4-соат
4-mavzu: Statistika ko’rsatkichlari
Reja
1.Markaziy tendentsiya ko’rsatkichlari va tasnifi
2. Analitik o’rtachalarning turlari va hisoblanish usullari
3. O’rtacha arifmetik miqdorning matematik hossalari va undan statistikada foydalanish
Markaziy tendentsiya ko’rsatkichlari va tasnifi
Ko’rstakichlar qatorining Markaziy tendentsiyasi, bu ma’lumotlarning aniq bir sonli qiymatga yaqinlashuvi yoki markazlashuviga harakatidir.
Ko’rstakichlar qatorining variatsiyasi, ya’ni ma’lumotlarning tarqalishidir.
Sonli ma’lumotlar qatori ko’rsatkichlarini biz quyidagicha belgilaymiz:
x1,x2,x3, ..., xn
bu erda – x1ma’lumotlar qatoridagi birinchi ko’rsatkich, x2ma’lumotlar qatoridagi ikkinchi ko’rsatkich, x3ma’lumotlar qatoridagi uchinchi ko’rsatkich ..., va xn ma’lumotlar qatoridagi n- (va eng so’nggi) ko’rsatkich. Demak, agar ma’lumotlar qatorida 5 ta ko’rsatkich bo’lsa, biz x1,x2,x3,x4,x5ko’rinishida yozamiz. Agar haqiqiy raqamlar 5, 3, 8, 5, va 4 bo’lsa, u holda x1=5, x2=3, x3=8, x4=5, va x5=4 ga ega bo’lamiz.
Ya’ni, x1 + x2 + x3 + ... + xn=Σxi. uning boshqacha tarifi quyidagicha bo’ladi:
“Tipik elementi xi bo’lgan, x1 dan boshlanuvchi va xnbilan tugovchi ko’rsatkichlarning yig’indisi”.
Oldinroq ko’rgan misolimizni faraz qilaylik, , x1 = 5, x2 = 3, x3 = 8, x4 = 5, va x5 = 4.
U holda deb belgilangan 5 ta ko’rsatkichning yig’indisi quyidagicha bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |