2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


KAMYOB VA AREALLARI QISQARAYOTGAN O’SIMLIK


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

KAMYOB VA AREALLARI QISQARAYOTGAN O’SIMLIK 
TURLARNI MUXOFAZA QILISH CHORA TADBIRLARI 
TO’G’RISIDA. 
A.SH.Mamatyusuov, F.SH.G’apporov, P.O.Usupjonov 
Andijon davlat universiteti 
Bugungi kunda butun dunyo miqyosida o’simliklar tanazzulga uchrab, 
ularning turlari kamayib va areallari qisqarib bormoqda. Buning sababi nima 
bilan bog’liqligi barchamizni o’ylantiradi. Oxirgi 20-30-yil ichida 
tabiatimizning asosiy komponentlari hisoblangan o’simlik va xayvonot 
dunyosiga antropogen ta’sirlar darajasi doimy ravishda ortib bormoqda. 
Tabiatdagi muvozanat uning qonuniyatlarining buzulganligi tufayli tabiat 


88 
krizisi yuzaga keldi. Makro ekotizmdagi bunday holatlarni vaqtida oldi 
olinmasa, u ekologik xalokatga aylanishi mumkin. O’rmonlar ekotizimiga 
ko’rsatilayotgan antropogen ta’ziqlar tufayli (ayovsiz ravishda kesish, 
yong’in tushishi) ularning areallari keskin kamayib bormoqda. So’ngi 
ma’lumotlarga ko’ra xozirgi kunda, sayyoramiz hududida 10-15% o’simliklar 
yo’qolib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa xomashyobop (dorivor, 
vitaminli,alkoloidli, saponinli) manzarali o’simliklarning tabiiy areallari 
keskin 
ravishda 
qisqarib 
bormoqda. 
Masalan 
1960-1970-yillarda 
Respublikamizning turli mintaqalarida keng tarqalgan muxim dorivor 
o’simlik xisoblangan (Adonis chrysoeyathys, A. turkestanicus, A. leiosepal, 
Iagochilus, Inebrianus, Fumariola turkistanicus, Aconitum serarschanicu, A. 
talassicum, Physochlaina alaicu, Hypericum sp. Ieonurus turkestanica, 
Origanu, Tulipa ferganica. T. sharipovii, Eremurus kobustus, Paeonia 
hybrida) juda ko’p o’simliklarning areallari qisqarib, ularning tabiiy 
zaxiralari keskin kamayib ketdi. 
XX asrning songi choragida Janubiy O’zbekistonning mashxur 3 ta 
daryo xavzalarining yuqori tog’ zo’nalarida tarqalgan yurak qon tomir 
tizimlari faoliyati uchun muxim dorivor manbaa xisoblangan Ungernia 
rictoris nomli kop yillik o’tchil o’simlik turi dori ishlab chiqarish maqsadida 
terib olinar edi. Bu o’simlik turidan yig’ilgan massa o’sha joyning o’zida 
quritilib Toshkent farmoseftika zavodiga jo’natilardi. Qirg’iziston 
Respublikasining (Issiqko’l atrofi) tog’li xududlarida o’suvchi Aconitum sp. 
maxalliy nomi Parpi deb yuritilgan o’simlik turining tartibsiz ravishda 
terilishi tufayli ularning tabiiy zaxiralari keskin kamayib Qizil kitobning Aii 
kategoriyasidan joy oldi va bugungi kunda tur populyatsiyalari ortdi. 
Shuningdek Samarqand, Navoiy viloyatlarining tog’ oldi xududlarida yurak 
qon tomir kasalliklari uchun dorivor xisoblangan bozulbang (Lagochilus 
inebrianus) turi tarqalish nuqtalari qisqari ketdi, natijada u xam qizil kitobga 
(1983) kiritildi. Bundan tashqari mintaqamizning tog’li xududlarida keng 
tarqalgan va mahalliy oziq ovqat sifatida keng foydalanish mumkin bo’lgan 
anzur piyozi (Allium suvorovii) ko’p miqdorda axoli tomonidan terib olinar 
edi. Undan tashqari Samarqand va Shaxrisabz konserva zavodlari ushbu xom 
ashyodan turli konseva mahsulotlari tayyorlab axoliga yetkazib berardi. 
Buning natijasida turlar soni keskin tanazzulga yuz tutib zavod faoliyatiga 
chek qo’yildi. Xozirda turlar soni ortib areallari kengamoqda.
Mamlakatimizning tog’, tog’ oldi va adir zoonalarida keng tarqalgan 
ajoyib go’zal va nafis manzarali o’simliklarimiz ayovsiz ravishda qirib 
yuborildi. Shuning uchun xam tog’larga ozgacha chiroy bag’ishlab turuvchi 
lola (Tulipa L.), shirach (Eremurus L.), boychechak (Gagea L.), va Iris (Iris 
L.) o’simliklari populyatsiyalari aytarli darajada qisqarib ketdi. 


89 
Xullas antropogen omillar ta’siri oqibatida manzarali, xomashyo va 
ozuqabop o’simliklarga juda kata zarar yetkazdi. 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling