2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


MAKARON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

MAKARON MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH 
TEXNOLOGIYASI VA UNI RIVOJLANTIRISH 
D. Xasanova , O.A. Zokirjonova
Andijon davlat universiteti 
Makaron — bug'doy unidan ba’zida esa oqsilli boyituvchilar yoki ta’m 
beruvchi moddalar qo'shib tayyorlangan xamirga naychasimon, ipsimon, 
lentasimon va har xil boshqa shakllar berib quritilgan mahsulotdir.U qattiq 
bug'doydan olinadigan maxsus krupchatka unidan tayyorlanadi. Makaron 
mahsulotlari navining shakliga qarab, to‘rt tipga bo‘linadi: naychasimon, 
lentasimon, ipsimon va shakldor. 
Makaron mahsulotlari tez pishishi, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan yaxshi moslashishi va oziqaviylik qiymatining yuqoriligi tufayli 
kundalik hayotda, umumiy ovqatlanishda va oziqaviy konsentratlar ishlab 
chiqarishda juda keng qo'llaniladi. Namligi past (13 %) bo'lganligi bois 
xossalarini o‘zgartirmasdan bir yildan ortiq saqlanadi, tashishga chidamli.
Makaron mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi 
bosqichlarni qamrab oladi: xomashyoni saqlash va ishlab chiqarishga 
tayyorlash, xamir tayyorlash; mahsulotlarga shakl berish, ularni bo’laklash; 
quritish, qadoqlash, joylash va saqlash. 
Makaron ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bu un hisoblanadi.Unni 
ishlab chiqarishga tayyorlash uchun aralashtirish, elash, magnitli tozalash va 
o'lchash ishlari amalga oshiriladi.Makaron xamiri tarkibiga ko'ra unli 
mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan barcha xamirlar orasida eng 
oddiysi hisoblanadi.Xamirga kichik miqdordagi qo'shimchalarni qo'shish esa 
xamirning xossalari va sifatiga ancha ta’sir qiladi. 


263 
Tuxum - makaron xamirining sifatli bo’lishida muhim ahamiyat kasb 
etadi.Shuning uchun uning sifatiga alohida e’tibor qaratiladi.Tuxum 
foydalanishdan oldin dezinfeksiyalanadi, keyin suv bilan yuviladi.Tuxum va 
tomat kukuni, quritilgan sut teng miqdordagi harorati 40-45 °C bo'lgan suv 
bilan smetanasimon konsistensiyaga ega bo'lguncha aralashtiriladi, xamir 
qorish retsepturasiga asosan, suvning qolgan qismi va vitaminlar solinadi va 
emulsiya hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. 
Odatda, suv va qo’shimchalar miqdori 100 kg unga nisbatan hisoblab 
qo’shiladi va xamir qorilib 20MPaga yetadigan gidravlik presslarda 
presslanadi.Agar bosim yetarli darajada bo’lmasa sifatsiz uqalanuvchan 
mahsulotlar hosil bo’lishi mumkin. 
Buni oldini olish maqsadida xamirni vakuumlash yo’li bilan makaron 
xamiridan ortiqcha havo so’rib olinadi Presslash jarayoni tamom bo’lgach, 
xamir massasini matritsa tomonga shakl berish maqsadida bosim ostida 
suriladi.Presslangan nam makaron mahsulotlari tez deformatsiyalanuvchi 
plastik material hisoblanadi. Shuning uchun kesishni osonlashtirish va 
yopishib qolishining oldini olish uchun nam mahsulotlarga, matritsaning 
shakl berish teshigidan chiqayotgan vaqtida, havo puflanishi kerak. Quritish 
shkaflarida makaronlarning quritilishi kassetalarda terilgan holda amalga 
oshiriladi. Bir tekis quritish va sifatli mahsulot olish uchun makaronlar 
kassetani tekis va to‘liq to‘ldirishi lozim. Bunda naychalar orasidan havo 
o‘tishi osonlashadi va deformatsiyalangan, pachaqlangan makaronlar hosil 
bo‘lishining oldi olinadi. 
Yuqorida ko’rib o’tganimizdek makaron ishlab chiqarish texnologiyasi 
sohasida ham o’ziga yarasha qiyinchilik va kamchiliklar mavjud. Shunday 
bo’lishiga qaramay, makaron mahsulotlari insonlar tomonidan eng ko’p 
iste’mol qilinuvchi ozuqalar qatoriga kiradi.Agar makaron mahsulotlari 
ishlab chiqarish texnologiyasini yanada takomillashtirilib, inson organizmi 
kunlik ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan mikroelement va vitaminlar bilan 
yanada boyitilsa masalan, temir ionlari bilan boyitilgan undan foydalanib 
tayyorlansa, uning ozuqaviy qiymati yanada ortishi bilan birga aholi 
o’rtasida kamqonlik kasalligini oldini olish va davolashda profilaktik 
maqsadlarda foydalanishga erishish mumkin bo’ladi. 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling