2. Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo'llangan?
Download 28.49 Kb.
|
test
1-variant 1. Qizil qalpoq, jigarrang kurtka kiygan bu bolaginaning tim qora ko'zlari, dumdumaloq lo'ppi yuzi negadir g'amli, ma'yus edi. Ushbu gapda sifat turkumiga mansub nechta so'z bor, ularning nechtasi orttirma darajada? A) 6 ta sifat, 2 tasi orttirma darajada B) 6 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada C) 7 ta sifat, 2 tasi orttirma darajada D) 7 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada 2.Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo'llangan? A) Yaxshi fazilat insonning ziynatidir. B) Shirin oshing bo'lguncha, shirin so'zing bo'lsin. C) Tovus o'zining chiroyli patini har doim asrab-avaylaydi D) Do'ppili odamni ko'rsam, go'zal vodiy, ona qishlog'im ko'z oldimga keladi 3.Predmetlarning xususiyatlarini bildiruvchi sifatlarni toping. A) shirin, achchiq, nordon B) novcha, og`ir, katta C) kamtar, xushfe`l, sho`x D) devoriy, tonggi, xushbo`y 4. Predmetning o`rin yoki vaqtga nisbatan belgisini bildiruvchi sifatlarni toping. A) Uydagi qiziqarli kitoblarni olib ketdi B) Bog`dagi gullardan birini saraladi C) Qishki kiyimlarni yig`ishtirib qo`ydim D) A,B,C 5.Qaysi sifatlar xususiyat bildiruvchi sifatlarga kiradi? A) andishali, sho`x B)qimmatli, egri C) pushti, qirmizi D) mazali, yumaloq 6.Asliy sifatlar berilgan qatorni toping. A) qishki, derazali, ko`chma B) go`zal, chiroyli, shirin C) oq, aqlli, yuzaki D) B va C 7.Nisbiy sifatlar berilgan qatorni toping. A) qishki, derazali, ko`chma B) go`zal, chiroyli, shirin C) oq, aqlli, yuzaki D) B va C 8. Sifatlarning tarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho`zish yo`li bilan sifatlarning qaysi darajasini hosil qilish mumkin? A) oddiy daraja B) ozaytirma daraja C) ozaytirma va orttirma daraja D) ortirma daraja 9.Bunisi xiyol kattaroq ko`rindi. Qanday daraja ifodolangan? A) oddiy B) qiyosiy C) orttirma D) ozaytirma 10.Tub sifatlarni toping. A) ozg`in, achchciq B) tushki, toshsimon C) go`zal, yuzaki D) ko`kimtir, qatqaloq 11. Otlashgan sifatni toping. A) Ichki go`zallik bilan yo`g`rilmagan har qanday go`zallik mukammal bo`la olmaydi B) Izchil mehnat hamma to`siqlarni yengadi C) Otning yaxshisi uloqda bilinadi D) Baxtsizlikda burchga sodiqlik buyuk xislatdir 12. –in qo`shimchasi bilan yasalgan sifat berilgan qatorni toping. A) tiqin, yig`in B) chirkin, yog`in C) to`kin, erkin D) keskin, otashin 13.Quyidagi qaysi sifatlar sodda sifatlar sanaladi? 1. katta 2.chiroyli 3.ishyoqmas 4. shishasimon 5. ko`kimtir A) 1,2,3 B) faqat 1 C) 1,,2,3,4,5 D) 1,2,4,5 14..Sifat+ ot ko`rinishdagi qatorni toping A) sovuqqon, balandparvoz B) kamgap, kamquvvat C) tezoqar, ertapishar D) dunyoqarash, toshbag`ir 15. Tub sifatlarni toping. A) dumaloq, achchiq, oyday B) tushki, toshsimon, haftalik C) suvli, yuzaki, badavlat D) semiz, og`ir , johil 16. Qaysi qatorda yasama sifat berilgan? A) ziyrak B) tansiq C) achchiq D) qoramtir 17.Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. Gapda sifatlar miqodrini va turini toping. A) 4 ta, 2 qo`shma ,2 ta sodda tub B) 3 ta, 2 ta qo`shma, 1 ta sodda yasama C) 3 ta, 2 qo`shma, 1 ta sodda tub D) 4 ta , 2 ta qo`shma, 2 ta sodda yasama 18.Nisbiy sifatlar berilgan qatorni toping. A) mazmundor,xayoliy, chiroyli B) mevali, tonggi, oilaviy C) xushbichim, yasama, aqlli D) chillaki, serunum, chaqqon 19. Asliy sifatlarni toping. A) achchiq, chuchuk, qishki B)mayda, aqlli, yuzaki C) yangi, do`ppili , devoriy D) xushbo`y, ko`chma, jahldor 20.Qaysi qatorda sifat berilgan? A) teshik, tuzoq, o`roq B) qo`rqoq, siniq, yumuq C) kichik, yumuq, chiniq D) kurak, egik, taroq 21. –i qo`shimchasi qaysi so`zga qo`shilsa sifat yasovchi sanaladi? A) tinch B) boy C) do`st D) jannat 22. Sifatlarni aniqlang. 1) sayroqi; 2) tutatqi; 3) oqshomgi; 4) sezgi; 5) chizg’ich; 6) yulg’ich; 7) qishlik; 8) yoshlik. A) 1, 3, 6, 8 B) 1, 3, 6, 7 C) 1, 2, 3, 5, 8 D) 1, 2, 3, 4 Kamola Yusufaliyevna 23. Juft sifatlarni aniqlang. 1) qizil; 2) egri-bugri; 3) och pushti; 4) qing’ir-qiyshiq; 5) to’q qizil; 6) tinchliksevar; 7) qip-qizil; 8) erkparvar. A) 1, 5, 7 B) 3, 5, 6, 8 C) 2, 4, 7, 8 D) 2, 4 5,8. 24.Qo’shma sifat mavjud gapni aniqlang. 1. Samig’ aka elliklardan oshgan tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso’z odam. 2. Kasbning katta-kichigi bo’lmaydi. 3. O’zbek xalqi mehmondo’st xalq. 4. Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. 5. Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg’ish-qo’ng’ir ayiqning bahaybat gavdasi ko’rinib qoldi. 6. Osmono’par koshonalar, yangi libos kiygan cho’l-u sahrolar tasviri qo’shiq parvoziga esh bo’ladi. A) 2, 5 B) 1, 3, 4, 6 C) 3, 6 D) 2, 5, 6 25.- mtir qo`shimchasi qaysi sifatlarga qo`shilmaydi? A) ko`k, oq, sariq B) qizil, yashil C) qora, ko`k D) A,B,C Download 28.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling