2§. Ship pog‘onali qazib olish tizimi


Download 1.57 Mb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1149045
1   2   3
Qavatda qazib olish ishlari markazdan shaxta maydoni chegarasiga qarab borishi yoki shaxta maydoni chegarasidan markazga chekinish yo‘nalishida rivojlanib boradi. Bir vaqtda qazib olinadigan bloklar soni kamdan-kam holatlarda texnik-iqtisodiy jixatdan cheklanadi. Odatda yonma-yon joylashgan birnechta bloklar bir vaqtda qazib olinadi.

97-rasm. Ship pog‘onali qazib olish tizimining ruda tushirgich bo‘ylab rudani o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida yetkazish varianti.


Blok uzunligi 40–50 m dan 80–100 m gacha belgilanishi mumkin. Odatda rudani ruda tushirgich bo‘ylab yetkazish varianti qo‘llaniladi. Blok uzunligi nisbatan katta o‘lchamda olinadi.


Yuqorilovchi lahim tirgaklar bilan mustahkamlanadi va u ikkita alohida bo‘limga ajratiladi: birinchisi ishchilar harakatlanish bo‘linmasi bo‘lib narvonlar bilan jixozlanadi, ikkinchisi materiallarni ko‘tarish bo‘linmasi.
Agar shtrek ustida selik qoldirilsa, qazib olish ishlari ilgarilovchi qazib olish joyini o‘tish bilan boshlanadi, yoki shtrekning shipidan birinchi qatlam qazib olinadi va shtrek mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanadi.
Ilgarilovchi qazib olish joyi 4 (96-rasm) balandligi shtrek ustida qoldirilgan selikdan hisoblaganda 1,8–2,5 m ni tashkil etadi. Shtrek usti seligidan har 8–10 m da ruda tushirgichlar 5 hosil qilinadi.
Agarda tashish shtregi tirgak mustahkamlagichlar bilan mustahkamlansa birinchi qatlamni qazib olish uchun quyidagi ikki usulning birontasi qo‘llaniladi.

  1. Shtrek qazib olinayotgan birinchi qatlamga nisbatan 10–15 m ilgarilab o‘tilgandan keyin birinchi qatlam qazib olinadi. Birinchi qatlamni qazib olish ishlari tugatilgandan keyingina shtrek shipi mustahkamlanadi.

  2. Blokda bevosita qazib olish ishlarini boshlashdan oldin birinchi qatlamni shtrek bilan birgalikda o‘tish (bunda o‘tish joyining balandligi shtrek balandligi va birinchi qatlam qalinliklari yig‘indisiga teng). Shtrek va birinchi qatlamni birgalikda o‘tish ishlari yakunlangandan keyin qazib olingan birinchi qatlam qalinligini hisobga olgan holda shtrek shipi mustahkamlanadi.

Pog‘ona balandligi qabul qilingan burg‘ilash usuli va rudaning xossalarigi bog‘liq holda tanalanadi. Yuqoriga burg‘ilangan shpurlardan rudani qulatib olishda pog‘ona balandligi 1,5–1,8 m dan 2,0–2,2 m gacha bo‘ladi. Shpurlarni 1,5 m dan kam chuqurlikda burg‘ilash maqsadga muvofiq emas, lekin boshqa tomondan juda chuqur shpurlardagi katta miqdordagi portlovchi modda zaryadi portlaganda qazib olish joyi shipi buzilishiga va ishchilarga xavfli sharoit yaratilishiga, shuningdek tirgaklarning shikastlanishiga olib keladi.
Gorizontal yo‘nalishda burg‘ilangan shpurlar uchun odatda pog‘ona balandligi 1,8–2,2 m ni tashkil etadi. Bunda shpurlarni burg‘ilash ishlari bitta taxta to‘shama ustida olib borilishi mumkin. Baland pog‘onalarda burg‘ilash ishlarini olib borish uchun bir nechta taxta to‘shama barpo etishga to‘g‘ri keladi.
Atrof tog‘ jinslarini saqlab turish. Gorizontal yo‘nalish bo‘yicha tirgaklar orasidaga masofa yondosh jinslarining turg‘inligiga bog‘liq holda qabul qilinadi. Vertikal yo‘nalish bo‘yicha tirgaklar orasidagi masofa odatda pog‘ona balandligiga teng. Juda mustahkam tog‘ jinslarida uning o‘lchami ikkita pog‘ona balandligigacha oshiriladi. Ayrim holatlarda burg‘ilovchi uchun taxta to‘shama o‘rnatish maqsadida asosiy tirgaklar qatori oralig‘iga qo‘shimcha tirgaklar vaqtincha o‘rnatiladi.
Gorizontal yo‘nalish bo‘yicha tirgak qatorlari orasidagi masofa 1,0–1,8 m ni tashkil etadi. Yondosh jinslarining buzilgan joylarida doimiy joylashtirilgan asosiy tirgaklar oralig‘iga qo‘shimcha tirgaklar o‘rnatiladi.
Keskin qiya ruda tanalaridan ajratilgan rudani yig‘ishtirish unchalik qiyinchiliklarini yuzaga keltirmaydi, chunki ajratilgan ruda o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida shtrekgacha kelib tushadi.
Blok tagidagi uchta pog‘onadan (96-rasm) ajratilgan ruda qazib olishdan xosil bo‘lgan bo‘shliq bo‘ylab shtrekgacha erkin tushadi va bunda rudani yetkazishni tashkil qilish oddiy hamda ko‘p mexnat sarf qilinmaydi. Juda yuqorida joylashgan pog‘onalarni qulatganda tirgaklar shikastlanishi yoki sinishi natijasida rudani blokdan chiqarish ishlari qiyinlashadi. Qulatilgan rudaning zarbasini o‘ziga qabul qilish va uning harakatini sekinlatish uchun shikastlanishi mumkin bo‘lgan tirgaklarga qiya holatda nov (taxta to‘shama) o‘rnatiladi. Qiya va gorizantal holatda o‘rnatilgan taxta to‘shamalar 6 yumaloq xoda yoki qalin taxtalardan hosil qilinadi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling