2. Sirojiddin Sayyid she`rlarida metaforaning til sathiga ko`ra tasnifi: so`z-metaforalar, birikma-metaforalar, gap-metaforalar, matn-metaforalar


Download 31.6 Kb.
bet2/9
Sana30.04.2023
Hajmi31.6 Kb.
#1403047
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tilshunoslik (1)

So`z-metaforalar

So`z shaklidagi metaforalarning lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlari tilshunosligimizda yetarli darajada o`rganilgan desak, adashmagan bo`lamiz. Ularning psixolingvistik va kognitiv jihatlari esa o`z tadqiqini kutmoqda. Kognitiv so`z-metaforalar, asosan, harakat va belgi bildiruvchi so`zlar semantikasida anglashilib, o`zida qiyoslanayotgan predmet, hodisa haqidagi tushunchani implitsit tarzida ifodalaydi. Masalan:
________________________
6Xoce Opега-и-Гассет. Две главные метафоры http://ortegagasset.filosoff.org/tvorchestvo/dve-glavnye-metafory/ (21.05.2019).
7Будаев Э. В. Становление когнитивной теории метафоры // Лингвокултрология. Выпуск 1. Екатеринбург, 2007. С 387-415.

Oq kelinchakday libosin cho`qqilardan kirgizib,


Tog`-u toshda avvalo berdi salom cho`ponga tong.
Ushbu misrada shoir qo`llangan salom berdi fe`li semantikasida matn tuzuvchining tongni kelinchakka, umuman insonga qiyoslagani namoyon bo`ladi. Quyida shu kabi so`z-mataforalarga misollar keltiramiz:
Mening shoirligim – orzu,
falakdin gar talab qo`ysa,
Sochib ko`nglimga oy nurin,
Quyosh ham o`t qalab qo`ysa.
O`t qalab fe`li semantikasida esa, aslida o`t qalash insonlarga, jonli mavjudodga xos harakat. Shoir bo`lsa ushbu misralarida quyoshni jonli mavjudodga ya`ni insonga qiyoslab, uning nur sochishini esa o`t qalashga mengzaydi.
Sog`inchlarim gullar ochar bog`larda,
Yomg`irlarim biqir-biqir, Niginjon.
Gul ochmoq fe`li semantikasi ko`payishga ishora bo`lib, o`simlikka xos harakat. Ko`rinib turibdiki, shoir sog`inchni daraxtga yoxud gulga qiyoslab, uning ortishini o`simlikning gul ochib ko`payishiga o`xshatgan.
Kechalari kurtak yozar, barg yozar,
Qalamlarim shitir-shitir, Niginjon. (“Asal qizim Nigina”. 2005.)
Kurtak yozmoq, barg yozmoq fe`llari semantikasida yaralish, paydo bo`lish semasi mavjud bo`lib, she`rning yaratilishini shu orqali ifodalashga uringan. Ya`ni qalamning shitir-shitir qilib kurtak yozishi, barg yozishi qalamning qog`oz ustida shitirlagan harakati natijasida she`rning paydo bo`lishiga ishoradir.
Siz – hayotning yuzidagi
Kulgichlar-u handalarsiz.
Birovingiz kapalag-u
Birovingiz handalaksiz.
Bu misradagi kapalak va handalak so`zlari semantikasida kapalakning o`ynoqi va tutqich bermasligi, handalakda esa shirinlik semalari mavjud bo`lib, ularning bu belgisi bolalarda ham bor. Shoir aynan shu o`xshashlik asosida metafora yaratgan.
Mo`ltirab osmonlarida
qoldi zor cho`lponlari,
Otmadi zindonida
Cho`lpon bilan Usmonga tong.
Kognitiv so`z-metaforalar avval aytib o`tganimizdek, harakat va belgi bildiruvchi so`zlar semantikasida anglashiladi. Yuqoridagi misrada qo`llanilgan mo`ltirab fe`li semantikasida ma`yus holda boqmoq semasi mavjud bo`lib, shoir yulduzlar porlashini keyingi misraga mos tarzda mo`ltillamoq so`zi bilan ifodalab, najotga zor inson semasi bilan bog`laydi va keyingi misradagi Cho`lpon va Usmon Nosir hayoti davomida yorug` kunlar ko`rmaganini zindonida tong otmadi birikmasi bilan ifodalaydi. Zindon so`zi mustamlaka zulmidan ezilgan, ilmsizlik, jaholat botqog`iga botgan yurtni ifodalab, tong otmagan zindonga mengzalgan.


  1. Download 31.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling