2. Qoʻqon xonligi aholisining etnik tarkibi
Download 127.62 Kb.
|
qo\'qon referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Qoʻqon xonligi aholisining etnik tarkibi
- Oʻzbeklar[ tahrir | manbasini tahrirlash ]
- Tojiklar[ tahrir | manbasini tahrirlash ]
- Qirgʻizlar[ tahrir | manbasini tahrirlash ]
- Uygʻurlar[ tahrir | manbasini tahrirlash ]
- Qoraqalpoqlar[ tahrir | manbasini tahrirlash ]
Norboʻtabiy..madrasasi
(Madrasai Mir) - Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr oxiri). Qoʻqon xoni Norboʻtabiy xukmronligi davrida qurilgan. Xalq orasida Madrasai Mir nomi bilan ham yuritiladi. Norboʻtabiy madrasasi chorsu maydoni yaqinida qurilgan. Bir qavatli, hovlili, toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (52x72 m), 4 burchagiga minora-guldastalar ishlangan. Hovli (38x38 m) atrofiga qator ravoqli xujralar joylashgan. Peshtogʻi shim.ga qaragan. Miyonsaroyning 2 ta-rafida peshtoq boʻylab tutashgan gum-bazli masjid va 12 ta derazali (panja-ralar oʻrnatilgan) darsxona mavjud. Norboʻtabiy madrasasi pishiq gʻishtdan qurilgan. Xonalar ichi ganchsuvoq qilingan. Masjidning gumbaz osti sharafasi va mexrobining yulduzsimon bezaklari serhasham koʻrinadi. Eshiklari girih naqshlar bilan bezatilgan, ichki qismida esa oʻymakori islimiy naqsh qoʻllanilgan. Norboʻtabiy madrasasining tashqi koʻrinishi Buxoro meʼmorlik maktabi uslubiga xosdir. 2.Qoʻqon xonligi aholisining etnik tarkibiXVIII asr boshlariga kelib Fargʻonada yangi Buyuk Oʻzbek Davlatlaridan biri – Qoʻqon xonligi tashkil topdi. Bu davlat oʻzbek davlatchiligi tarixida alohida oʻrin tutadi. Biz bu yerda Qoʻqon xonligi aholisining etnik tarkibi haqida maʼlumot berishni joiz deb bildik. Maʼlumki, Fargʻona vodiysi va unga tutash hududlar aholisi azaldan polietniylik xususiyati bilan Oʻrta Osiyoning boshqa hududlaridan ajralib turgan. Bunday etnik oʻziga xoslilik, Qoʻqon xonligi davrida ham saqlanib qolgan edi. Qoʻqon xonligi hududida asosan oʻzbeklar, tojiklar, qirgʻizlar, uygʻurlar va qoraqalpoqlar istiqomat qilganlar. Bundan tashqari xonlik hududida son jihatidan kamroq boʻlsada yahudiylar, tatarlar va boshqa etnik jamoa vakillari ham yashar edilar Oʻzbeklar[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbeklar Qoʻqon xonligi aholisining asosiy qismini tashkil qilgan. Taʼkidlab oʻtish oʻrinliki, XX asr boshlariga qadar oʻzbeklarning bir qismi oʻtroq, qolgan qismi esa yarimoʻtroq (yarimkoʻchmanchi) holda yashaganlar. XX asr boshlariga kelib, vodiy oʻzbeklarining 828 mingdan ziyodrogʻi oʻtroq holda yashab, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashgʻul boʻlganlar. Rus tilidagi adabiyotlarda aholining ushbu oʻtroq qismiga nisbatan „sart“ etnonimi qoʻllaniladi. Biroq, keyingi yillarda oʻzbek xalqiga nisbatan bu etnonimni qoʻllanilishi toʻgʻri emasligi va ushbu etnonim mazkur xalqqa past nazar bilan, kamsitilib qarash nuqtai-nazaridan, rusiyzabon tadqiqotchilar tomonidan ilmiy isteʼmolga olib kirilganligi haqidagi fikr-mulohazalar bayon etilmoqda. Oʻzbek xalqiga nisbatan „sart“ etnonimining qoʻllanilishi, tarixiy haqiqatga zidligi, oʻzbek xalqiga ushbu etnonim hech qachon oʻz xalqining nomi sifatida qoʻllanilmaganligi haqida jadidchilik harakatining namoyandasi Mahmudxoʻja Behbudiy ham oʻz davrida taʼkidlab oʻtgan edi. Turli urugʻ-qabilaviy tuzilishga ega boʻlgan yarimoʻtroq (yarimkoʻchmanchi) oʻzbeklarning vodiydagi umumiy soni oʻsha davr maʼlumotlariga koʻra 215 ming nafardan koʻproqni tashkil etgan. Bular ichida turk, ming, qipchoq, qurama, yuz, nayman kabilar Qoʻqon xonligi hududidagi yirik etnografik guruhlar hisoblangan. Ushbu urugʻ-qabilalar oʻzbek xalqini konsolidatsiyalashuvida muhim etnik komponentlar sifatida qatnashdilar. Tojiklar[tahrir | manbasini tahrirlash]Tojiklar Qoʻqon xonligi hududidagi aholining salmoqli qismini tashkil qilganlar. Ular asosan vodiyning gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy qismida joylashganlar. Tojikistonning hozirgi Soʻgʻd viloyati hududida tojiklar aholining asosiy qismini tashkil etadilar. Ayni vaqtda Qoʻqon xonligining boshqa bir qator manzilgohlarida ham ular gʻuj yashaganlar. Etnografik adabiyotlarda Fargʻona vodiysida yashagan tojiklar shartli ravishda ikki guruhga – voha tojiklari va togʻlik tojiklarga ajratiladi. Voha tojiklari – bu ushbu oʻlkaning azaliy xalqlaridan biri boʻlib, qator etnik xususiyatlari bilan Qoʻqon xonligi davrida va undan keyingi davrlarda ham boshqa etnoslardan ajralib turgan. Togʻli tojiklar Qoʻqon xonligi hududiga asosan Tojikistonning togʻlik hududlarida joylashgan Mastchoh, Qorategin, Darvoz, Koʻlob, Hisor kabi joylardan koʻchib kelganlar. Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, koʻplab togʻli tojiklar Qoʻqon xonligi qoʻshinlarida xizmatda ham boʻlganlar. Masalan, Niyozmuhammadning „Tarixi-Shohruhiy“ asarida koʻrsatilishicha, XIX asr boshlarida Qoʻqon xoni Olimxon tashkil etgan yangi qoʻshin tarkibida 6000 dan ziyod togʻlik tojiklar boʻlgan. Qirgʻizlar[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixiy manbalarning tahlili shuni koʻrsatadiki, XVII va XVIII asrlarda Tyanshan togʻining shimolida yashovchi qirgʻizlarning katta guruhi Fargʻona erlariga kelib oʻrnashdilar. Turli urugʻ-qabilaviy tuzilishga ega boʻlgan qirgʻiz etnosi ham Qoʻqon xonligi hududidagi togʻ va togʻoldi manzilgohlarida yashab, vodiyning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida faol ishtirok etganlar. Uygʻurlar[tahrir | manbasini tahrirlash]Uygʻurlar Sharqiy Turkistonning eng qadimgi turkiy etnoslardan biri hisoblanadi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan eʼtiboran, ayniqsa XIX asrda Xitoy feodallariga qarshi koʻtarilgan musulmonlar qoʻzgʻoloni magʻlubiyatga uchragandan keyin Sharqiy Turkistonning koʻplab musulmon aholisi, xususan juda koʻp uygʻur oilalari Fargʻona vodiysiga qochib oʻtdilar. XIX asrning oʻrtalaridayoq Qoʻqon xonligida 300 mingga yaqin uygʻurlar yashagan. Tadqiqotchi I.V. Zaxarova ham 1860-yilga qadar Qoʻqon xonligi hududida 200–250 ming qoshgʻarliklar yashagan boʻlsa kerak, deb hisoblaydi. Qoraqalpoqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]XVIII asrdan Buxoro xonligida yuz bergan siyosiy inqiroz koʻplab xalqlarni bu hududni tashlab ketishga majbur etdi. Oqibatda Buxoro va Samarqand atroflarida yashagan aholining bir qismi Qoʻqon xonligi hududiga kelib oʻrnashdi. Xususan, Sirdaryoning oʻrta oqimida yashab turgan qoraqalpoqlar Qoʻqon xonligi hududiga kelib qoʻnim topdilar. Qoʻqon xonligi hududiga koʻchib oʻtgan qoraqalpoqlar Sirdaryo va Qoradaryo boʻylariga oʻrnashib, anʼanaviy xoʻjaligini yuritishni davom ettirdilar. Xullas, Qoʻqon xonligi oʻzining etnik qiyofasining turli-tumanligi bilan ham xarakterlanadi. Holbuki, bunday etnik turli-tumanlik vodiy aholisini oʻzaro iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlanishida muhim omillardan biri boʻlgan. IV.Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, XVI-XIX asrdagi o‘lkamizdagi ijtimoiy, madaniy hayot ko‘rib o‘tganimizdek o‘ziga xosliklardan iborat. Bir tomondan adabiyot, tarix, me’morchilik, san’ati sohalarida katta yuksalishlarni, betakror yutuqlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsak, ikkinchi tomondan birlikning yo‘qotilishi, o‘zaro nizolarning avj olishi, tabiiy va texnika fanlariga e’tiborning yo‘qotilishi O‘rta Osiyo xalqlarini nafaqat jahon taraqqiyotidan orqada qolishiga, balki xalqimizning chet el bosqinchilari zulmi ostiga tushib qolishiga sabab bo‘ldiki, bu yurtimizning 130 yildan ortiq qaramlikda qolib ketishiga olib keldi. Download 127.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling