2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari
-rasm. Aholi soni o`sishiningiqtisodiy muvozanatga ta‘siri
Download 445.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5 мавзу макро
- Bu sahifa navigatsiya:
- ΔY/Y=ΔL/L=ΔΚ/K=n
13.4.-rasm. Aholi soni o`sishiningiqtisodiy muvozanatga ta‘siri
14 Matematik jihatdan o`zgarmas kapital bilan qurolanganlik sharoitidagi iqtisodiyotda barqaror muvozanat sharti quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi: Δk=sf(k)-(d+n)k=0 yoki sf(k)=(d+n)k Tenglamadagi (d+n)k investitsiyalarning kritik kattaligini xarakterlaydi. Ya‘ni bir ishchiga to`g`ri keladigan kapitalni doimiy o`zgarmas darajada saqlab turadigan hajmini ifodalaydi. Aholi o`sishining hisobga olgan holda R. Solou modelini grafik jihatdan ifodalash uchun mehnatning kapital bilan qurollanganligi barqaror darajasini (k*) deb belgilaymiz. Aniqlaganimizdek, agar bir ishchiga to`g`ri keladigan kapital (k=const) bo`lsa iqtisodiyot muvozanat holatida bo`ladi. Agar k1 1 ) k* ga qadar o`sadi. Agar k 2 >k*, unda investitsiyalar ularning kritik darajasidan past va (k 2) k* ga qadar pasayadi. Model iqtisodiyot barqaror holatda bo`lishi uchun investitsiyalar sf(k) kapital chiqib ketishi va aholining o`sishi (d+n)k oqibatlarini qoplashi kerakligini 14 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2015 ko`rsatadi. B holda kapital bilan qurollanganlik (k) va mehnat unumdorligi (y) o`zgarmas qoladi. Lekin aholi o`sishida kapitalning doimiyligi rapital ham aholiga mos sur‘atda o`sishi kerakligini anglatadi: ya‘ni: ΔY/Y=ΔL/L=ΔΚ/K=n Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: aholining o`sishi – iqtisoiyotning barqarorlik holati sharoiidagi uzluksiz iqtisodiy o`sishning sabablaridan biri. Biroq agar aholining o`sishi investitsiyaning oshishi bilan birga bormasa, unda bu bir ishchiga tug`ri keladigan kapital zahirasining kamayishiga olib keladi.Aholining n dan n 1 ga o`sishi (d+n)k chizig`ini yuqoriga (d+n 1 )k holatiga siljitadi. Bu esa kapital bilan qurollanganlikni k* dan k1* gacha qisqartiradi. Shunday qilib, R.Solou modeli aholi o`sishining yuqori sur‘atlarga ega bo`lgan davlatlarda kapital bilan qurollanganlik past – demakki, daromadlar ham past bo`lishini tushuntirib beradi. R.Soluning fikriga ko`ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o`sishiga teng sur‘atda o`sib boradi. Aholi sonining tez o`sishi iqtisodiyotning o`sish sur‘atlari jadallashishiga ta‘sir etadi, ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi. O`z navbatida, jamg`arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffitsentini ko`tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o`sish sur‘atiga ta‘sir ko`rsatmaydi. Shu sababli barqaror holatdagi iqtisodiy o`sishning yagona sharti texnik taraqqiyotning o`sish sur‘ati hisoblanadi. Download 445.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling