2 соат 1-Mavzu: Kirish Reja: Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi Statistika fan sifatida
Download 135.89 Kb.
|
Маъруза матнлари
2 соат 1-Mavzu: Kirish Reja: Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi Statistika fan sifatida Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan. Statistika nima? Birinchidan, statistika bu − sonlar va o’lchovlar yordamida ko’psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash. Ikkinchidan statistika to’plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar orqali ifodalash, chinchidan, statistika to’plangan ma’lumotlarni tadqiqot usullarini shunday tartibda o’rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog’liqlikni aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir. Random House College lug’ati statistikani “yig’ish, tasniflash, tahlil qilish va axborot yoki ma’lumotlarni talqin qilish bilan shug’ullanadigan fan” sifatida belgilaydi. Shunday qilib, statistik – beysbol o’yinlarida o’rtachani hisoblaydigan yoki Gallup ijtimoiy so’rovlar natijalarini yozadigan oddiy kimsa emas. Professional statistiklar statistika fanidan tahsil oladilar. Ya’ni, ular ma’lumotlar shaklida axborotni to’plash, ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan xulosa qilish bilan o’rganadi. Bundan tashqari, statistiklar tegishli masalaga qanday ma’lumot kerakligini va tadqiqot bo’yicha qilingan xulosalarga ishonish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi. “Statistika” ko’pchilik odamlar uchun “raqamli tasvir” degan ma’noni anglatadi. Ma’lumotlar ko’p hollarda ularning xususiyatlarini baholash maqsadida qaysidir ma’lumotlar majmuasidan tanlanadi. Biz bu jarayonni tanlanma deb nomlaymiz. Statistika – bu ma’lumotlar to’g’risidagi fandir. U raqamli ma’lumotlarni to’plash, tasniflash, umumiylashtirish, tizimlashtirish, tahlil qilish, taqdimot va talqin qilishni o’z ichiga oladi. Ma’lumotlar to’plamini tasvirlash va tanlanma asosida ma’lumotlar to’plami to’g’risida xulosalar (baholashlar, yechimlar, prognozlar va h.k.) ni ta’riflash. Shunday qilib, statistikaning qo’llanilishini ikkita asosiy sohaga bo’lish mumkin: tasviriy statistika va analitik statistika. Statistika – bu ma’lumotlar to’g’risidagi fandir. U raqamli ma’lumotlarni to’plash, tasniflash, umumiylashtirish, tizimlashtirish, tahlil qilish, taqdimot va talqin qilishni o’z ichiga oladi. Ma’lumotlar to’plamini tasvirlash va tanlanma asosida ma’lumotlar to’plami to’g’risida xulosalar (baholashlar, yechimlar, prognozlar va h.k.) ni ta’riflash. Shunday qilib, statistikaning qo’llanilishini ikkita asosiy sohaga bo’lish mumkin: tasviriy statistika va analitik statistika. Tasviriy statistika ma’lumotlar to’plamida qonuniyatlarni topish va axborotlarni umumlashtirish, hamda ushbu axborotlarni qulay shaklda taqdim qilish uchun raqamli va grafik usullardan foydalanadi. Xulosaviy (analitik) statistika tanlanma ma’lumotlaridan katta ma’lumotlar to’plamini baholashda, yechimlarda, prognoz qilishda yoki boshqa umumlashtirishlarda foydalanadi. Statistik usul (metod) lar esperimental birliklarning bosh to’plamini o’rganish, tahlil qilish va bilim olish uchun foydalidir. Eksperimental (yoki kuzatiladigan) birlik – bu obyekt (masalan, inson, buyum, bitim yoki hodisa) bo’lib, biz u to’g’risida ma’lumotlar yig’amiz. Bosh to’plam – bu birliklar to’plami (odatda, insonlar, ob’yektlar, operatsiyalar yoki hodisalar) bo’lib, ularni o’rganishga biz qiziqamiz. Statistik usul (metod) lar esperimental birliklarning bosh to’plamini o’rganish, tahlil qilish va bilim olish uchun foydalidir. Eksperimental (yoki kuzatiladigan) birlik – bu obyekt (masalan, inson, buyum, bitim yoki hodisa) bo’lib, biz u to’g’risida ma’lumotlar yig’amiz. Bosh to’plam – bu birliklar to’plami (odatda, insonlar, ob’yektlar, operatsiyalar yoki hodisalar) bo’lib, ularni o’rganishga biz qiziqamiz. O’zgaruvchan ko’rsatkich – bu bosh to’plamdagi alohida eksperimental (yoki kuzatiladigan) birliklarning tavsifnomasi yoki xususiyatidir. Muayyan o’zgaruvchini o’rganishga uning uchun raqamli tassavvurni olish imkoniyatiga ega bo’lish foydalidir. Ammo ko’p hollarda raqamli tassavvurni olish har doim ham imkoniyat bo’lmaydi, shuning uchun statistik tadqiqotlarda o’lcham muhim yordamchi rolni bajaradi. O’lchov – bu bosh to’plamning alohida o’zgaruvchan birliklariga tartib raqamini berish uchun biz foydalanadigan jarayondir. Statistik xulosa – bu tanlamani tashkil etuvchi axborotlar asosida bosh to’plam haqida prognozlashtirish va ba’zi bir boshqa umumlashtirishlarni baholashdir. Xulosa qilishda, biz uning ishonchliligini, ya’ni bu xulosaning qanchalik yaxshiligini bilishimiz zarur. Ishonchlilik darajasi, xulosa bilan birga sodir bo’lib, statistika fanini fol ochish san’atidan ajratib turadi. Xiromantika, statisti sifatida, namunani (sizni qo’lingizni) o’rganishi va bosh to’plam (sizning hayotingiz) to’g’risida xulosa qila oladi. Ammo statistik xulosalardan farqli o’laroq, o’quvchining kafti bo’yicha xulosalar – ishonchlilik ko’rsatkichi emas. Ma’lumotlarning turlari Barcha ma’lumotlar (va shu sababli, biz o’lchashimiz mumkin bo’lgan o’zgaruvchilar) ikkita asosiy turlaridan biri sifatida tasniflanishi mumkin: miqdoriy ma’lumotlar va sifat ma’lumotlar. Miqdoriy ma’lumotlar – bu tabiiy raqamli shkalada o’lchalanadigan ma’lumotlardir. Miqdoriy ma’lumotlar – bu tabiiy raqamli shkalada qayd etilgan o’lchovlardir. Aksincha, sifat ma’lumotlarni tabiiy raqamli shkalada o’lchanishi mumkin emas; ular faqat toifalarda tasniflanishi mumkin. (Shuning uchun ma’lumotlarning bu turi toifali ma’lumotlar deb ham yuritiladi). Ma’lumotlarni yig’ish Mazkur masalani yechish uchun to’g’ri keladigan tegishli ma’lumotlar turiga, miqdoriy yoki sifatli, aniqlik kiritganingizdan so’ng ma’lumotlarni yig’ish lozim bo’ladi. Qoida tariqasida, ma’lumotlarni uch xil yo’l bilan olishingiz mumkin: 1. Chop etilgan manbalardan; 2. Ishlab chiqilgan eksperimentdan; 3. Kuzatish tadqiqotlardan (masalan, so’rovnomadan). Ba’zan ma’lumotlar to’plami allaqachon to’plangan va chop etilgan manbalarda, masalan, kitob, jurnal yoki gazetalarda mavjud. Misol uchun, siz 50 shtatda ajralishlar to’g’risida ma’lumotlari (ya’ni, 1000 aholi boshiga ajralishlar soni) ni o’rganmoqchisiz va umumlashtirmoqchisiz. Siz bu ma’lumotlar majmuini AQSh hukumati tomonidan har yili chop etiladigan AQShning Statistik sharxidan (shuningdek, boshqa ko’plab ma’lumotlar majmuasini) topasiz. Ma’lumotlarni yig’ishning ikkinchi usuli ishlab chiqilgan eksperimentni o’tkazishni nazarda tutadi, bunda tadqiqotchi olib boriladigan izlanishlarda birliklar (odamlar, obyektlar yoki buyumlar) ustidan qattiq nazorat o’rnatadi. Nihoyat, ma’lumotlarni yig’ish uchun kuzatish tadqiqotlardan foydalanish mumkin. Kuzatish tadqiqotlarda, tadqiqotchi o’z tabiiy muhitda eksperimental birliklarni kuzatadi va uni qiziqtirayotgan o’zgaruvchilarni yozadi. Masalan, bolalar psixologi maktab hovlisida o’ynayotgan beshinchi sinf o’quvchilardan iborat tanlanmadagi tajovuzkor xatti-harakati darajasini kuzatib va yozib borishi mumkin. Kuzatish tadqiqotning eng keng tarqalgan turi so’rov hisoblanib, unda tadqiqotchi odamlar guruhini tanlaydi, bir yoki bir necha savollar beradi va javoblarni yozib oladi. Ehtimol, so’rovning eng mashhur turi siyosiy saylovlari natijalarini bashorat qilishga mo’ljallangan bir qator tashkilotlaridan (masalan, Harris, Gallup, Roper va CNN) biri tomonidan o’tkaziladigan siyosiy so’rov hisoblanadi. Nihoyat, ma’lumotlarni yig’ish uchun kuzatish tadqiqotlardan foydalanish mumkin. Kuzatish tadqiqotlarda, tadqiqotchi o’z tabiiy muhitda eksperimental birliklarni kuzatadi va uni qiziqtirayotgan o’zgaruvchilarni yozadi. Masalan, bolalar psixologi maktab hovlisida o’ynayotgan beshinchi sinf o’quvchilardan iborat tanlanmadagi tajovuzkor xatti-harakati darajasini kuzatib va yozib borishi mumkin. Kuzatish tadqiqotning eng keng tarqalgan turi so’rov hisoblanib, unda tadqiqotchi odamlar guruhini tanlaydi, bir yoki bir necha savollar beradi va javoblarni yozib oladi. Ehtimol, so’rovning eng mashhur turi siyosiy saylovlari natijalarini bashorat qilishga mo’ljallangan bir qator tashkilotlaridan (masalan, Harris, Gallup, Roper va CNN) biri tomonidan o’tkaziladigan siyosiy so’rov hisoblanadi. Kuzatish tadqiqoti ma’lumotlarni yig’ish usuli hisoblanib, bunda o’z tabiiy muhitda tanlab olingan eksperimental birliklar kuzatiladi. Tanlanma eksperimental birliklarining xususiyatlarini nazorat qilish uchun hech qanday harakatlar qilinmaydi (Misollar ijtimoiy fikr va so’rovni qamrab oladi). Tanqidiy fikrlash va statistikaning etikadagi ahamiyati nimadan iborat? Download 135.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling