Kuzatish dasturi – bu kuzatish davomida yig’ilishi kerak bo’lgan savollar yoki qayd qilinishi lozim bo’lgan belgilar va ko’rsatkichlar ro’yxatidir. U qisqa, tushunarli bo’lishi kerak va faqat aniq javob olinishi mumkin bo’lgan, shubha tug’dirmaydigan va bir-birining javoblarini nazorat qila oladigan savollardan tashkil topgan bo’lishi kerak. Dastur tuzish statistik kuzatishning eng og’ir va mas’uliyatli bosqichidir.
Kuzatish birligi – bu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga ega bo’lgan birlikdir. Kuzatish birligi bo’lib, aholi ro’yxatida har bir shaxs, korxonalar ro’yxatida har bir korxona hisoblanadi.
Kuzatish ob’yekti - bu tekshirish o’tkaziladigan hodisa va jarayonlar yig’indisi yoki statistik ma’lumotlar qayd qilinadigan aniq chegara miqdori (oralig’i)dir.
Masalan, aholi ro’yxati o’tkazilayotgan bo’lsa, biz aniq belgilab olishimiz kerak, qaysi aholini ro’yxatga olmoqchimiz: mavjud aholinimi? Yoki doimiy aholinimi?Tijorat korxonalarini ro’yxatga olish uchun, oldin aniq bilishimiz kerak, qaysi korxonalar tijorat korxonalari bo’lib hisoblanadi?
Tasodifiy xatolar - bu qayd qilish xatolari bo’lib, ular so’roq o’tkazuvchilar yoki qayd qiluvchilar tomonidan qilinishi mumkin.
Muntazam xatolar doimo bir yo’nalishda bo’ladi. Ular oldindan ko’zlangan va oldindan ko’zlanmagan xatolarga bo’linadi. Oldindan ko’zlangan xatolar - bilib turib qilinadigan xatolardir.
Guruhlash metodi:
Statistik kuzatish ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning keng tarqalgan metodlaridan biri guruhlashdir. Statistikada guruhlash deb to’plam birliklarini eng muhim belgilari bo’yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o’rganishga aytiladi.
Guruhlash metodi oldida o’rganilayotgan to’plam birliklarini tiplarga ajratish, hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni va to’plam tuzilishini o’rganish vazifalari ham turadi. Bu vazifalar guruhlashning uch (tipologik, analitik, tuzilmaviy) turidan foydalanish orqali hal qilinadi.
1.Umumdavlat klassitorlarimumdavo’lkassifikatorlari2.Matematik vekspert-analitik metodl
Do'stlaringiz bilan baham: |