usuli. Bu usul yer yuzasida amalga oshiriladigan portlatishlarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan asosiy usul hisoblanadi. U birdaniga yoki qisqa sekinlashtirilgan detonatsiyalanuvchi zaradlar guruhiga kiradi. Bu usul yoppasiga yoki to‘plangan zaradlarni portlatishda qulay bo‘lib yuqori xavfsizlikni taminlay oladi. Uning kamchiligi asosan quyosh nuridan kuyish yoki qizib ketishdan himoyani zarurligi va sezilarli qimmatligidir. Bu usulda DSH ni elektr tarmog‘i kabi bir nechta portlatishlarni amalga oshirish uchun montaj qilinadi va portlatishni amalga oshirish mumkin.
Elektrli portlatish. Bu usulni portlatish uchun foydalaniladi. Bir va bir nechta portlashlarni elektr detonatorlar yordamida amalga oshirish mumkin. Bu usul asosan yer osti ishlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Ochiq portlatishlarda bu usuldan alohida murakkab sharoitlarda foydalaniladi.
Bu usulning qulayligi bir qancha zaradlarni nisbatan qisqa vaqtda portlatishi, yuqori ishonchliligi, elektr portlatgich tarmog‘idagi nosozliklarni asboblar yordamida tekshirish mumkinligi bilan baholanadi. Kamchiligi esa-montaj qilishning murakkabligi, aniqlanmagan tokning borligida qo‘llashning xavfliligidir.
Bu usulda tok manbai sifatida kondensatorli portlatish mexanizmi (KPM-1A, KPM-3) yoki tarmoqdagi o‘zgaruvchan tokdan foydalaniladi.


    1. Portlatish metodlari


Quduqli zaradlar uslubi (metodi). Bu usul toshlarni portlatishda, profilli qazilmalar, to‘g‘onlarni qurishda asosiy hisoblanadi. Bunday ishni amalga oshirishda yuqori darajada mexanizatsiyani qo‘llash imkoniyati bo‘ladi. PM ni vertikal, gorizontal va ma’lum burchak ostida quduq qazilib joylashtirish mumkin. (3.6-rasm).

3.6-rasm.Portlatish quduqlarini joylashtirish sxemalari:


a-tik quduq; b-qiya quduq; v-tik va qiya quduqlar; g-gorizontal va qiya

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling