Grafik maydon – grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir. Grafik maydon o’z vazifasiga qarab aniq o’lchamlarga (formatga), ya’ni kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo’ladi.
Maydon o’lchovlari – grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya’ni grafik maydonning o’lchovini ifodalovchi to’r. Amaliyotda keng qo’llaniladigan koordinatalar tizimi bu to’g’ri chiziqli koordinata tizimidir
Masshtab (miqyos) - bu raqamli ko’rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o’lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlarni grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi.
Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. Shkala deganda aniq raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar
Grafikning oxirgi unsuri – bu grafik talqinidir (eksplikatsiya). Bu unsur grafikning mohiyatini, mazmunini so’z bilan ifodalanishini ta’minlaydi.
Grafik talqini grafik nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning ba’zi bir qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqini qisqa va tushunarli bo’lishi lozim.
Grafiklarni tasvirlashda ko’rsatkichlar, yozuvlar, shartli belgilar kam bo’lishi, qisqa ifodalanishi ularni tushunishni, tahlil qilishni osonlashtiradi.
Sifat ma’lumotlarini grafik tasvirlash usullari bo’yicha xulosa
Ustunli grafik: sifat o’zaruvchilarning kategoriyalari (sinflari) ustunlarda aks ettiriladi, bunda har bir ustunning balandligi sinf chastotasi, sinf nisbiy chastotasi yoki sinfning foiz nisbatiga teng bo’ladi.
Doiraviy diagramma: sifat o’zaruvchilarning kategoriyalari (sinflari) doiraning qismlari sifatida aks ettiriladi. Har bir qismning o’lchami sinf nisbiy chastotasiga proportsional bo’ladi.
Pareto diagrammasi: sifat o’zgaruvchining kategoriyalari(sinflari) bilan ifodalangan ustunli grafik bo’lib, balandlik bo’yicha chapdan o’ngga kamayish tartbida joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |