2-Topshiriq G‘aniyev Baxtiyor
Ta'lim sifati tushunchasi. Baho sifatni boshqarish elementi sifatida – mavzusi yuzasidan
Download 153.5 Kb.
|
2-top baho va baholash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholashda reyting tizimi va baholashda portfolio vazifasi – mavzusi yuzasidan reyting tizimi, portfolio vazifasini yoritib bering.
Ta'lim sifati tushunchasi. Baho sifatni boshqarish elementi sifatida – mavzusi yuzasidan modul tizimida bahojash va baho sifati nazoratini olib borilishini qonunuyligini tushintirib bering.
Baholashda reyting tizimi va baholashda portfolio vazifasi – mavzusi yuzasidan reyting tizimi, portfolio vazifasini yoritib bering. Reyting - inglizcha so‘z bo‘lib, baholash, individual koeffltsiyent m a'nolarini anglatadi. Talabalar bilimi sifatini baholashning o‘quv jarayoni va ta’lim natijalarini baholashga bir xil yagona yondashuvni ta’minlaydigan ko‘rsatma va qoidalar majmuidir. Reyting tizimini qo‘llashning maqsadi va vazifalari quyidagi natijalarga erishish uchun sharoit yaratish hisoblanadi: - talabalar oliy ta’limning davlat ta’lim standartida belgilangan darajada bilim va malakalarni egallashlariga erishish; - talabalar bilim sifatini baholashda muntazamlilik, izchillik va obyektivlikni ta’minlash; - talabalarning o‘quv-biluv harakatlarini faollashtirish, o ‘qish-o‘rganishga ijobiy motiv hosil qilish, muntazam ravishda mustaqil ishlashlari va musobaqalashishlariga erishish; - har bir talabaning o ‘quv sohasida egallagan o'rnini aniqlab, yutuqlari uchun rag‘batiantirish; - ta’lim natijalarini taqqoslashga imkon yaratish va boshqalar. Reyting usulida baholash tizimi quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: - uzluksiz ta ’lim tizimining har bir turi bosqichining o ‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; - ko‘p balli shkalani qo‘llash; - o‘qituvchi qo‘yadigan baholar murakkab matematik hisob-kitoblar bilan bog‘liq bo‘lmasligi lozim. Baholar (ballar) o‘quv yurtida qabul qilingan, qo‘llanib kelinayotgan mezonlarga binoan qo'yib borilishi kerak; - baholash natijalari talabalar (o‘quvchilar), ota-onalar, pedagoglar tushunishi uchun qulay, guruh jurnalidan bilib olinadigan bo‘lishi lozim. Baho (reyting) ballarini hisoblash, yakuniy ballarni chiqarish tartibi iloji boricha sodda bo‘lishi, ballarni nazorat turlari va shakllari bo‘yicha taqsimlab hisoblashni talab etmasligi kerak; - har bir ta’lim muassasasida o‘quv (uslubiyot) bo‘limi vazirlik ko‘rsatmasiga binoan yoki o‘zi mustaqil barcha og'zaki, yozma, test nazoratlari (baholashlari)ning minimal miqdorini belgilaydi va shu asosda yakuniy baho chiqariladi; - uzluksiz ta ’lim tizimining har bir bosqichida (turida) turli o‘quv yurtlari reyting (baholash) natijalari natijalarini taqqoslashga imkon berishi kerak Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling