2. Sinf rahbarining sinf jamoasi bilan ishlash metodlari


Download 343 Kb.
bet1/6
Sana22.02.2023
Hajmi343 Kb.
#1223001
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JAMOADA OILANI BOSHQARISH (1)



REJA:


I KIRISH……………………………………………………………….……3


II ASOSIY QISM………………………………………………………………...4

1.Jamoani boshqarish usullari……………………………………………………..4




2.Sinf rahbarining sinf jamoasi bilan ishlash metodlari…………………………..13


3.Jamoada pedagogning o‘quvchi shaxsini o‘rganish mahorati va metodlari.…..21

4.O‘qituchining ota-onalar bilan munosabati……………………………………..27


III XULOSA…………………………………………………………….……...29
IV.FOYDALANILAGAN ADABIYOTLAR…………………………....……..32

KIRISH
O‘zbеkiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning
nеgizida turgan asosiy omil insondir.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining
64-moddasida “Ota-onalar farzand tarbiyasi uchun javobgardir” dеb bеlgilab
q
o‘yilgan. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni
qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325 Farmoni (02.02.2018),
PQ-3808 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida
oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori
(27.06.2018)da ko`zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish
jamiyatimizningustuvor yo`nalishlaridan biriga aylangandir.
Oilada ota-onalar ma'naviy boy e'tiborli va yuqori ma'lumotga ega b
o‘lsalar,
shu darajada takomillashgan usul orqali
o‘z farzandlarini tarbiyalaydi. Buyuk
ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo
najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, dеgan s
o‘zlari bir asr avval
millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan b
o‘lsa hozir ham o‘z
ahamiyatini y
o‘qotgani yo‘qdir.
Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi, oila an’analari, shajarasi, kasb-kori,
axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat,
o‘zaro mehr-muhabbat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy
hayotga tayyorlash kutilgan natijani beradi. Ota-onalarga oila tarbiyasida metodik
yordam beruvchi «Oila kutubxonasi» seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila»
jurnalini nashr qilishni y
o‘lga qo‘yish, barcha yo‘nalishlardagi oliy va o‘rta
maxsus ta’lim muassasalariga «Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy
etish oilani namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir. Buning uchun ota-onalarni tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini
tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va
o‘rta maxsus ta’lim mazmuniga «Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» kursini kiritish va amalda qo‘llash lozim.1
Oila pedagogikasi quyidagi fanlar bilan aloqada o‘sib-ulg‘aymoqda: oila
pedagogikasi fani: falsafa, sotsiologiya, iqtisodiyot, anatomiya – fiziologiya,
psixologiya–pedagogika, ijtimoiy pedagogika, maxsus pedagogika, pedagogika
tarixi, pedagogik mahorat kabilar.
Insonning ma’naviy va aqliy xislatlarini, asosan, uning olgan tarbiyasi,
yashagan muhiti belgilaydi. Agar, yaxshi tarbiya insonning eng
qimmatli boyligi bo‘lsa, noto‘g‘ri tarbiya uning uchun chinakamiga baxtsizlikka,
hatto, halokatga aylanishini uqtirgan. Shuning uchun maktab tarbiyasi bilan bir
qatorda oila tarbiyasiga ham katta ahamiyat berilgan. Oilada to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilgan tarbiya maktab uchun katta madaddir va, aksincha, oilada tegishli
tarbiya ishlari olib borilmasa, bu holda maktabning ta’lim-tarbiya ishini juda
qiyinlashtiradi. Demak, oila va maktab hamkorligi
o‘ziga xos dolzarblik
kasb etadi. Oila pedagogikasi talabalarni, o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol
inson qilib tarbiyalashga hamda oilada beriladigan tarbiyaning mazmuni, umumiy
qonuniyatlari, tamoyil va metodlariga doir bilimlarni egallashiga xizmat qiladi




Download 343 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling