2. Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo'llangan?
Download 28.49 Kb.
|
test
3-variant
1. Sifat so’z turkumiga xos morfologik xususiyatni aniqlang. 1) belgini darajalab ko’rsata oladi; 2) sifatlovchi -aniqlovchi va ot - kesim vazifasida keladi; 3) ravishga ko’chishi mumkin; 4) sifat yasalish xususiyatiga ega; 5) otlashadi; 6) otlashganda ega, to’ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol va kesim bo’lib kela oladi. A) 2, 6 B) 3, 4 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 5 2.Berilgan sifatlarning qay biri asliy sifat? 1) yumshoq; 2) ertalabki; 3) odobli; 4) devoriy; 5) osma(soat); 6) qaynatma(sho’rva). A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 3 C) 1 D) barchasi nisbiy sifat 3. Paytga xos belgini bildiruvchi sifatlar yasovchi qo'shimchani toping. A) -li B) -iy C) -gi D) -simon 4.Qaysi gapda sifat otlashmagan? A) Kambag'alni tuyaning ustida it qopar. B) Axir, musulmon odamman, aylanay! -dedi Hoji xola. C) Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyning past-balandini tekislab bo'lgandi. D) Musohrga yo'l ko'rsatib, suv berish savob. 5.Qaysi qatordagi gapda yasama sifat mavjud? A) Kech kirib, ajib bir so'lim payt boshlandi. B) Do'mbirachi qadim qozoq kuylaridan dostonlar kuylamoqda. C) Otin bibi qari, jiddiy, sersavlat xotin. D) Men tomosha qilib boraman, xayol qanotida go'yo sahrolar, tog'lar kezaman. 6. Sifat+ot shaklidagi qo'shma sifatlar qatnashgan gapni toping. A) Shirinsuxan, oqko'ngil insonlar mevali daraxtga o'xshaydi. B) Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag'ishlaydi. C) Toshbag'ir odamdan yaxshilik kutma. D) Hulkarning yonoqlari och jigarrang edi. 7. Ayniqsa, Nasriddin Afandining quvnoq sarguzashtlari bilan tanishish. uning tabiatiga xos hajviy mayllarga turtki beradi. Yasama sifatlar miqdorini toping. A) 1 ta B) 2ta C) 3 ta D) 4 ta 8. Qaysi gap tarkibida ikkita o'rinda yasama sifat qo'llangan? A) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o'sgan archalar yo`g`on va bo'ydor bo'ladi. B) Keng, ulug'vor sahrolar ufqdan ufqqa tutashgan. C) Bo’m-bo’sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi. D) Tniq, ko'm-ko'k osmonda onda-sonda yengil bulutlar asta kezadi. 9 Qaysi qatorda asliy sifatlar berilgan? A) mayda, aqlli, yuzaki B) achchiq, chuchuk, qishki C) xushbo'y, ko'chma, jahldor D) yangi, dolppili, devoriy 10. Qaysi qatorda nisbiy sifatlar berilgan? A) mevali, tonggi, oilaviy B) mazmundor, xayoliy, chiroyli C) chillaki, serunum, chaqqon D) xushbichim, yasama, aqlli 11. Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo'llangan? A) G'iyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi. B) Hovlimizda ko'cha eshikdan kiraverishda kichkina, g'ishtin uycha bor. C) Inson tabiatning eng ongli farzandi. D) Cho'ponlar sezgir, itlar ham ziyrak, bo'ridan ayyor. 12. Qaysi gapda orttirma darajadagi sifat qo'langan? A) Mevasi yetilib pishganda sershira bo'ladi. B) Nomus jondan ham qimmatliroq. C) Hovli ham, uy ham bo'm-bo'sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi. D) Uning nazarida bundan ham suyumhroq, bundan ham zavqliroq va shavqliroq ish yo'q edi. 13. Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo'langan? A) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov keimoqda. B) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. C) Hovli tor, devorlari baland edi. D) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug'orayotgan edim, yap-yangi "Moskvich" kelib to'xtadi. 14. Otlashgan sifat ishtirok etgan gapni toping. A) Shu yaqindan o'tib ketayotgan ikkita ovchi urishqoqni aravaga ortib ketishdi.B) Elmurod chaynaganini yutib, nonga tikilib qoldi. C) Ko'z tashlab ko'rilsa, ko'm-ko'k suv ko'k charxiga o'xshaydi. D) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. 15. Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. Ushbu gapdagi sifatlar miqdori aniqlang. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 16. Qaysi qatordagi gap tarkibida ot+ot tipidagi qo'shma sifat berilgan? A) Toshbag'ir odamdan yaxshilik kutma. B) Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. C) Nodon va kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. D) Shirinsuhan, oqko'ngil insonlar mevali daraxtga o'xshaydi. 17. Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so'z shaklida tuzilgan? A) Kasbning katta-kichigi bo'lmaydi. B) U paytda qing'ir-qiyshiq ko'chalar ko'p bo'lgan. C) Menga o'xshash esli-hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan. D) U yosbligidan ota-onasiz katta bo'lgan. 18. Tarkibida juft sifat ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Uyga kelib qarasa, hamma yoq ag'dar-to'ntar bo'lib yotibdi. B) Bu masalani uzil-kesil hal qilish vaqti kelmadimi? C) Shag'al to'kilgan o'ydim-chuqur yo'ldan yurish it azobini beradi. D) Barcha javoblar to'g'ri 19. Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo'lgan buyuk shaxs edi. Ushbu gapda qatnashgan sifatlar haqidagi to'g'ri hukmlarni aniqlang. 1) asliy sifat 2) nisbiy sifat 3) tub sifat 4) yasama sifat 5) aniqlovchi vazifasida 6) hol vazifasida A)1,3,4, 5B)1,3,5 C)2,4, 5, 6 D)1,2, 3, 5 20. Qaysi gaplar tarkibida yasama sifat mavjud? 1. Yo'lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning tanga-tanga barglari iliq quyosh nuridan marvariddek tovlanadi. 2. Uning chanqoq ko'zlari, siyrak qoshi, o'ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. 3. Pastdagi bog'dan xazon hidi ko'tarilib, uning xayollarini to'lin oy sehrlagan dalalarga olib ketar edi. A) 1 va2 D) 1, 2, 3 B) l va 3 C) 2 va 3 21. Ozaytirma daraja shaklidagi sifat egaga bog'langan qatorni aniqlang. A) Yorug'lik uning oqish yuzlari, quyuq kipriklarini bir zumgina yoritdi. B) Qoramtir yuzi, siyrak soqolidan yoshini chamalash qiyin edi. C) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi.D) Barchasi 22. Ho'kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog' quruq poyani tashlab qo'yarekan. ( "Susambil") Ushbu gapda yasama so'z qaysi so'z turkumiga mansub va qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan? A) sifat, aniqlovchi B) ravish, hoi C) fe'l,kesim D) fe`l shakl, hol 23. Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni aniqlang. A) Ular yolg'izoyoq yo'ldan nihoyatda sekin borishardi. B) Quvvatsizligidan juda tez charchab qolardi. C) Dunyoda eng orzumand xalq o'zbek bo'lsa ajabmas. D) Barcha javoblar to'g'ri 24. Takroriy sifatlar berilgan gapni aniqlang. A) Tabassumdan gul-gul yondi qizning yanog'i. B) O'z onamni elas-elas xotirlayman. C) Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go'shtlardan kabob pishiryapti. D) Barchasi 25. Qizil qalpoq, jigarrang kurtka kiygan bu bolaginaning tim qora ko'zlari, dum-dumaloq lo'ppi yuzi negadir g'amli, ma'yus edi. Ushbu gapda sifat turkumiga mansub nechta so'z bor, ularning nechtasi orttirma darajada? A) 6 ta sifat, 2 tasi orttirma darajada B) 6 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada C) 7 ta sifat, 2 tasi orttirma darajada D) 7 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada Download 28.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling