90
Arslon quyruq – bu o‘simlik tog‘ va juda baland bo‘lmagan tog‘
etaklarida o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlik, bo‘yi bir metrga etadi, uni mollar
emaydi. Xalq xo‘jaligida ishlatilishi mumkinligi faqat keyingi vaqtlardagina
aniqlandi. Uning yer ustki qismlarida odam yuragining normal ishlashini
ta’minlovchi glikozid bor.
Bangidevona. Samarqand Qashqadaryo va Buxoroning yerlarida o’sadi.
Uning dorivor xususiyatlarga ega ekanligi so’ngi yillarda aniqlandi. Bu
o’t suvda qaynatib ichilsa qon bosimini tushiradi. Tibbiyotda xozir shu
maqsadda ishlatiladi.
Unobi — chilonjiyda. Balandligi 2—4 metrga etadigan daraxt,
suvsizlikka chidaydi, tog’ etaklaridagi adirlarimizda, sug’oriladigan
tekisliklarda o’sadi Surxondaryo, Samarqand oblastlarida ko’p tarqa1gan.
Bugungi kunda unobining noyob xususiyatlari xisobga olinib, prezidentimiz
Sh.M.Mirzoyoyev farmoni bilan butun respublika bo’ylab unobini keng
miqyosda yetishtish ishlari rivojlantirilmoqda. Ota – bobolarimiz uni
madaniy osimlik holiga aylantirib, bog’larda ko’kartirganlar. Bu daraxtning
mevasidan tashqari, tana qismlari ham katta ahamiyatga ega. Ildiz
po’stlog’i tarkibida oshlovchi modda, vitaminlar bor. Yaprog’ida esa
asabning sezuvchanlik xislatini yo’qotuvchi 1,7 protsent modda, 4 protsent
smola,sapo¬nin va fitonend birikmalari bor. Mevasi esa 20—30 protsent
qand moddaga, 2,5 protsent organik kislotalarga, 3,5 protsent rutin va
karotinga ega. Chilonjiyda mevasini ota-bobolarimiz ko'pgina kasalliklarni
da volashda ishlatib kelganlar. Ular tabib Abu AlI Ibn Sino uni o’pka,
buyrak va siydik yo’llarida uchray digan kasalliklarni davolashda qo’llagan.
Xitoy meditsinasi esa siydik haydovchi dori sifatida, ko’ksov va ich ketish
kabi kasalliklarni davolashda ishlatib keladi O’rta Osiyo xalqlari esa uning
mevasidan oily nav sharbatdan kamqonlik, ko’krak og’rig’i, astma,
yo’tal. jigar kasalligida bo’ladigan og’riqni qoldirishda buyrak va ichak
kasalliklarini davolashda dori sifatida ishlatadilar. Samarqand meditsina
institutinnng klinikalarida o’tkazilgan tajribalar shuni tasdiklaydiki,
haqiqatan ham jilonjiyda mevasi siydik haydash, qon bosimini pasaytirish
hususiyatiga ega ekan.
Yuqoridagi kabi noyob mevali va dorivor o’simliklar bizning
o’lkamizda juda ko’plab uchraydi, bularni yana ko’plab sanash mumkin. Biz
faqatgina ulardan ayrim keng ko’lamda qo’llanilib kelayotgan turlarinigina
keltirib o’tdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |