2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari
Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o`sishga ta‘siri. Felpsning
Download 445.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5 мавзу макро
7. Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o`sishga ta‘siri. Felpsning
«oltin qoidasi». Iqtisodiy o`sishning investitsiyalar va bandlar sonining oshishidan keyingi uchinchi manbasi bo`lib, texnik taraqqiyot hisoblanadi. Neoklassik nazariyada texnik (texnologik) taraqqiyot deganda ishlab chiqarishning mashinalashtirilishi emas, balki, ishlab chiqarishdagi sifat o`zgarishlari (ishchilarning ma‘lumot darajalari va malakalarining o`sishi, ishlab chiqarishni tashkil qilishning yaxshilanishi, ishlab chiqarish ko`lamining kengayishi) tushuniladi. Modelga texnik taraqqiyotning kiritilishi ishlab chiqarish funksiyasini o`zgartirib, u quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi: Y=f(K,L×E) Bu yerda(E)- mehnat birligi samaradorligi (ishchi kuchining salomatligi, ma‘lumoti va malakasiga bog`liq): (L×E)- doimiy samaradorlik E ga ega shartli mehnat birliklari soni. E qanchalik katta bo`ls, mavjud ishchilar soni bilan shuncha ko`p mahsulot ishlab chiqarilishi mumkin. Texnik taraqqiyot mehnat samaradorligi(E) ning doimiy surat (g)bilan o`sishga olib keladi. Shuning uchun g =2% bo`lganda, mehnatning har bir birligidan qaytim yiliga 2% ga oshadi, bu esa ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi yiliga 2% o`sgandagi kabi o`sishiga olib keladi. Texnik taraqqyotning bunday shakli mehnatni tejaydi deyiladi, (g)– esa mehnatning tejaydigan texnik taraqqiyotning surati. Endi texnik taraqqiyot holatidagi kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasini aniqlash mumkin. Agar bandlarning soni (L) (n) sur‘at bilan oshayotgan bo`lsa, samaradorlik (E) esa (g)sur‘at bilan o`sayotgan bo`lsa, unda (LE) (n+g) sur‘at bilan oshib boradi. Doimiy samaradorlikka ega bir mehnat birligiga to`g`ri keladigan kapital k 1 +[K/(LE)] ni tashkil etadi. Doimiy samaradorlik bilan mehnat birligiga to`g`ri keladigan ishlab chiqarish hajmi esa u 1 =Y/(LE)ni tashkil etadi. Bunda barqaror muvozanatlilik holatiga quyidagi shartda erishiladi: Download 445.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling