2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari


Download 445.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/26
Sana17.06.2023
Hajmi445.46 Kb.
#1535617
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
5 мавзу макро

Y= f( L,K,N), modelda yuqori texnik rivojlanish bosqichida erning kichik 
ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga 
bog`liq deb olingan.
Y= f( L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko`rinishi quyidagicha: Y= (ΔY/ Δ 
L) L + (ΔY/ ΔK)K , bu yerda: ΔY/ Δ L- mehnatning chekli mahsuloti (MPL); 
ΔY/ ΔK- kapitalning chekli mahsuloti (MPK).  
Solou modeliga ko`ra yalpi ishlab chiqarish hajmi mehnat unumdorligini -
bitta ishchiga to`g`ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini (y=Y/L) o`stirish 
hisobiga ta‘minlanishi mumkin.
Ayni paytda mehnat unumdorligi kapital bilan qurollanganlik darajasining k=


K/L) funksiyasi, ya‘ni y  f(k)
Bu yerda f(kF(k,l)
Kapital (fond) bilan qurollanganlik darajasining o`sishi esa jamg`arish 
normasiga bog`liq.
13.1.-rasm. Bitta ishchiga to`g`ri keladigan ishlab chiqarish(Y) va talab 
(c+i)
11
  
  
Modelda yalpi talab investitsion va iste‘mol xarajatlari bilan belgilanadi deb 
olinadi.
Y = C + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko`rsatkichlari ham iste‘mol va 
investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
Daromad, shakllangan jamg`arish normasiga ko`ra, iste‘mol va jamg`arishga 
bo`linishini hisobga olib iste‘mol funksiyasini quyidagi ko`rinishda yozishimiz 
mumkin:
C=(1-s)Y
Bu yerda s-jamg`arish normasi.
Bundan Y= C + I=(1-s)Y+ I, o`z navbatida I= sY kelib chiqadi. Boshqacha 
aytganda muvozanat holatida investitsiyalar jamg`armalarga teng va daromadga 
proporsionaldir.
Talab va taklifning tengligi shartini quyidagicha yozish mumkin:
f(k)=C+I f(k)= I/s Ishlab chiqarish funksiyasi tovarlar bozorida taklifni,
kapital jamg`arish esa ishlab chiqarilgan mahsulotga talabni belgilaydi.
Ishlab chiqarish hajmi dinamikasi kapital ( kapital bilan qurollanganlik) 
hajmiga bog`liq. Kapital hajmi esa uning chiqib ketishi va investitsiyalar ta‘sirida 
o`zgaradi.
Investitsiyalar kapital zahirasini orttiradi, chiqib ketish (amortizatsiya) esa uni 
kamaytiradi.
Investitsiyalar fond bilan qurollanganlik va jamg`arish normasiga bog`liq. Bu 
iqtisodiyotda talab va taklif tengligi shartidan kelibchiqadi: I= sf(k). Jamg`arish 
normasi (s) k ning har qanday miqdorida mahsulotning investitsiya va iste‘molga 
bo`linishini belgilaydi:
11
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2015 



Download 445.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling