2 qism IV. Tarjimaning leksik muammolari kontekst va uning tarjimadagi ahamiyati


§4. M uallif va tarjimon : til topish muammosi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana27.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1726081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tarjima nazaryasi 1

§4. M uallif va tarjimon : til topish muammosi
Ikki til xususiyatlarini bilish zamirida asarni har tomonlama 
o ‘rganish, uning lug‘ati va realiylari ustida ishlash tarjimon uchun 
juda muhim va bu uni ma’lum darajada olim va tadqiqotchi bo‘lishini 
ham taqozo etadi.
0 ‘zbek tilida “til topish” degan ko‘p m a’noli ibora bor. 
Birovning qulf-kaliti ochilmagan yuragiga yo‘l topishni aytishadi. 
Ikki odamning hayotda biror ish, muammo ustida bir-birini yaxshi 
tushunishi, bilishi va shunga ko‘ra ish ko‘rishi ham shu ibora bilan 
ifodalanadi. U o ‘zaro kelishish, ahd-paymon m a’nolarini ham 
ifodalaydi.
Tarjima qilinadigan m uallif va uning asari bilan tarjimon 
o ‘rtasida ham shunday til topishish bo‘lishi zarur. Bunda til topish 
deganda muallifning o ‘ziga xosliklarini va muayyan asarning badiiy 
xususiyatlarini teran anglash va shunga yarasha jarayonni tashkil 
etishni tushunamiz. Tarjima qilinadigan m uallif va uning asarini 
tarjimon sevgandagina, uning o ‘z o ‘quvchisiga katta m a’naviy foyda 
keltirishini bilgandagina til topish juda katta ijodiy foyda keltiradi.
XX asr Yevropaning eng yirik adiblaridan biri, asarlari 
ko‘p dunyo tillariga o ‘girilgan va o ‘zi ham tarjimalar qilgan va 
hatto tarjima nima ekanligini tushuntirib, o ‘z ijodiy laboratoriyasi 
tajribalaridan ibratli misollar keltirgan Umberto Eko “Aynan aytish. 
Tarjima haqida tajribalar” degan kitobida hali hamon gapni tarjima 
nima? degan savoldan boshlaydi. “Tarjima qilish nima degani? - deb 
savol qo‘yadi o‘z oldiga tarjimaning nima ekanligini o ‘z amaliyotida 
juda yaxshi bilgan Umberto Eko: - Birinchi qoniqarli javob shunday 
bo‘lishi mumkin: aynan shu narsaningo‘zini boshqa tilda aytib berish 
bu - tarjima” (“IL”, 10-son, 2005 y.). Bu tarjimaning jud a ibtidoiy, 
juda sodda va shu bilan birga eng to ‘g ‘ri ta’rifi. Bu ta’rifda yuzaki 
qaraganda, tarjimaning siri - uning ijod va san’at sifatidagi siri 
tamomila yo‘qolib qolayotganga o'xshaydi. Ammo bu sodda ta ’rif 
bari bir tarjimaning juda sirli va o ‘ta murakkab, og‘ir soha ekanligini 
aslo inkor etoimaydi. Hatto juda buyuk adabiy tajribaga ega jahonga


mashhur adibning shunday ta ’rif bilan chiqayotganining o ‘zi ham 
tarjima sirli soha ekanligini ko‘rsatib turadi.
Braziliya va Argentinaning mashhur adibi Xorxe Luis Borxes 
dunyo adabiyotining fusunkor va juda sirli namoyandalaridan. Uning 
asarlarining tili va uslubi xaqida Peru adibi Mario Vargas Liosa 
shunday so‘zlami yozadi: “Borxesning hikoyalari va badialarini 
faqat mana shunday aqlli, kinoyali, matematikaday aniq, o ‘lchovli 
til bilangina yozish mumkin edi. Bunda zig‘irdak ortiqcha so‘z yuq. 
Ularda vazmin sovuq, nafosat va oqsuyaklarcha jasorat aks etib 
turadi. Bunda aql va donish hissiyotlar va kechinmalardan ustun 
turadi” (“IL”, 10-son, 2005 y.).
Kelingenditarjim achiligim izyuzasidan bu so‘zlarustid ao‘ylab 
ko‘raylik. X o‘sh, aql va ilmdorlik hissiyotlar va kechinmalardan ustun 
turgan, oqsuyaklarcha jasorat va o ‘ta sovuq, nafosat aks etgan Borxes 
tilini hozirgi zamon o‘zbek tilida qanday chiqarsa bo‘ladi? Axir 
bunday til bizning uzoq asrlik Sharq an’analari ruhida tarbiyalangan 
adabiyotimizda boMgan emas-ku! Keyingi yillardaBorxesdan o ‘zbek 
tiliga o ‘girilgan ayrim namunalar juda odmi, Borxesdan Borxes 
qolmaganligi ham Borxesning har qanday tarjimon oldida juda qiyin, 
hatto ado etib bo‘lmaydigandek vazifa turganligini ko‘rsatadi.
Tarjima sirli narsa deganda biz mana shunday tarjima qilib 
bo‘lmaydigandek ko‘rinadigan hodisalami ham ko‘zda tutamiz. 
Lekin oshib o ‘tib bo‘lmaydigandek bu devomi yengib o ‘tish yo‘li 
y o ‘q emas, bor. U ikki til - bu yerda ispan va o ‘zbek tillarini chuqur 
b ilish -sh o ir Shavkat Rahmon Lorkani tarjima qilish uchun ispan tilini 
ataylab o ‘rgangani va uni o ‘zbekchaga ispan tilidan o ‘girganligini 
eslaylik va eng muhimi — Borxesning o ‘sha o ‘ta kinoyali va oqsuyak 
tilini topish. “Til topish” tarjima muvaffaqiyatining chinakam garovi 
bo‘la oladi.
2. 
Tarjimon xuddi talantli yozuvchi kabi katta hayottajribalariga 
ega bo‘lganidagina, uning tarjimadagi so‘zi yozuvchi so‘zidek tiniq, 
shirali, aniq-ravshan chiqadi. Bunda Navoiyning o ‘sha mashhur 
“ravshan alfoz va ochuq ado” haqidagi benihoya oqil so‘zi yoddan 
chiqmasligi kerakka o ‘xshaydi.


Tarjimon xuddi 
yozuvchi 
kabi 
narsa-hodisalar, 
inson 
ruhiyati to‘g‘risida keng tasaw urlar va fantaziya qobiliyatiga ega 
bo‘lgandagina, qobiliyat teran bilimlar bilan quvvatlangandagina 
uning ijodi ishonchli, tushunarli, yuksak badiiy ifodaviylik va 
ta ’sirchanlik kasb etadi.
Hayot haqidagi bilimlaming chalaiigi va jo ‘nligi, asliyat asari 
va uni yaratgan adibning tarjimayi holi, ijodiyoti, badiiy uslubi 
ijodiy-xayotiy qarashlarini tugal o‘rganmaslik va bilmaslik, asliyat- 
asari atrofidagi fikr-mulohazalar, bahslardan bexabarlik - hech 
shubhasizki, tarjimaning umumiy badiiy sifat darajasiga qattiq salbiy 
ta ’sir ko‘rsatadi.
Tarjimaga kirishmasdan burun tarjima qilinadigan asami 
har tomonlama o ‘rganish, uning lug‘ati va badiiy xususiyatlari 
ustida oldindan ish olib borish, asarning ichki tuzilishi, obrazlari, 
kahramoniar harakat qilayotgan ijtimoiy-tarixiy muhit, badiiy tasvir 
vositalari,uslubi hakida o ‘ziga xos material, m a’lumotnomalar tuzish 
tarjimaning muvaffaqiyatli chiqishiga zamin yaratadi.
Yozuvchi yangi asar yozish uchun qanday izchillik bilan 
material yig‘sa, tarjimon-yozuvchi ham shunday material to ‘playdi, 
asar va uning muallifi haqida o ‘z m a’lumotnoma daftarini yaratadi.
Rus tarjimoni Nikolay Lyubimov “yozuvchi-tarjimon” degan 
tushunchani koMlagan. U tarjimachilikni ijodkorlik va ijodkorlikdagi 
sanatkorlik bilan uzilmas aloqada ko‘radi. “Yozuvchi-tarjimon” yoki 
to ‘g ‘rirog‘i, “tarjimon-yozuvchi” degan so‘z kasb sohibigajuda katta 
m as’uliyat yuklaydi. U asami boshqa tilda qayta bunyod etarkan, o ‘z 
ustiga go‘yo adibning m as’uliyatini oladi, uning boshqa til muhitidagi 
elchisi, vakiliga aylanadi. Asami originalda o ‘qiganlar uni kanday 
qabul qilgan bo‘lsalar, tarjimada o ‘qiganlar ham shunday qabul 
qilarmikinlar? Yoki tarjimada asaming obiyati qochib, o ‘quvchilar 
undan ta’sirlanishdan mahrum bo‘larmikinlar? Tarjimon asarning 
badiiy darajasi, sifati uchun boshka til o ‘quvchisi oldidajavob beradi.
Tarjimaga tayyorgarlik bu - katta ijodiy jarayon.
AbdullaKahhorLevTolstoyning“Urushvatinchlik’"romanining 
tarjimasiga kirishishdan ilgari Rossiyada bo‘lib, asarda tasvirlangari


voqealar kechgan joylar, qahramonlar yashagan muhitni eslatadigan 
holatlar bilan tanishgan, o ‘rgangan. Tolstoyni ilhomlantirgan 
hayotga chuqur nigoh solgan, bu ilhomning manbalarini tarjimon- 
adib o ‘z ko‘ksidan o ‘tkazgan edi. U o ‘z oldiga Lev Tolstoy “Urush 
va tinchlik” ni XX asr o ‘zbek tilida qanday yozardi? - degan 
savolni qo‘ygan. Shuning uchun Tolstoy tasvirlagan rus hayoti, rus 
kishilari ichki va tashqi dunyosining barcha nozikliklari, nafosati va 
go‘zalliklarini o ‘zbek tili vositalari, boyliklari orqali badiiy teran 
qayta gavdalantirib berolgan edi.
Dostoyevskiyning romanlarini o ‘zbek tiliga o ‘girishga 
ju r ’at etganda, bu satrlar muallifi asarni oldindan chuqur o ‘rganish, 
Dostoyevskiychatasvirsirlari ichigakirish,tasavvurvatushunchalarni 
charxlash naqadar muhim va naqadar ulug‘ ijodiy ahamiyatga ega 
ekanliginiharqadam dao‘zboshidankechirgan.X IX asrDostoyevskiy 
til muhitini, uning ruhini qanday yaratish kerak? Axir o ‘sha zamon 
til muhitining ruhi, oqimi, hozirgi zamon (60-yillar o ‘zbek tili muhiti 
va ruhidan) tilimizning ruhidan keskin farq kiladi-ku? - buni qanday 
chiqarish kerak? Cho‘lpon Shekspiming “Hamlet”ini 30-yil!arda 
o ‘girganda, asar tilini bekorga arxaiklashtirmagan ekan-da? - u til 
vositalari bilan Shekspir zamoni tilining ruhini qandaydir tarzda 
b o ‘lmasin, aks ettirishga uringan, izlangan ekan-da!
Kolumbiya adibi, Nobel mukofoti sovrindori Gabriyel Garsia 
Markesning “Buzrukning kuzi” modemistik fusunkor romanini 
o ‘zbek tiliga ag ‘darish uchun o ‘tirganda, Kolumbiya, LotinAmerikasi 
mamlakatlarida bo‘lib, romandagiga o ‘xshash voqealar va muhitni 
o ‘z ko‘zim bilan kuzata olmaganimdan ancha o‘kinganman va ko‘p 
o ‘rinlarda koloritni chiqarishda o ‘ta qiynalganman. Bunda matnga 
savqi tabiiy(intuitsiya) bilan yondashgandagina mushkulliklardan 
qutulishga 
y o ‘l 
ochishini 
anglaganman. 
Fusunkor 
realizm 
adabiyotining eng go‘zal namunalaridan birini o ‘zbek o ‘quvchisiga 
yetkazishdek insoniy-madaniy ehtiyoj soyasidagina bu ulkan ishga 
ju r ’at etganman.
Ijodiy hafsala zo ‘r boMgandagina tarjimada jonlanish ro‘y 
beradi.


Savqi tabiiylik, y a’ni katta intuitsiyaqudrati bilan ham tarjimada 
ulug‘ natijalarga erishiladi. Lekin savqi tabiiylik - intuitsiya bilan 
tarjimon hamma qiyinchiliklarni yengib o ‘tishga qodir emas. Bunda 
bilimlar va tajriba alohida ahamiyatga ega.
Asarni oldindan chuqur o ‘rganish, lug‘atiarni ko‘rish, turli 
qo‘shimcha materiallarga murojat etish va izohlar tayyorlashdan 
ortiq, bunga teng keladigan narsa y o ‘q.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling