Shpurali zarad metodi bu tog‘ jinslarni portlatish bilan yumshatishda shpuralarga joylashtirilgan zaradlardan foydalanish tushuniladi(3.7.b rasm). Bular asosan yer osti qurilishlarida qo‘llaniladi. Bu metod loyihaga yaqin o‘lchamlarda
ishni bajarish imkoniyatini beradi. Uning kamchiligi esa ishni yuqori darajada mexanizatsiyalashmaganligi va ko‘p mehnat talabligidir.
Shpurali zaradlarni portlatish ishlarining parametrlari quyidagi tartibda bajariladi.
EKKKCH miqdori ikki bo‘shliq yuzali sharoitda, m
W= 47Ктdзер . (3.4)
bu yerda: ye-energetik koeffitsiyent, кт-jinsning yorug‘lik koeffitsiyenti
Qayta burg‘ilash uzunligi qabul qilinadi. (8...10) dzar
Shpurali zaradlar oraliq masofasi qabul qilinadi, m
a=(0,8…1,4) W (3.5)
Kichik miqdor birdaniga va katta miqdor qisqa sekinlashtirilgan portlatishlarda qabul qilinadi.
Shpura qatorlari oraliq masofasi aniqlanadi, m
v=0,87 a (3.6)
Shpurali zarad massasi hisoblanadi, kg
Q=0,7 Lшп R, (3.7)
bu yerda: Lшп-qayta burg‘ilash bilan shpura uzunligi, m; R-shpura sig‘imi, kg m;
3.7-rasm.Zaryadlar konstruksiyasi.
a-yumshatishningqhuduqli zaryadi; b-yumshatishning shpurali zaryadi; v-konturli portlatish uchun quduq to‘plangan zaryadlari:
1-dеtonatsiyalanadigan shnurga(DSh) ulagich; 2-zaboyka(ko‘mib mahkamlangan joy); 3-DSh; 4-sochik zaryad; 5-patron –boеvik; 6-ulovchi sim; 7-6JV ammonig patroni.
3.8-rasm.Kamеrasimon pnеvmozaryadlagich.
1-yuklash voronkasi; 2-yuklagich klapanini boshqarish dastasi; 3-saqlovchi klapan; 4-bunkеr; 5-boshqarish qo‘lfaklari; 6-tashuvchi haydagich; 7-rama; 8-zaryad shlangasiga; 9-siqilgan havo.
Do'stlaringiz bilan baham: |