2. Sirojiddin Sayyid she`rlarida metaforaning til sathiga ko`ra tasnifi: so`z-metaforalar, birikma-metaforalar, gap-metaforalar, matn-metaforalar


Download 31.6 Kb.
bet5/9
Sana30.04.2023
Hajmi31.6 Kb.
#1403047
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tilshunoslik (1)

Matn-metaforalar

O`zbek tili poetik kommunikatsiyasida metaforik mazmunli matnlar (yoki matn-metaforalar) o`ziga xos o`rin tutadi. Bunday matnlarda ifodalangan mazmun global xarakterga ega bo`lib, o`zaro aloqadorlikda bo`lgan voqea-hodisalarning ikkilamchi nominatsiyasi sifatida amal qiladi. Matn-metaforalarga xos bo`lgan xarakterli xususiyat shundaki, unda matn subyektining metaforik ma`noda qabul qilinishi matndan anglashilgan mikropozitsiyaning ham o`quvchi ongida metaforik xarakter kasb etishiga olib keladi. Bunday matn ko`rinishli metaforalar ko`pincha nasriy asarlarda uchrab, she`riy asarlarda deyarli uchramaydi.
O`zbek tilshunosligida ko`chma ma`nolarni o`rganish bo`yicha prof. M. Mirtojiyev, I. Shukurov, Z. Tohirov, D. Xo`jayeva: shuningdek, prof. Sh. Rahmatullayev va R. Yunusovlar chuqur ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar. Xususan, metafora haqida ham ko`plab ma`lumotlar berib o`tishgan. Sh. Rahmatullayev metafora ko`chimning boshqa turlari bilan sinkretik ishlatila olish imkoniyatiga e`tabor qaratadi: metaforik-funksionallik, metaforik-metanimiya, metaforik-snekdoxa va hokazo. Masalan samalyotning qanoti metaforik birikmasida qush qanotiga, nafaqat, vazifa, balki shakl jihatidan ham o`xshaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, metafora yo`li bilan ko`chirishning quyidagi ko`rinishlarini ajratadi:

  1. Bir predmetning nomi boshqa bir predmetga shakliy o`xshashlik asosida ko`chiriladi: og`iz – odamning og`zi, og`iz – tandirning og`zi, dum – itning dumi, dum – samalyotning dumi, lab – insonning labi, lab daryoning labi kabilar.

Bunday o`xshashlikda predmetning shakliy tomondan ko`rinishi asos sifatida olinib, uning nomini boshqa bir predmet nomiga ko`chiriladi.
Sirojiddin Sayyidning “… Bunda chiziqlari onalar kaftin, Ulangan quyoshning tolalariga…” misrasida qo`llanilgan quyosh tolalari metaforik birikmasidagi tola mato to`qish uchun mo`ljallangan uzun va tekis buyum bo`lsa, bu joyda metaforik ma`noda uzunligi va tekisligiga ko`ra quyosh nurlarini shakliy jihatdan tolaga qiyoslangan. “… Jimirlab ketgaydir ko`ngil torlarim, Jimirlab tursalar bug`doyzorlarim…” Bu misradagi ko`ngil torlari birikmasidagi tor so`zi ham shakliy jihatdan, ya`ni tarang tortilishi va vazifaviy belgisi – kuy paydo qilishi jihatidan metaforik birikmani hosil qilgan. Bundan tashqari quyidagi misollarda ham shunday holatni ko`rishimiz mumkin:
…Ozod domla yanglig` so`z qo`rg`onlari (qo`rg`on – har tomoni muhofazalangan joy)
Ketdilar.
Dillarda yod, armonlari…
*****
…Menda ko`ngil torlari-yu
senda zulfing torlari,
Zulflaringning torlaridan
menda ko`ngil dorlari…
*****
Sochlar tun-u yuz – oymi, quyosh anvar ichinda,
Zulflar ichinda bo`yunlaring anbar ichinda…
*****
…Umr hikmatlarin ko`rsatib,
Nafs arqonlarin qirqishi kerak…
*****
…Dilimning dog`i ham
Ko`ksim yarosi:
Lablar gilosi-yu
Ko`zlar charosi
*****
Tori zulfingiz tuganmas bir bayot erdi menga,
Avval-avval lutfingiz haddin ziyod erdi menga,…
*****
…Yor o`z sochlaridan uzun dor edi,
Zulfin sirtmoqlari bo`ynimga tushdi…
*****
…Adirlar lola jomidan tutar may,
Tabiat xush bo`lib, rindona keldi…


  1. Download 31.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling