2 соат 1-Mavzu: Kirish Reja: Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi Statistika fan sifatida


Download 135.89 Kb.
bet9/11
Sana02.12.2023
Hajmi135.89 Kb.
#1780579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Маъруза матнлари

Nomoliyaviy aktivlar – jumlasiga barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyoridagi ma’lum davr mobaynida foydalanish yoki saqlashdan aniq yoxud potentsial iqtisodiy samara keltiruvchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlari kiradi. Ularning tashkil topish jarayoniga qarab ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmagan guruhlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarilgan nomoliyaviy aktivlar ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi va uch asosiy elementni, asosiy fondlar (asosiy kapital), moddiy aylanma mablag’lar zaxirasi va qimmatbaho boyliklarni o’z ichiga oladi.
Asosiy fondlar (asosiy kapital) mahsulot ishlab chiqarish, bozor va nobozor xizmatlari ko’rsatishda ishtirok etuvchi hamda uzoq davr mobaynida foydalanishga mo’ljallangan aktivlarda o’z aksini topadi.
Moddiy asosiy kapitali guruhi ishlab chiqarish va yashash binolari, inshootlar, mashina va jihozlar, shuningdek, o’stiriladigan aktivlardan iborat. Milliy boylikning mazkur omiliga uy xo’jaliklari tomonidan oxirgi iste’mol uchun xarid qilingan mashina va jihozlar hisobga olinmaydi Shuningdek, asosiy kapital tarkibiga ishlab chiqarilgan nomoddiy aktivlarni ham kiritiladi. Bularga foydali qazilmalarni qidirishga ketgan xarajatlar, inson mehnati asosida vujudga kelgan va informatsiya sifatida taqdim etilgan ma’lumotlar qiymati kiradi. Yuqorida qayd etilgan omillarga EHM lar uchun dasturlar, original ijod janrlari, adabiyot va san’at durdonalarini ko’rsatish mumkin. Asosiy kapital milliy boylikning muhim elementi sifatida mamlakat statistikasida hisobga olinadi, hamda ularning tarkibi MHT ning mazkur iqtisodiy toifasida bir qadar muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
Ishlab chiqarilgan nomoliyaviy aktivlar tarkibiga kiruvchi ikkinchi element, bu moddiy aylanma mablag’larining zaxirasidir. Joriy yoki o’tgan davrda tayyorlangan va keyinchalik sotish yoki ishlab chiqarishda foydalanish uchun mo’ljallangan ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, qayta sotish uchun olingan mollar shular jumlasidandir. Ishlab chiqarilgan material aktivlar umumiy tarkibida qimmatbaho boyliklar alohida o’rin tutadi. Bu turdagi boyliklar qiymat zahiralari sifatida sotib olinadi, saqlanadi va amaliyotda ularni ishlab chiqarish jarayoni yoki iste’mol uchun ishlatiladi. Ushbu ko’rinishdagi milliy boylikning elementlarini egalari ularning real narxi oshishi yoki saqlanib qolishini mo’ljallagan holda sotib oladilar. Qimmatbaho boyliklar toifasiga ishlab chiqarish zahirasi hisoblanmaydigan, yuqori bahoga ega bo’lgan qimmatbaho metall va toshlar, tilla buyumlar, antikvar buyumlar, san’at asarlari va kollektsiyalari kiradi.

Download 135.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling