2-seminar mashg’uloti Muskul ish faoliyatida atfning anaerob va aerob resintezlanish yo’llari
Glikoliz jarayonida ATFning resintezi
Download 35.82 Kb.
|
2-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- “anaerob almashinuv bo`sag`asi”
2. Glikoliz jarayonida ATFning resintezi
Muskul ish faoliyatida kreatinkinaza reaksiyasining tezligi pasayib borishi bilan energiya ta’minoti jarayoniga glikoliz tobora ko`proq jalb qilinadi. Glikoliz jarayonida muskul ichidagi glikogenning zahirasi va qondan kirayotgan glyukoza fermentativ yo`l bilan ikki molekula pirouzum yoki ikki molekula sut kislo-tasigacha parchalanadi. Glikoliz yoki glikogenni fosforolizidan (glikogenoliz) yoki erkin glyukozani fosforlanishidan (geksokinaza reaksiyasi) boshlanishi mumkin. Glikoliz (glikogenoliz) jarayonining ayrim reaksiyalarini katalizlaydigan ferment-larning ko`pchiligi SR membranalarida va sarkoplazmada joylashgan. Muskul qisqarishini faollashtirish jarayonida sarkoplazmada ADF, anorganik fosfat, katexolaminlar (adrenalin va noradrenalin) va Ca2+ ionlarining konsentratsiyasi oshganda anaerob glikolizning muhim fermentlari faollashadi, bu o’z navbatida muskul ishini boshlanishi bilan glikolizni ATFning resintezlanish jarayoniga tez jalb qilishga imkoniyat tug`diradi. ATFning glikolitik yo`l bilan resintanishining maksimal quvvati kreatinkinaza reaksiyasining quvvatidan bir necha kamroq va 2,5 kDj/kg.mini (yoki 750 – 850 kal / kg.min)ni tashkil qiladi, lekin aerob jarayonning quvvatidan 2-3 marta ko`p. Jadal muskul ishini boshlagandan so`ng 20-30-sekundlarida glikoliz jarayoni o`zining eng yuqori tezligiga erishadi va ishning 1-minutlari oxirida yangitdan resintezlanayotgan ATFning asosiy manbai bo`lib qoladi. Ammo muskullarda nisbatan uncha ko`p bo`lmagan glikogenning zahirasini tez tugallanishi va hosil bo`layotgan sut kislotasi hamda hujayraichi pH ning pasayishining ta’sirida glikoliz zanjiri asosiy fermenlarining faolligini kamayishi va mashqning davomiyligini oshishi bilan glikolizni tezligi pasayadi. Muskul ishi boshlanganidan 15 min o`tgandayoq glikoluzning tezligini yarmisi qoladi. Organizmdagi uglevodlarning umumiy zahirasi va hujayraichi pH ko`rsat-kichlarini stabilizatsiya qilib turadigan buffer sistemalarining hajmi 30 sekunddan to 2-3 minutgacha intervaldagi mashqlarni berilgan intensivligini pasaytirmasdan bajarishni ta`minlaydi. Demak, ATF resintezining glikolitik yo’lini hajmi ATF resintezining alaktat anaerob yo`lining hajmidan bir tartibga (10 martadan oshiqroq) ko`p. Glikoliz jarayoni nisbatan unchalik yuqori bo`lmagan energetik samaradorligi bilan ajralib turadi. Chunki, 1 molekula glyukoza (yoki glikogenning bitta glyukoza qoldig`i) ikki molekula pirouzum yoki sut kislotasigacha anaerob jarayonida parchalanganida umumiy 2860 kDj/mol energiyaning 222 kDj/moli ajralib chiqadi. Qolgan energiya esa keyinchalik pirouzum (sut) kislotasining aerob oksidlanish jarayonida ajraladi. Demak, glikoliz davomida ajralgan umumiy energiya (240 kDj/mol)ning 84 dan 125 kDj li ATFning makroerg fosfat bog`lariga aylanadi, ya’ni glikoliz jarayonida 2 molekula ATF (~80 kDj) va glikogenolizda 3 molekula ATF (~120 kDj) hosil bo`ladi. Shunday qilib, glikoliz jarayonining energetik samaradorligi umumiy ajralgan energiyaning taxminan 40% ini tashkil qiladi yoki foydali ish koeffitsienti bo`yicha 0,4 ko`rsatkichi bilan ifodalanadi. Zo’riqqan muskul ishi sharoitida glikolitik yo`l bilan parchalanayotgan uglevodlarning asosiy miqdori sut kislotasiga aylanadi. Shu bilan birga hosil bo`layotgan sut kislotosining har bir molekulasi 1-1,5 molekula ATFni sinteziga teng. Anaerob ishda sut kislotasining to`planish darajasi bajarilayotgan mashqning intensivligi va davomiyligi bilan to`g`ri proporsional bog`langan. Sut kislotasi boshqa barcha organik kislotalari kabi suv muhitida disso-tsiasiyaga uchraydi: CH3CHOH CH3CHOHCOO- + H+ Intensiv muskul ishi faoliyatida ko`p miqdorda sut kislotasi to`plana boshlaydi. Bu esa hujayraichi muhitida vodorod ionlarining konsentrasiyasini o`zgarishiga olib keladi. pH ko`rsatkichini uncha katta bo`lmagan (o`rtacha) kislotalik tomonga siljishi mitoxondriyadagi nafas olish siklining fertmentlarini faolligini oshiradi, lekin ko`proq o`zgarganda miozin ATF-azasi, kreatinkinaza va muskullarning qisqarish qobiliyatini boshqaradigan glikolizning muhim ferment-larini faolligini va ATFning anaerob resintezining tezligini pasaytiradi. Muskul tolasining sarkoplazmasida sut kislotasining konsentratsiyasini keskin ko`payishi osmatik bosimni o`zgarishiga olib keladi, ya’ni suv hujayralararo bo`shliqdan hujayra ichiga kirib, uni shishiradi va tarangligini oshiradi. Osmotik bosimni ancha o`zgarishi muskullarda og`riqning paydo bo`lishi sababchisi bo`ladi. Sut kislotasi hujayra membranasi orqali konsentratsiya gradienti bo`yicha qon tomirlariga o`tadi va u yerda birinchi navbatda bikarbonat bufer sistemasi bilan o`zaro ta’sir qilib, “nometabolik ortiqcha CO2 (ExcCO2)ni ajratib chiqaradi.
Ishlayotgan muskullarda glikolizning kuchayishini aks ettiruvchi omillar – sut kislotasining to`planishi, ExcCO2 ni paydo bo`lishi, pH ning o`zgarishi va o`pkaning giperventilyasiyasi odatda bajarilayotgan mashqning quvvati maksimal kritik quvvatning ~50% ini tashkil qilganda namoyon bo`ladi. Odatda yuklamaning bu darajasini “anaerob almashinuv bo`sag`asi” (AAB yoki PANO) deb belgilanadi. Shunday qilib, glikoliz jarayoni submaksimal quvvatli muskul ish faoliyatini energiya bilan ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Bajariladigan vaqti 30 sekunddan to 2-3 minutgacha bo`lgan mashqlarni (o`rta masofaga yugurish, 100 va 200 metrga suzish, trekda velosiped haydash, uzoqroq muddatli finisholdi tezlashish va boshqalar) asosiy energiya manbai bo`lib, submaksimal quvvatli ishlarni energiya ta`minotida glikoliz jarayoni muhim rol o`ynaydi.
Download 35.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling