2. Psixologiya nafaqat psixik jarayonlar va holatlarning umumiy qonuniyatlari va qonuniyatlarini o'rganadi
Download 64.3 Kb.
|
2 52242359163352601504
A n a l i z.•
•Analizning teskarisi sintez bo‘lib, fikrlashning bu operatsiyasida butunning qismlarga munosabati aniqlanadi va qismlarning o‘zaro munosabati to‘g‘risida hukm chiqariladi. Sintez jarayonida odam analiz tufayli ayrim qismlarga ajratgan narsalarni fikran birlashtirib bir butun holatga keltiradi. Analiz va sintez bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Analiz jarayonining bo‘lganidek, sintez jarayonining ham ta’lim jarayonida katta ahamiyati bor. O‘quvchi tovushdan bo‘g‘inlar, bo‘g‘inlardan so‘zlar, so‘zlardan gaplar tuzib, o‘z fikrini bayon etadi. Bu sintezning natijasidir. Sintez. •Taqqoslash predmetlar va voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlik va tafovutlar to‘g‘risida xulosa chiqarishdir. Odamning tashqi olamni aks ettirishida narsalar o‘rtasidagi o‘xshash jihatlar tafovutini, ular o‘rtasidagi o‘xshashlikni topishdan iborat bo‘lgan fikr yuritishning katta amaliy ahamiyati bor. Narsalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqni aniqlashdan iborat bo‘lgan fikr yuritish operatsiyasi bilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, har qanday tushunish va har qanday tafakkurning asosida taqqoslash yotadi. Odam barcha narsalarni taqqoslash yo‘li bilan to‘liq o‘rganadi. Taqqoslash. •Fikrlash orqali abstraksiyalashda narsalarga xos xislat, xususiyat va belgilarga doir hukm chiqariladi. Inson faoliyatida narsa va hodisalarning o‘ziga xos belgisi, sifati va alomatlari haqida fikr yuritish muhim ahamiyat kasb etadi. Abstraksiyalash shunday fikr yuritishki, narsa va hodisaklarning muhim xususiyatlari anglab olinadi va bu xususiyatlar tafakkurning mustaqil ob’ekti bo‘lib qoladi. Abstraksiya analiz tufayli vujudga keladi. Abstraksiya mazmundagi bilimlar odam tomonidan qiyinchilik bilan o‘zlashtirildi. A b s t r a k s i ya. •Tafakkurning umumlashtirish operatsiyasini yuqoridagi tarzda turlarga ajratish talabalarning bilimlarni o‘zlashtirishini osonlashtiradi va umumiy o‘quv faoliyatini kuchaytiradi. • K o n k r e t l a sh t i r i sh. Konkretlashtirish yo‘li bilan fikr yuritishning insonning amaliy faoliyati uchun kata ahamiyati bor.Bunday fikr yuritishda umumiy, mavhu 29Muloqot jarayonida muloqot funksiyalari ham muhim rol o'ynaydi. Muloqot funksiyalari deganda muloqotning inson hayotida bajaradigan funksiyalari tushuniladi. Muloqot funksiyalari xilma-xil bo'lib, eng keng tarqalgan funksiyaga ko'ra, ya'ni B.F. Lomov tomonidan taklif qilingan bo'lib, u quyidagilardan iborat: 1) Informatsion-kommunikativ funksiya– axborot almashinuvini ta'minlash vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar tizimlari orqali amalga oshiriladi. Odatda verbal va noverbal kommunikatsiya farqlanadi. 2) Regulyasion– kommunikativ funksiyasi suhbatdoshlar xulq-atvorining regulyasiya qilinishini ta'minlash vazifasi. Individlar muloqot jarayonida verbal yo'llar bilan bir-birining motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta'sir o'tkazishadi, biror harakatga undashi yoki harakatni nazorot qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullashtiruvchi va korreksiyalovchi tarzida ta'sir ko'rsatishi mumkin. Affektiv-kommunikativ funksiya inson emotsional sohasining regulyasiya qilinishini ta'minlash vazifasi. Muloqot emotsional holatlarining eng muhim determinatsiyadir. Chunki turli tuman emotsional holatlar muloqot jarayonida paydo bo'ladi va o'zgaradi. 30.L.A.Karpenko taklif etgan tasnifga ko'ra, muloqotning quyidagi vazifalari ajratib ko'rsatiladi: ● Aloqa o'rnatish vazifasi- suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash; ● Informatsion vazifa- suhbatdosh bilan muayyan ma'lumotlar, fikrlar va rejalarni almashish; ● Faoliyatga undash- suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullashtirish; ● Koordinatsion vazifa- suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishda harakatlarni muvofiqlashtirish; ●Tushunishni ta'minlash vazifasi- suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini tushunish; ● Amotiv vazifasi- suhbatdoshda muayyan hissiyotlarni uyg'otish hamda ularni o'zgartirish; ●Munosabat o'rnatish- munosabat tizimidagi shaxsiy o'rnini, mavqeini aniqlash; ● Ta'sir ko'rsatish- suhbatdoshning xulq-atvori shaxsiy xususiyatlari maqsadlarida va ustanovkalarini o'zgartirish. Download 64.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling