2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari


 Iqtisodiy o`sishning R.Xarrod modeli


Download 445.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana17.06.2023
Hajmi445.46 Kb.
#1535617
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
5 мавзу макро

4. Iqtisodiy o`sishning R.Xarrod modeli 
Agar E. Domar o`z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan 
miqdor ded olgan bo`lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy 
o`sish modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan 
endogen funksiyasi ham kiritildi. Akselerator prinsipiga ko`ra nafaqat investitsiyalar 
ishlab chiqarishning o`sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va 
daromadlarningning o`sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga 
olib keladi.
R.Xarrod o`z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1)kafolatlangano`sish surti tenglamasi; 2) haqiqiy o`sish sur‘ati tenglamasi; 
3)tabiiy o`sish sur‘ati tenglamasi.

Xarrod modelida haqiqiy o`sish sur‘ati ishchi kuchining o`sish sur‘ati 
va kapital unumdorligining o`sish sur‘ati bilan belgilanadi.
Gr*c = s , bu yerda  
Gr - YaIMning haqiqiy qo`shimcha o`sish sur‘ati; Δ Y/ Y; c- ishlab 
chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ;
s– Milliy daromaddagi jamg`arish hajmi yoki jamg`arishga o`rtacha moyillik,

/ Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta‘minlangan o`sish sur‘ati bo`lgan 
kafolatlangan (prognoz qilingan) o`sish sur‘atiga asoslanib o`z investitsiya 
rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o`sish sur‘ati jamg`arishga o`rtacha moyillik 
darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi: Gw = s / cr , bu yerda:
Gw – kafolatlangan o`sish sur‘ati
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti (o‘tgan yillardagi
shakllangan darajasi);
Bu ko`rsatkichlar doimiy bo`lganligi sababli kafolatlangan o`sish sur‘atlari 
ham doimiy bo`ladi.
Agar haqiqiy o`sish sur‘ati kafolatlangan o`sish sur‘atiga mos kelsa 
iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o`sish ta‘minlanadi. Amaliyotda bunga doimo 
erishib bo`lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro`y beradi.


 Xarrod modelida resurslardan to`liq foydalangan sharoitda ta‘minlanishi 
mumkin bo`lgan maksimal o`sish sur‘ati tabiiy o`sish sur‘ati deb nomlandi.

Download 445.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling