2 соат 1-Mavzu: Kirish Reja: Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi Statistika fan sifatida


Download 135.89 Kb.
bet2/11
Sana02.12.2023
Hajmi135.89 Kb.
#1780579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Маъруза матнлари

Nazorat savollari
2. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishini tushuntirib bering?
3. Statistika fan sifatida qachon tashkil topgan?
4. Statistikaning asosiy unsurlarini tushuntirib bering?


6 соат
2- Mavzu: Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti.
Reja:
1. Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha
2. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari
3. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari hamda statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati
4. Statistikada jamlash: turlari va mohiyati
5. Guruhlash metodi: mohiyati,ahamiyati va turlari
Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’yekt haqida tegishli ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi.
Statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi.
Har qanday ma’lumot to’plash ham statistik kuzatish hisoblanmaydi. Uni o’tkazishda quyidagi talab va tamoyillarga rioya qilinadi.
Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o’tkazishda to’plam birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon chegarasida to’g’ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir.
To’planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va ob’ektivligi haqida hech qanday shubha bo’lmasligi kerak.
Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’yektlar bo’yicha) dastur va metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks holda, ular keraksiz ma’lumotlarga aylanadi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim talablaridan biri ma’lumotlarni o’z vaqtida to’plashdir. Ma’lumki, amaliy menejmentda doimiy to’ldirilib boriladigan statistik ma’lumotlarga zaruriyat bor. Menejerlarga bu ma’lumotlar juda zarur. Ular ishonchli, to’liq va ob’yektiv bo’lishi hamda o’z vaqtida to’planishi kerak. Kechikkan ma’lumot – keraksiz ma’lumotdir.
Statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarga bo’linadi.
Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo’linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni to’plash uchun imkoniyat yaratadi.
Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarni voqea va hodisalarning sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab uch turga-uzluksiz, fursatli va bir yo’la kuzatishga ajratish mumkin.
Uzluksiz kuzatish deganda hodisalar ro’y berishi bilanoq qayd qilinadigan kuzatish tushuniladi. Masalan, bola tug’ilishi, nikohdan o’tish kabi voqea (hodisa)lar sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha kunning o’zidayoq qayd etiladi.
Fursatli kuzatish deganda ma’lum muddatlarda o’tkaziladigan kuzatishlar tushuniladi. Masalan, aholi ro’yhati va boshqalar.
Bir yo’la kuzatish deb birorta masalani yechish uchun o’tkazilgan kuzatishga aytiladi. Masalan, savdo korxonalarini jihozlanish darajasining bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi va bermasligini o’rganish uchun maxsus kuzatish o’tkazish. Bunday kuzatishni keyinchalik o’tkazmaslik ham, zaruriyat tug’ilsa, yana o’tkazish ham mumkin.
O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish ikki turga: yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga bo’linadi.
Yoppasiga kuzatishda to’plam birliklarining barchasi kuzatiladi.
Qisman kuzatishda o’rganilayotgan to’plam birliklarining bir qismi kuzatishga jalb qilinadi. Qisman kuzatish to’rtta turga: anketa orqali kuzatish, monografik tasvirlash, asosiy massivni kuzatish, tanlab kuzatishga bo’linadi.
Boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish bevosita kuzatish, hujjatli, savol-javob usullarida amalga oshiriladi.
Bevosita kuzatishda kuzatuvchi o’rganilayotgan to’plam birliklarini birma-bir ko’rib, sanab, tortib va o’lchab, keyin ro’yxatdan o’tkazadi. Hujjatli usulda esa kerak bo’lgan ma’lumotlar faqat maxsus hujjatlardan olinadi. Savol-javob usulida kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar kuzatish varaqasiga yoziladi.
Bu usulda so’raluvchidan hech qanday hujjat talab qilish mumkin emas. Bu usulga aholi ro’yxatini misol keltirish mumkin. So’roq-javob usuli o’z navbatida uchga bo’linadi: og’zaki usul; o’z-o’zini qayd qilish usuli; korrespondentsiya usuli.
Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilardan tashkil topadi: kuzatish maqsadi va vazifalari; kuzatish dasturi; kuzatish ob’yekti va birligi; kuzatish formulyari va yo’riqnoma.

Download 135.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling