2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari


Download 445.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/26
Sana17.06.2023
Hajmi445.46 Kb.
#1535617
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
5 мавзу макро

 
Y* dk* dk*  
 f(k*)  
  
k
  
13.6.-rasm. Felpsning «oltin qoidasi» bo`yicha iste‘molning barqaror 
darajasi
16
  
―Oltin qoida‖ darajasiga mos keladigan kapital bilan qurollanganlik holatida 
f(k*) ishlab chiqarish funksiyasi va dk* chizig`i bir xil og`maga ega va ist‘mol 
maksimal darajaga erishadi.
k** kapital bilan qurollanganlik darajasida kapital zahirasining bir birlikka 
oshishi ishlab chiqarish o`sishini keltirib chiqaradi (kapitalning chegaraviy 
mahsulotiga teng keladigan) va kapitalning d kattalikka chiqib ktishini oshiradi. 
Shunday qilib, ―Oltin qoida‖ga mos keladigan k** kapital bilan qurollanganlik 
darajasida MPK=d shart bajariladi. Aholi o`sishi va texnik taraqqiyotni hisobga 
olgan holda esa MPK=d+n+g shart bajariladi.
Agar iqtisodiyot ―Oltin qoida‖ bo`yicha ega bo`lishi mumkin bo`lgan kapital 
zahirasidan ortiqcha kapital zahirasi bilan rivojlanayotgan bo`lsa, unda bu holatda 
jamg`arma me‘yorini pasaytirishga yo`naltrilgan siyosatni amalga oshirish zarur. 
Jamg`arma me‘yorining kamayishi iste‘molning oshishi va unga muvofiq ravishda 
16
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2015
C**
k**


investitsiyalarning pasayishiga olib keladi, demak kapital zahirasining barqaror 
darajasining pasayishiga ham olib keladi.
Agar iqtisodiyot barqarorlik holatida ―Oltin qoida‖ dagidan kam kapital bilan 
qurollanganlik bilan rivojlanayotgan bo`lsa, unda jamg`arma me‘yorini oshirish 
zarur. Bu investitsiyalarni oshirib iste‘molni pasaytiradi, lekin kapitalning 
jamg`arilib borishi bo`yicha qandaydir vaqtdan boshlab yana o`sa boshlaydi. 
Natijada iqtisodiyot yana yangi muvozanat holatiga erishadi ammo oltin qoidaga 
muvofiq bo`lgan holda, bunda iste‘mol dastlabkiga nisbatan yuqoriroq darajaga ega 
bo`ladi.
R.Solou modeli texnik taraqqiyotni farovonlikni barqaror oshiruvchi va 
o`sishning optimal variantini topishga imkon yaratuvchi yagona asos sifatida 
ko`rsatadi. Biroq u texnik taraqqiyotni tashqi (ekzogen) omil sifatida ko`rib chiqadi, 
demakki uni tushuntirmaydi. Ayrim olimlarning fikricha, texnik taraqqiyotning 
determinantlari bugungi kunda etarlicha aniq emas. Biroq davlat siyosati turli xil 
instrumentlardan shu jumladan ilmiy tadqiqot va loyiha – konstruktorlik ishlaridan 
foydalanib texnik taraqqiyotni rag`batlantirishi mumkin. Masalan, patent 
qonunchiligini 
mukammallashtirib, 
ayrim 
rivojlangan 
mamlakatlar 
(AQSh,Yaponiya, Germaniya) uzoq muddat davomida yangi mahsulotni ishlab 
chiqarish huquqiga monopoliyani berishdi. Soliq to`g`risidagi qonunlar ko`pgina 
mamlakatlarda ilmiy tadqiqot tashkilotlariga bir qancha imtiyozlar beradi. Maxsus 
tashkil etilgan milliy ilmiy fondlar fundamental ilmiy tadqiqotlarga subsidiyalar 
beradi. Hozirgi kunda mablag`larni inson kapitaliga yo`naltirish ham muhim 
masalalardan biri bo`lib kelmoqda, texnik taraqqiyotida u asosiy rolni o`ynaydi.

Download 445.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling