2. Qoʻqon xonligi aholisining etnik tarkibi


Download 127.62 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi127.62 Kb.
#1479527
1   2   3   4   5
Bog'liq
qo\'qon referat

II.Asosiy qism:
Qo’qon shaxri madaniyati.
Qo’qon xonligi madaniyati. Qo’qon xonligining XVIII-XIX asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy o’zgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir. XIX asrda Qo’qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda o’sib borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan o’zbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlar-ning o’ziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari she’riy yoki
qisman she’riy yo’lda yozildi. Bu esa qo’qonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, o’zlari ham she’riyatda qalam tebratganliklarini ko’rsatadi. 
Masalan, «Tarixi jahonnamoyi» (Junayd Mullo Avazmuhammad Mullo Ro’zi
Muhammad so’fi o’g’li), «Shohnoma» (Abdulkarim Fazliy Namangoniy), 
«Shohnomayi Umarxoniy» (Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy, u Fazliy 
Namangoniyning «Zafarnoma» asarini nasriy qilib yozgan). «Muntaxab attavorix»
(Xo’ja Muhammad Hakimxon to’ra bin Sayid Ma’sumxon), «Tarixi Shohruxiy»
(«Tarixi sayyidi Xudoyorxon», Mullo Niyoz muhammad Xo’qandiy Niyoziy bin Mullo bin Ashur Muhammad Xo’qandiy), «Tarixi jadidai Toshkand (Muhammad Solihxo’ja ibn Qorixo’ja), «Shohnoma» (Mahzun Ziyovuddin Xo’qandiy), «Jangnomai Xudoyorxon» (Shavqiy Namangoniy) va b. 
XIX asr boshlarida shakllangan Qo’qon adabiy muhiti ham xonlikning
madaniy hayotida katta o’rin tutgan. Qo’qon hukmdorlarining qator 
namoyandalari temuriylar an’anasini davom ettirib, o’zlari ham ilm-ma’rifat bilan
shug’ullanib bu sohani ravnaq topdirishga katta sa’y-harakat qilganlar. . Ayniqsa, bunda Qo’qon xonlaridan Umarxon va muhammad Alixon davrlari 
yaqqol ajralib turadi. Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qo’qon xoni
Umarxon), Boqixonto’ra, Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud),
Muntazir, Nizomiy Xo’qandiy (asl nomi Nizomiddin Muhammadaminxo’ja o’g’li), Nodir, Nozil Muhammad Avaz, Avazmuhammad Yormuhammad o’g’li Pisandiy, Fazliy Namangoniy, G’oziy singari shoirlar xalq ichida mashhur edilar. 
Qo’qon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda 
o’zbek va fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli 
va mashhur o’zbek shoiralari iste’dodi keng rivoj topdi. Mas, Dilshod otin,
Zebuniso, Zinnat, Mohzoda Begim, Mahzuna, Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, Uvaysiylarning ijodi ayricha ahamiyatga molikdir. 
Qo’qon adabiy muhitining samarali ta’siri o’laroq bu yurtdan keyinchalik Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa yetuk badiiy so’z san’atkorlari yetishib chiqdilar va o’z 
xalqining erki, hurligi va ozodligi uchun xizmat qildilar. 
Umuman olganda, XIX asrning o’rtalariga kelib, O’rta Osiyo xonliklarida adabiyot va 
tarixshunoslik bilan bir qatorda matematika, tibbiyot, geografiya, astronomiyaga oid 
hamda diniy asarlar yaratildi. Bu xonliklarda miniatyura va xattotlik san’ati ham o’z o’rniga ega. Bu davrning madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qo’g’irchoq teatri, masxarabozlik, ayniqsa, bastakorlik birmuncha rivojlandi. 
Qo’qon xonligining barcha bekliklarida madrasa, maktab va qorixonalar mavjud edi. 
Madrasalarda ham diniy,ham dunyoviy fanlar bo’yicha tanilgan mudarrislar,olimlar bor bo’lganligi uchun ham bu yerga turli mamlakatlardan ko’plab talabalar kelib o’qishgan. 1.Qo’qondagi mashxur diqqatga sazovor joylar

Download 127.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling