2. Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo'llangan?
Download 28.49 Kb.
|
test
2-variant
1. Qaysi qo`shimcha xoslik belgisini bildiruvchi sifat yasaydi. A) -simon B) -iy (-viy) C) -mand D) -gi(-qi) 2. Paytga xos belgini bildiruvchi sifatlar yasovchi qo'shimchani toping. A) -li B) -iy C) -gi D) –simon 3. Quyidagi sifatlardan qaysi biri sodda sifatlar hisoblanadi? 1) katta 2) chiroyli 3) ishyoqmas 4) shishasimon 5) ko’kimtir A) 1, 2, 3 B) faqat 1 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 5 4. Qaysi gap tarkibida ikkita o’rinda yasama sifat qo’llangan? A) Keng sahrolar ufqdan ufqqa tutashgan B) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o’sgan archalar yo’g’on va bo’ydor bo’ladi C) Tiniq, ko’m-ko’k osmonda onda-sonda yengil bulutlar asta kezadi D) Bo’m-bo’sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi. 5. Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. Gapdagi sifatlar va ularning turini aniqlang? A) 4 ta: 2 ta qo’shma, 2 ta sodda tub B) 3 ta: 2 ta qo’shma, 1 ta sodda yasama C) 3 ta: 2 ta qo’shma, 1 ta sodda tub D) 4 ta: 2 ta qo’shma, 2 ta sodda yasama 7. Aksariyati nisbiy sifatlardan tashkil topgan sifatning ma’no turini aniqlang. A) hajm-o’lchov B) shakl-ko’rinish C) holat D) makon-zamon 8. Qaysi javobda sodda sifatlar qo’llanmagan ? A) qo’rqoq , sersuv , bo’ydor B) atrofdagi , ko’kimtir , mayin C) tiniq , sovuq , ko’rkam D) ochko’z, sherdil, og’iroyoq 9. Har ikkala qismi ham yasama bo’lgan juft sifatni toping. A) boy-badavlat B) uzuq-yuluq C) ajoyib-g’aroyib D) pishiq-puxta 10. Affiksatsiya usulida yasalgan sifatni belgilang. A) yo’l-yo’l B) bodomqovoq C) sergap D) devsifat 11. Qaysi javobda qismlaridan biri mustaqil holda qo’llanmaydigan qo’shma sifat berilgan? A) yaxshi-yomon B) eski-tuski C) osmono’par D) shalpangquloq 12. Qaysi qatordagi gapda yasama sifat mavjud? A) Kech kirib, ajib bir so'lim payt boshlandi. B) Do'mbirachi qadim qozoq kuylaridan dostonlar kuylamoqda. C) Otin bibi qari, jiddiy, sersavlat xotin. D) Men tomosha qilib boraman, xayol qanotida go'yo sahrolar, tog'lar kezaman. 13.Tub sifat berilgan qatorni toping. A) kuydi-pishti B) jirkanch C) haqiqiy D) tibbiy 14. -in qo`shimchasi bilan yasalgan sifat berilgan qatorni toping. A) tiqin, yig`in B) chirkin, yog`in C) to`kin, erkin D) keskin, otashin 15. Juft sifatlarni aniqlang. 1) qizil; 2) egri-bugri; 3) och pushti; 4) qing’ir-qiyshiq; 5) to’q qizil; 6) tinchliksevar; 7) qip-qizil; 8) erkparvar. A) 1, 5, 7 B) 3, 5, 6, 8 C) 2, 4, 7 D) 2, 4 16. Qo’shma sifat mavjud gapni aniqlang. 1. Samig’ aka elliklardan oshgan tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso’z odam. 2. Kasbning katta-kichigi bo’lmaydi. 3. O’zbek xalqi mehmondo’st xalq. 4. Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. 5. Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg’ish-qo’ng’ir ayiqning bahaybat gavdasi ko’rinib qoldi. 6. Osmono’par koshonalar, yangi libos kiygan cho’l-u sahrolar tasviri qo’shiq parvoziga esh bo’ladi. A) 2, 5 B) 1, 3, 4, 6 C) 3, 6 D) 2, 5, 6 17. Quyidagi rang bildiruvchi sifatlarning qay biriga to`q so’zi birika olmaydi? A) qizil B) oq C) ko`k D) yashil 18. Quyida berilgan gapda nechta yasama sifat bor? Tutunlar ko’kimtir, mayin, mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta 19. Qaysi gapda hosil bo’lish usuliga ko’ra bir guruhga kiruvchi undoshlardan tashkil topgan yasama sifat berilgan? A) Oliyjanob insonlar har yerda ardoqlidirlar. B) Xushovoz xonandaning yoqimli qo‘shiqlari barchaga manzur. C) Sizday sofdil, mehribon insonni uchratganimdan xursandman. D) Eng yorqin va samimiy tuyg’ular hamrohingiz bo‘lsin! 20. Qaysi gapda orttirma darajadagi sifat qo’llanmagan ? A) Qirg’ovullar O’rta Osiyodagi eng chiroyli qushlardan biridir B) Dunyoda eng bebaho, ammo benazir tarqatiladigan xazina bor. Bu – ona mehri C) Insonning hayot yo’li g’oyat murakkab va ko’p qirralidir D) Uning nazarida bundan suyumliroq, bundan ham zavqliroq va shavqliroq ish yo’q edi. 21. Qaysi gapda otlashgan sifat qo’llanmagan ? A) To’g’ri o’zadi, egri to’zadi. B) Og’irning ustidan, yengilning ostidan yurishga o’rganma. C) Katta tog’ning toshi ham katta bo’ladi. D) Devonaga aytishgan ekan: “Qoch, mast kelyapti!” 22. Qizil rang – harakatchan, irodali , o’ziga ishonuvchan; oilada qattiqqo’l, talabchan. Ushbu gapda nechta sodda yasama sifat qo’llangan ? A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 6 ta 23. Qaysi gapda orttirma darajadagi sifat qo’llanmagan ? A) Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko’ngilchan, zahmatkash ayol. B) Yomg’irda cho’milgan ulkan bog’, qizil qum sepilgan xiyobonlar, hilol va yulduz shaklidagi gulzorlar yana-da go’zal, yana-da so’lim ko’rindi. C) Qorboboning ko’m-ko’k ko’zlariga, rango-rang lampochkalarga mahliyo bo’lib turgan bolalarni ko’ramanD) Dunyoda johillikdan dahshatliroq narsa yo’q. 24. Qaysi gapda otlashgan sifat(lar) qo’llangan ? A) Yaxshi do’sting kuldirar, yomon do’sting kuydirar. B) Aybsiz do’st izlagan do’stsiz qolar. C) Issiq kiyim tanni ilitar, issiq so’z jonni ilitar. D) Aqlsiz do’stga kular, aqlli do’stin suyar. 25.Qaysi javobda sifat otlashmagan ? A) Ilg’orlarga mukofot topshirildi. B) Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo’ladilar. C) Safimizda a’lochilar soni tobora ortib bormoqda. D) Aqlni beaqldan o’rgan. Download 28.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling