va qotish muddatiga bog’liqligi.
Sementning mustaxkamligi uning mineral tarkibiga bevostia bog`liq bo`ladi. Yuqorida qaydetilgandeksementning mustaxkamligiga va qotish tezligiga C3S xal qiluvchi ta‘sir ko`rsatadi va 7 sutkadan so`ng uning mutsaxkamligi yakuniy mustaxkamligidan 70% ini tashkil qiladi. Sementning faolligiga omborda saqlash davomiyligi ham katta ta‘sir ko`rsatadi. Saqlashning hatto qulay sharoitlarida ham sementga CO2 va havodagi suv bug`lari ta‘sir qiladi. Bunda sement yuzasida mustahkamlikni pasaytiruvchi gidrat birikmalar va CaCO3 hosil bo`ladi. Ular 3 oydan so`ng 15-20% ga 6 oydan 20-30%ga va undan ko`pga mustahkamlikni pasaytiradi. Faollikni pasayishiga gigroskopik qo`shimchalar (trepel, opoka, diatomit)larning mavjudligi sabab bo`ladi bardoshlikni ortishiga esa gidrofob qo`shichalar yordam beradi. Faollik hamda qotish tezligini oshiruvchi omillarga semetning tuyish maydaligi muhim omillardanbiridir.
2.Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash.
Portlandsementni ishlab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Xom — ashyoviy moddalarni konlardan qazib olish va zavodga tashib keltirish;
Xom — ashyoviy aralashmanitayyorlash;
v) Pishirish uchun xom — ashyoviy aralashmani kuydirish va klinker hosil qilish;
g) Klinkerga gips yoki aktiv mineral qushimchalar qo`shib tuyish va portlandsement hosil qilish;
d) Tayyor mahsulotni omborlarga (siloslarga) joylash, saqlash.
Barcha texnologik jaraynlar lozim bo‘lgan tarkibli va sifatli klinker olishni ta‘minlashga qaratilgan. Xom — ashyoviy aralashmani tayyorlash belgilangan nisbatdagi komponentlarni maydalab tuyish va aralashtirishda shundan iboratki, bu komponentlar o`rtasida yuz beradigan reaksiyalarni to`lig`ini amalga oshishini va klinkerning bir jinsli bo`lishini ta‘minlaydi. Xom — ashyoviy aralashma quruq, xo`l va chatishtirilgan usulla bilan chala quruq qilib tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |