2. Sirojiddin Sayyid she`rlarida metaforaning til sathiga ko`ra tasnifi: so`z-metaforalar, birikma-metaforalar, gap-metaforalar, matn-metaforalar
Mantiqiy belgisiga ko`ra o`xshashlik asosidagi metafora
Download 31.6 Kb.
|
Tilshunoslik (1)
Mantiqiy belgisiga ko`ra o`xshashlik asosidagi metafora
Bunda bir predmetga (ba`zan harakatga) xos belgining nomi boshqa bir predmetdagi belgiga ko`chiriladi: achchiq – achchiq qalampir, achchiq – achchiq so`z; to`g`ri – to`g`ri chiziq, to`g`ri – to`g`ri gap kabi. Bundan tashqari bir predmet nomini boshqa predmetga belgi sifatida ko`chirish ham mumkin: tosh – qattiq jism, tosh – tosh nok (toshday qattiq); oltin – qimmatbaho tosh, oltin – oltin yaproqlar (sap-sariq) kabi. Bunda narsaning nomi belgini anglatib keladi. Quyidagi misralardagi metaforalarda ham aynan shunday holatni kuzatishimiz mumkin: “…Oltin dalalarim – bug`doyzorlarim…” misrasidagi oltin dalalarim metaforik birikmasidagi oltin so`zida bug`doyning sariqligiga ishora mavjud, ya`ni oltinday sap-sariq tovlangan bug`doyga to`la dala nazarda tutiladi. “…Sizni hasad nechun mahv etar, Ko`mir dillar, eh ko`mir dillar?...” Ushbu misrada esa ko`mir dillar birikmasi metaforik birikmani hosil qilgan bo`lib, ko`mir – qora va qattiq buyum, bu joyda esa ko`ngilga nisbatan ko`mir dillar metaforasini berilishi mantiqiy metaforani hosil qilgan, ya`ni ko`mirdek qora va qattiq, hech narsani his etmaydigan dilni ifodalashga xizmat qilgan. …Dilchirog` shoir bo`ling-u dilqarog`, Ketmangiz hech diltarosh shoir bo`lib. Parchadagi dilchirog‘ so‘zi "dilni yorituvchi" ma'nosida kelgan bo‘lib, bunda mantiqiy o'xshashlik o‘z aksini topgan. Ya‘ni ko‘zni quvnatadigan biror narsaga nisbatan qo'llanuvchi so‘z bu o‘rinda shaxsga nisbatan qo‘llanilgan. Aslida mantiqan olib qaraganda, bu so‘z shoir yaratadigan asar nazarda tutilgan bo‘lib, ijodkor bu misralar orqali shoirni she‘r bilan bir butunlikni hosil qilgani anglashilinadi. Bu jahonda qoralik bor ham riyo, Siz yashangiz nurposh shoir bo`lib… Bu o‘rindagi nurposh so‘zi "nurli", "yog‘duli"degan ma‘nolarni anglatib xuddi yuqoridagidek poetik maqsad o‘z ifodasini topgan. ***** …Yoshligingiz kechdi olov yo`llarda, Tanklar yonib ketdi, Siz yonmadingiz… Misradagi olovli yo'llar birikmasida esa mantiqiy o'xshashlik olovning xususiyatidan kelib chiqqan holda aytilgan. Olovli yo‘l o‘tish qiyin bo‘lgam va yo‘l davomida olovdan zararlanish aniq bo'lgan holatni anglatadi. Shoir esa she‘rida qo'llagan bu birikmani yoshlikning eng gullagan davrini urush maydonida o'tkazgan yigitlarga nisbatan qo'llaydi. …She`r garchi shoirning ko`ksida yongan, Bo`g`zin kuydirgan olov unidir… Bu misrada qo'llangan olov uni esa endi yuqoridagi misralardan nisbatan farqli. Bu o‘rinda olovning qiyinchilik ma‘nosi emas, balki yorqin porlashi, atrofni yoritib, ko'zga ko'rinmagan narsalarni ham fosh qilish vazifasi, shiddati hech kimni, hatto uni paydo etganni ham aytmaslikni yuqori pozitsiyaga chiqadi. Ya‘ni she‘r bu olov yashirin qabohatliklarni fosh etdi, ammo shu bilan birga shoirni ham ayamadi, shu tufayli u ko'plab azoblarni boshidan o'tkazishga majbur. Misoli jadidlarimiz kabi. *****
Bir tifldur, alqissaki ko`zgu bila o`ynar… ***** …Ne umr bo`ldi umr? Oy-u yillarim ko`mir. Endi so`nik dunyoda Mushkul erur yonorim… ***** …Hasrat o`chog`ida o`tinman, yomg`ir, Qismat qirg`og`ida tutunman, yomg`ir... ***** …Bu kitobni hijron seli yutolmagay, Bizdan boshqa hech kim bundan o`tolmagay… ***** …Ta`m bermas balki kechki sho`rvangga, Toza, tiniq satrlardan o`raymi?... ***** …Hech kim xor o`lmagan hali och qolib, Chorlasalar oltin, zangor sohillar… ***** …O`zbek qiziq, doim shunday jaydari, Imorat deb o`tar umr daftari… Download 31.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling