2. Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo'llangan?


Download 28.49 Kb.
bet5/5
Sana06.04.2023
Hajmi28.49 Kb.
#1330560
1   2   3   4   5
Bog'liq
test

5-variant
1. Tub sifatlarni toping. A) dumaloq, achchiq, oyday B) tushki, toshsimon, haftalik C) suvli, yuzaki, badavlat D) semiz, og`ir , johil
2. Quydagi qaysi fe`l asoslaridan –iq qo`shimchasi orqali sifat yasash mumkin?1.buz 2 pish, 3 yoy 4. yul 5. yum A) 2,3,4 B) 2,4,5 C) 1,2 D) 2,3
3. Fe`ldan sifat yasovchi qo`shimchalarni toping. A) –iy, -viy, -chan B) –li, -chi, -gar C) ser- ba- , be- D)–choq, -iq, -gir
4.Qaysi qatorda tub sifatlar berilgan? A) ochiq, B) behad go`zal, C) jirkanch D) kuydi-pishdi
5. Qaysi qatorda yasama sifat berilgan? A) ziyrak B) tansiq C) achchiq D) qoramtir
6.Qaysi gap tarkibida ikkita o`rinda yasama sifat qo`llangan? A) Keng, ulug`vor shahrolar ufqdan ufqqa tutashgan B) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o`sgan archalar yo`g`on va bo`ydor bo`ladi C) Tiniq, ko`m-ko`k osmonda onda-sonda yengl bulutlar kezadi D) Bo`m-bo`sh otxonanaing eshigi lang ochiq
7.Termur yuksak insoniylik xuxusiyatiga ega bo`lgan buyuk shaxs edi. Gapda qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi hukmlar to`g`ri. 1. Asliy sifat 2. Nisbiy sifat 3. Tub sifat 4. Yasama sifat 5. Aniqlovchi 6. Hol vazifasida A) 2,4,5,6 B) 1,3,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,5
8. Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. Gapda sifatlar miqodrini va turini toping. A) 4 ta, 2 qo`shma ,2 ta sodda tub B) 3 ta, 2 ta qo`shma, 1 ta sodda yasama C) 3 ta, 2 qo`shma, 1 ta sodda tub D) 4 ta , 2 ta qo`shma, 2 ta sodda yasama
9.Nisbiy sifatlar berilgan qatorni toping. A) mazmundor,xayoliy, chiroyli B) mevali, tonggi, oilaviy C) xushbichim, yasama, aqlli D) chillaki, serunum, chaqqon
10. Asliy sifatlarni toping. A) achchiq, chuchuk, qishki B)mayda, aqlli, yuzaki C) yangi, do`ppili , devoriy D) xushbo`y, ko`chma, jahldor
11.Qaysi qatorda orttirma sifat berilgan? A) Nomusni jondan ham qimmatliroq B) Mevasi yetilib pishganda sershira bo`ladi C) Uning nazarida bundan-da zavqliroq, va shavqliroq ish yo`q edi D) Hovli ham, uy ham bo`m-bo`sh, hamma yoq jim-jit edi.
12.Qaysi gapda nisbiy sifat berilgan? A) Qiziqarli kitob o`qidim B) Yaxshilar ko`p gapirmaydilar C) Tushki ovqat yedik D) Bola shirin uyquda
13.Qaysi qatorda sifat berilgan? A) teshik, tuzoq, o`roq B) qo`rqoq, siniq, yumuq C) kichik, yumuq, chiniq D) kurak, egik, taroq
14. –roq qo`shimchasi qaysi so`zlar bilan sinonim bo`lishi mumkin? 1.sal, 2.liq, 3. biroz, 4.tim, 5.och, 6.behad A) 1,2,3,4,6 B) 1,3,5 C) 2,3,5 D) 1,2,3,4,5,6
15. –i qo`shimchasi qaysi so`zga qo`shilsa sifat yasovchi sanaladi? A) tinch B) boy C) do`st D) jannat
16. –li qo`shimchasi qaysi qo`shimchalar bilan sinonim? A) ser-, -lik, -dor B) -li, ser-, no- C) ba-, bo-, ham- D) ser-, -dor, ba
17. Qaysi gapda ozaytirma daraja shaklidagi sifat mavjud? 1. Gulzorga to’kilgan bulturgi xazon ilma-teshik bo’lib, jigarrang tus olgan. 2. Shamning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. 3. Maxsum kichkinagina, ozg’in, siyrak soqol-u qop-qora yuzidan yoshini chamalab bo’lmaydigan bir odam edi. 4. Shunda ulg’aydi bo’yi, Ko’ring bo’ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko’z, Sarg’ish soch-u oppoq yuz. A) 1, 2, 4 B) 2, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
18. Sifatlarni aniqlang. 1) sayroqi; 2) tutatqi; 3) oqshomgi; 4) sezgi; 5) chizg’ich; 6) yulg’ich; 7) qishlik; 8) yoshlik. A) 1, 3, 6, 8 B) 1, 3, 6, 7 C) 1, 2, 3, 5, 8 D) 1, 2, 3, 4
19. Juft sifatlarni aniqlang. 1) qizil; 2) egri-bugri; 3) och pushti; 4) qing’ir-qiyshiq; 5) to’q qizil; 6) tinchliksevar; 7) qip-qizil; 8) erkparvar. A) 1, 5, 7 B) 3, 5, 6, 8 C) 2, 4, 7, 8 D) 2, 4
20. Qo’shma sifat mavjud gapni aniqlang. 1. Samig’ aka elliklardanoshgan tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso’z odam. 2. Kasbning katta-kichigi bo’lmaydi. 3. O’zbek xalqi mehmondo’st xalq. 4. Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. 5. Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg’ish-qo’ng’ir ayiqning bahaybat gavdasi ko’rinib qoldi. 6. Osmono’par koshonalar, yangi libos kiygan cho’l-u sahrolar tasviri qo’shiq parvoziga esh bo’ladi. A) 2, 5 B) 1, 3, 4, 6 C) 3, 6 D) 2, 5, 6
21. Takroriy sifat mavjud gapni aniqlang. 1. Menga o’xshash esli-hushli yigitga zoriqib o’tirgan ekan. 2. O’z onamni elas-elas xotirlayman. Ko’zlari qop-qora, chiroyli. 3. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. 4. Ba’zan plitka shokoladmi, arzon-garov qo’g’irchoqmi olib keladi. 5. Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go’shtlardan kabob pishiryapti. 6. Shag’al to’kilgan o’ydim-chuqur yo’ldan yurish it azobini bersa-da, Yigitali chidadi. A) 1,4 ,5 B) 2,3,5 C) 1,2,5,6 D) 2,5
22. -ish qo`shimchasi qaysi so`zlargagina qo`shiladi? A) ko`k, oq, sariq B) qizil, yashil, qora C) ko`k, oq, sariq, qizil D) A,B,C
23.- mtir qo`shimchasi qaysi sifatlarga qo`shilmaydi? A) ko`k, oq, sariq B) qizil, yashil C) qora, ko`k D) A,B,C
24. -q qo'shimchasi qaysi o'zaklardan faqat sifat yasaydi? A) titra, chanqa, suva B) porla, tarqa, qayna C) o'ta, taya, sana D) tara, qula, achi
25. Qaysi qo'shimcha xoslik belgisini bildiruvchi sifat yasaydi? A) -iy (-viy) B) -simon C) -gi (-qi) D) -mand
Download 28.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling