2. Portlatish usullari Portlatish metodlari
Download 0.58 Mb.
|
Mavzu Portlovchi moddalarva portlatish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olov o‘tkazuvchi shnur
- 3.5-rasm.Portlatish vositalari
Detonatsiyalanadigan shnur. Bu ham PM detonatsiyasini qo‘zg‘atuvchi vosita . Bunda TEN PM qo‘llaniladi. Detonatsiya tezligi 7,2 km/s . Shnur suvdan himoyalovchi qobiq bilan o‘ralgan. Ularning sanoatda ishlab chiqariladigan DSH,DSHA va suvni tutib turuvchi DSHV rusumlari bor.
Olov o‘tkazuvchi shnur olovli portlatishda kapsyul detonatorlarni yonishi uchun olovni qo‘zg‘atuvchi vosita hisoblanadi. Shnurni yonish tezligi 1 sm/s. U suvdan himoyalangan. Sanoatda uning OSHA va namga chidamli OSHDA, OSHP rusumlari ishlab chiqariladi.Olov o‘tkazuvchi shnur yondirgich trubka yoki patrondan foydalangan holda ishga tushiriladi. Patron bir vaqtda bir nechta shnurni yoqish uchun qo‘llaniladi. Patron (kartondan stakan) yonuvchi modda bilan ishlangan, uni yondirganda bir nechta shnurga bir vaqtda olovni o‘tkazadi. 3.5-rasm.Portlatish vositalari: a-kapsyul-detonator; b-birdaniga harakatlanadigan elektrodetonator; v-sekin harakatlanadigan elektrodetonator; g-kech ta’sirlanadigan elektrodetonator: 1-latun gilza;2- himoya idishi; portlovchi simob; 4-tetril; 5-tutashtiruvchi sim; 6-plastik tiqin; 7-elektryondirgich; 8-ipakli to‘r; 9-syokinlashtiruvchi tarkib. Portlovchi moddalar sochiluvchan (grammonit, granulitlar, amoniy poroshogi 6) qadoqlangan holda qoplarga 40-45 kg solib chiqariladi. Plastik va oquvchan PM (akvanitlar, akvatollar) polietilen paketlarda vazni 5 kg dan 40 kg gacha taralanadi. Boshqa hamma PM suv tutib turuvchi patronlarda shpuralar uchun diametri 28, 32, 36 va 45 mm, quduqlar uchun 90 mm bo‘lgan o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Shpuralar uchun patronlarning massasi 150 dan 250g. gacha 200 va 250mm o‘lchamda chiqariladi. Ular 10 donadon har bir idishga joylanadi va maxsus mustahkam yashiklarga joylashtiriladi. Portlatish vositalari ham maxsus mustahkam yashiklarga joylashtiriladi. Portlatish vositalari ham maxsus mustahkam, mexanik tasirdan saqlovchi yashiklarda ishlab chiqariladi. Portlovchi moddalarni tashishda texnika xavfsizligiga qattiq etibor berish lozim. Ularni yuklash va tushirishda xovfsizlikni birlik qoidalari me’yoriy hujjati ko‘rsatmalariga qatiy itoat qilinishi kerak . Portlovchi moddalarni maxsus qo‘riqlanadigan omborlarda saqlanishi lozim. Bunday obyektlar asosiy inshootdan ma’lum masofada joylashishi kerak . Omborda joylashtiriladigan PM me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi. Tegishli hujjatlashtirish ishlari bajariladi. Bunda aniq maqsad, joy, obyekt va boshqalar ko‘rsatiladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling