2. Portlatish usullari Portlatish metodlari


Download 0.58 Mb.
bet6/6
Sana17.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1706084
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Portlovchi moddalarva portlatish usullari

3.9-rasm.Kamerali zaradlardan foydalanish sxemalari.
a,b-yo‘l asosini hosil qilish; v-kanal o‘tkazish; g,d-to‘g‘on bo‘rtini yaratish.

Tosh jinslarni yumshatishda f (n) qiymati 1/5-1/6 atrofida kam yumshatish uchun, 1/3-normal yumshatish va 1/2-1 kuchli yumshatish uchun qabul qilinadi. f (n) rang qiymati irg‘itish zaradi uchun quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi.


f (n)=0.4 + 0.6 n3 (3.11)

PM ning solishtirma sarfi, kg/m3


3.5-jadval




Zarad


Jinslar guruhi

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

Yumshatish

-

0,35

0,40

0,45

0,50

0,55

0,60

0,65

0,70

0,75

0,80

Irg‘itish

1,20

1,3

1,40

1,50

1,6

1,7

1,8

1,9

2,0

2,10

2,20

EKKKCH miqdori 25 m dan ko‘p bo‘lganda zaradning miqdori


M.A.Sadovskiy ifodasi yordamida aniqlanadi:

Q= 0.4  0.6n3qW 3
(3.12)

Yumshatish zaradlari oraliq masofasi (1...1.2)W birdaniga portlatishda qabul qilinadi va (1,3...1,4) W sekinlashtirilgan portlatishlarda qabul qilinadi. Ko‘p qatorli portlatishlarda qatorlar oraliq masofasi quyidagicha aniqlanadi:
L=(1.0...1.2) a (3.13)
Kazilmalarni hosil qilish uchun portlatishda PM ni eng kam ishlatib va sifatli (tekis) yuza hosil qilish kerak.
a= W3 0,4  0,6n3 (3.14)

Qazilma varonkani ko‘rinish chuqurligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.


R=(0,135 + 0,8) W (3.15)
Portlatishda jins bo‘laklarining maksimal otilish uzoqligi quyidagicha bo‘ladi l=20 n2 W (3.16).
Kamerali portlatishda qazilma kengligi quyidagicha aniqlanadi


Bp=Kp W (317)
Kp -portlatilgan grunt granulometrik tarkibi va zichligiga bog‘liq koeffitsiyent; Kp - qumoqlar uchun 2, tosh jinslar uchun 4 bo‘ladi.

3.6 Burg‘ilash portlatish ishlarida texnika xavfsizligi


Burg‘ilash portlatish ishlari xovfsizlik tomonidan ahamiyatni juda ko‘p talab etadigan ishdir. Shu sababli bu ishlarni bajarishdagi xovfsizlikni ta’minlashga qat’iy e’tibor beriladi.
Portlatish ishlari bajariladigan joyning (seysmik) xovfsizlik chegarasi aniqlanadi (3.18.)
R=K1 K 2 , m (3.18)
bu yerda: k1-irg‘itish ko‘rsatkichi miqdoriga bog‘liq koeffitsiyent (1,2 dan 0,7gacha); K2-grunt hususiyatini hisobga olish koeffitsiyenti (tosh jinslar 3-5, tosh bo‘lmagan jinslar 7-9 va suvga to‘yingan loy gruntlar uchun 20).
Portlatish ishlarini amalga oshiruvchilar texnikalar bilan ishlashda qattiq tekshiruvdan o‘tishlari va ular ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bu ishlar maxsus jurnalda belgilanib boriladi. Ishlovchilarni belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilib turilashi lozim.


Nazorat savollari:


    1. Yer ishlarini bajarishda portlatish usulining mohiyati nima?

    2. Portlatish ishlarida qo‘llanuvchi portlovchi moddalarning turlari va ishlatilish joylari haqida nimani bilasiz?

    3. Portlatish ishlarining texnologiyasi nima? 4.Portlovchi moddalar sarfini qanday hisoblanadi?

5.Portlatish metodlari nima va va ularni qanday amalga oshiriladi? 6.Portlatish ishlarida texnika xavfsizligi nima?
7.Portlatish ishlarida xovfli zonani qanday hisoblanadi?
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling