2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari


Iqtisodiy o`sishning J.Mid va A. Lyuis modellari


Download 445.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/26
Sana17.06.2023
Hajmi445.46 Kb.
#1535617
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
5 мавзу макро

8. Iqtisodiy o`sishning J.Mid va A. Lyuis modellari. 
J.Midning iqtisodiy o`sish modeli ham neoklassik asoslarga ega. U 
iqtisodiy o`sishni chekli unumdorlik qonuni qo`llaniladigan marjinalistik 
yondoshuvlar bilan tushuntiradi. O`z konsepsiyasini J. Mid ―Iqtisodiy o`sishning 
neoklassik nazariyasi‖ (1961 y.) kitobida bayon etdi. Kobb- Duglas funksiyasining 
zamonaviylashtirilgan variantidan foydalanib, J Mid barqaror dinamik muvozanat 
imkoniyati tenglamasini keltirib chiqardi.
U=αk+βL+r
bu yerda: Y-milliy daromadning o`rtacha yillik o`sish surati:
k- kapitalning o`rtacha yillik o`sish sur‘ati; L- mehnatning o`rtacha 
yillik o`sish sur‘ati; α- milliy daromadda kapitalning ulushi; β- milliy 
daromadda mehnatning ulushi; r- texnik taraqqiyot sur‘ati.
Tenglama, milliy daromadning o`sish sur‘ati milliy daromadda ega bo`lgan 
ulushi bo`yicha mehnat va kapital o`sish sur‘atlarining yig`indisiga texnik taraqqiyot 
sur‘ati qo`shilishidan paydo bo`lgan miqdorga teng bo`lishini ko`rsatadi. Mehnat va 
texnik taraqqiyot o`sish sur‘atlarini doimiy deb taxmin qilib J. Mid quyidagi 
xulosaga keldi; iqtisodiy o`sishning barqaror sur‘ati kapital o`sishning barqaror 
sur‘atlari va uning milliy daromad o`sish sur‘atlari bilan tengligi sharoitida 


erishiladi. Agar kapitalning o`sish sur‘atlari milliy daromadning o`sish sur‘atlaridan 
oshsa, unda bu jamg`arish sur‘atlarining o`z-o`zidan pasayishiga olib keladi.
Bunday bog`liqlik J.Midning jamg`arishning milliy daromaddagi ulushi 
doimiy deb shart kiritganligining natijasidir. Shu sababli kapital jamg`arishning 
(investitsiyalarning) yuqoriroq sur‘atlarini moliyalashtirish uchun zarur bo`lgan 
jamg`armalarning qo`shimcha o`sishi birichisidan orqada qoladi va unga salbiy 
ta‘sir ko`rsatadi. Agar kapitalning o`sish sur‘ati milliy daromadning o`sish 
sur‘atidan orqada qolsa teskari holat ro`y beradi.
Mehnat unumdorligi o`sish sur‘atlarining dinamik muvozanatga ta‘sirini 
ko`rib chiqib J. Mid agar ular kapital jamg`arish sur‘atidan oshsa unda chekli mehnat 
unumdorligining pasayishi natijasida mehnatning kapital bilan almashtirilishi hosil 
bo`ladi degan xulosaga keldi. Ishlab chiqarish jarayonida ularning yangi nisbati esa 
mehnatning ham, kapitalning ham to`liq bandligini ta‘minlaydi. Shu bilan birga J. 
Mid real holatda mehnatning va kapital jamg`arilishining o`sish sur‘atlari o`rtasida 
muvofiqlikka amal qilish zarurligiga e‘tibor qaratgan. Aks holda, agar mehnatning 
o`sishi shunga muvofiq kapital oshishi bilan birga bormasa ishlab chiqarishning 
o`sishi ro`y bermaydi, chunki ishchi kuchining o`sishi ortiqcha bo`lib ishsizlik 
vujudga keladi. Agar kapital mehnat unumdoligini o`sish sur‘atlaridan tezroq o`ssa, 
unda ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari hosil bo`ladi. Biroq bu holda ham dinamik 
muvozanatga erishish usullari mavjud. J. Mid bozorlarning neoklassik nazariyasiga 
asoslanib ularni ko`rsatadi.
Bunda, mehnat bozorida ishsizlikning vujudga kelishi raqobatni kuchaytiradi, 
bu esa o`z navbatida ish haqi stavkalarining pasayishiga va kapitalning 
foydaliligining o`sishiga olib keladi. Natijada jamg`arish sur‘atlari oshadi va ishchi 
kuchining o`sish sur‘atlari bilan tenglashadi. J. Mid modelida davlat pul-kredit 
siyosatidan foydalangan holda faqatgina bilvosita barqarorlashtiruvchi rolini 
bajarishi kerak. Faqat shugina daromadlar va jamg`armalarni qayta taqsimlashning, 
resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o`sishni ta‘minlaydigan, samarali 
mexanizmini yaratish imkonini beradi.
A. Lyuis o`z modelida ishchi kuchi zahirasi (rezerv) ni iqtisodiy o`sishning 
asosi sifatida ko`rib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha, bu model ―aholi 
zichligi yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa cheklangan‖ davlatlar uchun qo`l 
keladi. Bunday mamlakatlarga A. Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni 
kiritadi.
A. Lyuis o`z konsepsiyasida erkin bozor g`oyasiga asoslanganligi tufayli, tahlil 
markaziga tadbirkor shaxsini qo`yadi. U bozorda mavjud ishlab chiqarish 
omillaridan, ya‘ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish xususida qarorlar qabul 
qiladi, Model iqtisodiyotning ikki sektori: agrar va sanoat sektorlarini hisobga olgan 
holda quriladi:. Agrar sektorda mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat 
unumdoligi juda past, chekli mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa 
qishloq xo`jaligidan ishchi kuchining ―olinishi‖ ishlab chiqarish qisqarishiga olib 
kelmasligini anglatadi. Qishloq xo`jaligida ishchilarning ish haqi yashash minimumi 
darajasida bo`lgani sababli, bu ishchi kuchidan sanoatda foydalanish hech qanday 


muammo tug`dirmaydi. Bu sektordagi mehnat unumdoligi agrar sektordagidan 
ancha yuqori.
Shunday qilib, A. Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini 
qishloq xo`jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan iqtisodiy o`sish 
sur‘atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu jarayonda asosiy mexanizm bo`lib 
tarmoqlararo bozor xizmat qiladi.
Sanoat ishlab chiqarish mashtablarini kengaytirib, o`z ishchilarining 
daromadlari o`sishini ta‘minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga ko`maklashadi. 
Bunda tadbirkorlar o`sib borayotgan daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga 
yo`naltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik iqtisodiy o`sishga dinamik ta‘sir 
ko`rsatadi.
Iqtisodiy o`sishning o`zini A. Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda uning manbai 
bo`lib qo`shimcha ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq 
xo`jaligida esa- chekli mehnat unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy 
o`sishning bu ikki turi investitsiyalashning ikki turli xil funksiyalariga muvofiq 
keladi. Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi. Shuning uchun 
investitsiyalarning berilgan funksiyasi yakuniy sanoat mahsulotiga talabga bog`liq 
bo`ladi. Uning o`sishi daromadlar oshishi va investitsiyalar kengayishini 
rag`batlantiradi. Qishloq xo`jaligida, aksincha, investsiyalar daromadlarning 
qisqarishiga bog`liq holda kengayadi: ish haqiga xarajatlarning ko`payishi 
fermerlarni qo`l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi.
O`z modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A. Lyuis uni 
industrial bosqichni o`tgan g`arbiy mamlakatlar uchun to`g`ri kelmaydi, deb 
hisoblagan. Boshqa mualliflar esa, aksincha, uni rivojlangan iqtisodiyot sharoitlari 
uchun maqbul deb hisoblashadi. Sh. Kindlberger o`z tahlilida ko`rsatganidek 
iqtisodiy o`sishning mehnat va kapital bilan bog`liqligining eng yaxshi namunasi 
bo`lib GFR, Italiya, Shveysariya, va Niderlandiya hisoblanadi. Buyuk Britaniya
Belgiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kabi mamlakatlar ham A. Lyuis modelini 
teskari bog`liqlikda bo`lsada, tasdiqlashdi: bu mamlakatlarda iqtisodiy o`sishning 
past sur‘atlari mehnat resurslari va ishlab chiqarish quvvatlaridan cheklangan holda 
foydalanish bilan bog`liq edi. Yana bir guruhni sezilarli ishchi kuchi ortiqchaligini 
boshidan kechirgan mamlakatlar tashkil etadi (Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, 
Yugoslaviya, Turkiya). Ularning iqtisodiy o`sishi ham Sh. Kindlberger fikricha A. 
Lyuis modeliga to`g`ri keladi. Bu mamlakatlar nafaqat o`z sanoatini balki boshqa 
yevropa davlatlari sanoatini ham ishchi kuchi bilan ta‘minlar edi va butun qit‘a 
uchun o`ziga xos mehnat zahirasi fondi vazifasini bajargan edi.
Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o`rganadigan bo`lsak, bugungi 
kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to`liq qo`llanilayotganligini ko`rishning iloji 
yo`q deb o`ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o`sishni modellashtirishda 
asosiy e‘tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat 
boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining samadorlik 
jihatlarini ustuvor deb hisoblashadi.



Download 445.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling