2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети
HORDEUM L.TURKUMI AYRIM TURLARINING
Download 3.53 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya fanining dolzarb muammolari
HORDEUM L.TURKUMI AYRIM TURLARINING
LABARATORIYA SHAROITIDA URUG’LARNING UNUVCHANLIK XUSUSIYATI Mirjalolova M.Z., Odilova Z.F Andijon davlat universititi Ma'lumki tabiatdagi tirik organizmlar (o'simliklar va hayvonot dunyosi) insonning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy manbadir. Sayyoramizda sodir bo'lgan ekologik falokatlardan, ayniqsa, undagi tirik organizmlar katta talafot ko'rdi. Shuning uchun mavjud o'simlik va hayvonot 74 turlarini saqlab qolish va muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish jamiyat oldida turgan dolzarb muammolardandir. O’simlik ham, tabiiy ishlab chiqarish kuchlari qatorida kishilar hayotida g’oyat muhim rol o’ynab kelgan.Mamlakatimiz o’simlik zaxiralari orasida oziq-ovqat, yem-xashak, kauchuk,bo’yoq moddalari beradigan, vitaminli, efirli, shuningdek, dorivor turlari juda ko’p. Inson hayotini boshqa omillar bilan birgalikda o’simlikka ham bog’liq deyish mumkin. Chunki odamlar uchun zarur oziq-ovqat, qandi- qandolat, yoqilg’i, kiyim-bosh, qurilish materiallari, tabiiy bo’yoq, dorivor xomashyosi, nihoyat, sanoatning ko’p sohalari uchun zarur bo’ladigan xomashyolarni faqat o’simliklar beradi. Keyingi yillarda Markaziy Osiyo regioni, jumladan, O’zbekiston tuproq iqlim sharoitlarining o’zgarishi, ikkinchi tomondan sanoatning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, qishloq xo’jaligida turli kimyoviy moddalarning qo’llanilishi hamda insonning tabiatga nooqilona tazyiq ko’rsatishi natijasida biologik resurslarga keskin ta’sir etish holatlari kuzatilmoqda. Natijada o’simliklarning kamayishi, nobud bo’lish holatlari yuzaga kelmoqdaki, bu bevosita ekologik himoyani taqazo etadi. O‘zbekiston tabiati xilma-xil o‘simliklarga boy, xususan O‘zbekiston florasini tahlil qilganimizda Poeceae Barnh. Oilasiga mansub bo‘lgan Triticum L., Aegilops L. va Hordeum L. Turkumining madaniy hamda yovvoyi turlari o‘zining juda xilma-xilligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Hordeum L ya’ni arpalarni madaniy va yovvoyi turlari sanoat va tabiat uchun juda ahamiyatlidir.Ularning yovvoyi turlari gullaguniga qadar chorvachilik uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi. Madaniy turlaridan pivo tayyorlashda, uy hayvonlari uchun ozuqa sifatida va bir qancha maqsadlarda ishlatiladi. Farg‘ona vodiysi sharoitida Triticum L., Aegilops L. va Hordeum L. Turkumi ayrim turlarini bioekologik xususiyatlarini qiyosiy o‘rgandik. Tajriba maydonida o‘rganilayotgan turkumlarning ayrim vakillari yetishtirilib fenologik kuzatuvlar olib borildi. 75 Biz o’rganayotgan turlardan Hordeum L. turkumining ayrim vakillari va N. leporinum Link ni laboratoriya sharoitida unuvchanligini kuzatish maqsadida dastlab yovvoyi turlarni urug’larini tanlab oldik. Saralangan urug’lar 2017-yil 10- mart kuni, bir vaqtda soat 12 00 da oddiy suvga solindi. Bir sutka turgan urug’larni 11.03.2017 yil kuni filtr qog’ozga solingan petri kosachasiga solib, ustidan filtr qog’oz yopib 10 tomchi suv tomizib, 20 0 Slitermostatga joyladik va har kuni kuzatib bordik. Kuzatish jarayonida barcha urug’lar bir vaqtda unmasligi kuzatildi. Turning nomi Labaratoriya sharoitida Urug’larning unuvchanligi(dona) 13.03 14.03 15.03 16.03 17.03 18.03 19.03 20.03 21.03 22.03 H.Spontaneum 10 10 10 10 10 10 10 10 10 H.Ceparinium 2 2 3 6 6 10 10 10 10 N. leporinum Link 3 3 3 3 3 3 3 3 3 3 Turlarning biometrik ko’rsatkichlari har kuni o’lchab borildi va natijalar o’zaro solishtirildi. H.Spontaneum ning ildizi o’rtacha 9,4 sm uzunlikni, poyasi esa 3sm ni, H.Ceparinium ning poyasi esa o.69 sm uzunlikni, N. leporinum Link ildizi 1,3 smni poyasi 5,9 sm uzunlikni tashkil etdi. Olingan natijalardan shuni xulosa qilish kerakki , urug’lar qanchalik katta bo’lsa ularning unuvchanligi mayda urug’larga nisbatanyuqori bo’ladi. H.Spontaneum ning urug’lari tez va to’liq unib chiqdi. Bu mazkur turning birmuncha noqulay sharoitda ham unuvchanligi yuqori ekanligini ko’rsatadi. H.Ceparinium ning urug’lari birmuncha mayda bo’lganligi uchun sekinroq undi.Lekin kuzatuvlarning 10-kunida barcha urug’lar unib chiqdi. Download 3.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling