2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


NA’MATAK O’SIMLIGINING DORIVORLIGI VA IQTISODIY


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

NA’MATAK O’SIMLIGINING DORIVORLIGI VA IQTISODIY 
AHAMIYATI. 
A.M.Abitqoriyev., M.Z.Abdutolipov. 
Andijon Davlat Universiteti 
Tabiat in’om etgan har bir ne’mat foydali xususiyatga ega. Shu o’rinda 
na’matak ham inson uchun eng foydali ne’matlardan biri. Na’matak 
o’simligi ko’plab biologik moddalarga boy o’simlikdir. Na’matakning 
ildizidan tortib, mevasigacha shifobaxsh xususiyatga ega bo’lib, birinchidan 
tabiiy va zararsiz, ikkinchidan esa iqtisodiy tomondan hamyonbopdir. 
Na’matak o’simligi ko’plab kasalliklarning oldini oladi va davolaydi. 
Quyida o’simligining ba’zi xususiyatlarini kimyoviy preparatlar ya’ni dori 
vositalari bilan taqqoslab ko’ramiz. 


85 
Gripp kasalligi o’tkir virusli yuqumli kasallik bo’lib, bu kasallikning 
oldini olish uchun na’matakning damlamasi va sharbat va shinnilarini 
me’yoriy is’temol qilish bu kasallikdan xalos qiladi. Grippning oldini olish 
va davolashda qo’llaniladigan kimyoviy dori vositalari ham ko’plab 
topiladi.1-jadvalda keltirilgan. 
1-jadval 
Gripp kasalligini oldini olish va davolashda qo’llaniladigan
Dori vositalarining nomlari 
Narxlari 
Dori vositalarining 
nomlari 
Narxlari 
Antigripp (tabletka 10 dona)
1800-2000 so’m 
Vrsggripp (tabletka 4 
dona) 
2500 so’m 
Rinomaks (tabletka 10 dona)
6500-9000 so’m 
Nol gripp ((tabletka 4 
dona) 
2500 so’m 
Insti (parashok 1 ta paketi)
1800-2000 so’m 
Orvinet (tabletka 10 
dona) 
5000 so’m 
Taylol Xod (parashok 1 ta 
paketi)
2500-3000 so’m Gripgo (tabletka 10 dona) 
5000 so’m 
Thera Flu (tabletka 10 dona)
6800-9000 so’m Stretolette (tabletka 2x9 
dona)
9200-10000 
so’m 
Parasitamol (tabletka 10 dona)
1000-2000 so’m 
Organizmning immun tizimini oshirish va organizmning ba’zi bir 
vitaminlarga bo’lgan talabini qondirishda na’matak foydali hisoblanadi. 
Avitaminoz kasalligini oldini oladi va davolaydi. Organizmning immun 
tizimi va vitaminlarga bo’lgan talablarini qondirish uchun kimyoviy dori 
preparatlaridan: Imunomodulin - 25000 – 30000 so’m, immunal – 15000 -
20000 so’mni tashkil qiladi. 
Organizmning muhim organlaridan biri bu jigardir. Organizmni turli 
zararli moddalardan tozalaydi, va yana bir qancha hayotiy muhim 
jarayonlarni bajaradi. Na’matak mevasidan tayyorlangan damlamani ichish 
jigar kasalliklarni oldini oladi. Na’matak juda yaxshi surgi va 
organizmlardagi qon tomirlaridagi tiqinlar (shlak) larni ketkazuvchi 
xususiyati borligi xam aniqlangan. Ushbu kasalliklarning kimyoviy dori 
vositalaridan foydalanilsa, 2-jadvalda keltirilgan dori ishlatildi. 
Bundan tashqari o’simlikning mevalardan tayyorlangan damlama o’pka 
sili, jigar, o’t qopchasini (pufagi) ni yalig’lanishi, terlama (tif), qizilcha, 
ichak, buyrak, qovuq kasalliklarini kasalliklarni davolashda foydalaniladi. 
Shu bilan birga na’matak mevasi asosida qilingan qaynatma qon 
to’xtatuvchi, tana xarorratini tushiruvchi tushiruvchi sifatida iste’mol 
qilinadi. Mevasi tanaga quvvat bag’ishlaydi, moddalar almashinuvini 
yaxshilaydi, buyrak va siydik yo’li kasalliklarini davolashda siydik yo’li 
kasalliklarni davolashda siydik haydashi uchun ishlatiladi. Barglaridan 
tayyorlangan qaynatma me’da og’riqlariga foydasi nihoyatda katta 


86 
hisoblanadi. Bu ne’mat shunchalik foydali, shifobaxsh va zarur ne’matki, 
uning bir o’zi butun bir dorixona o’rnini bosishi mumkin. 
2-jadval 
Buyuk sharq allomasi Abu Ali ibn Sino bemorlarning davolashda 
na’matak o’simligini mevasi, bargi va guli ildizidan tayyorlangan damlama 
qaynatmalaridan ichish va mevalarini is’temol qilishni tavsiya qilar edi. 
Olimning aniqlashicha, na’matakning barcha turlari tozalovchi va 
suyiltiruvchi xususiyatga egadir. U quloqdagi qurtlarni o’ldiradi, quloq 
shang’illashi va g’uvullashiga, tish og’rig’iga foyda qiladi. O’simlikning 
yovvoyi turlarining mevasi peshonaga chaplansa, bosh og’rig’idan xalos 
bo’ladi. Barcha turlari burun teshiklaridagi tiqinmalarni ochadi. U tomoqdagi 
va bodomsimon bezlardagi shishlarga ham foyda ekanligini aniqlagan va 
foydalangan. Ushbu kasalliklarni kimyoviy dori vositalari 2-jadvalda 
keltirilgan. 
Kimyoviy preparatlarni muntazam is’temol qilish me’da–ichak va jigar
buyrak kabi hayotiy muhim organlarning funksiyasini buzadi. Xususan 
og’riq qoldiruvchi (Bol nol, Dollex, Sinepar) kabi tabletkalar vaqtinchalik 
og’riq qoldiruvchi hisoblanadi. Bu qatordagi dori vositalarini ko’p miqdorda 
ichish me’daning shilliq pardasini yemirib, o’tkir surunkalik kasalli gastrit 
kasalligiga sabab bo’ladi. 
Ayniqsa xomiladorlik davrida bo’lajak onaning dori tabletkalarini 
ichish tug’ulajak farzandga har tamonlama ta’sir qiladi. Bu esa yurtimiz 
poydevori bo’lgan farzandlarga juda katta ta’sir qilishi mumkin.
Surgi vositasi sifatida 
Jigar va o’t kasalliklarini davolashda 
Dori vositalarining 
nomlari 
Narxlari 
Dori vositalarining 
nomlari 
Narxlari 
Filtrum (tabletka 10 
dona) 
9200-10000 
so’m 
Alloxol (tabletka 10 
dona) 
1500-2000 so’m 
Akrivlangan ko’mir 
(tabletka 10 dona) 
1000-1200 so’m 
Apkosul (tabletka 10 
dona) 
23000-25000 
so’m 
Senadeksin (tabletka 10 
dona) 
4000-4500 so’m 
Essel forte (kapsula 
10x5) 
36000 -40000 
so’m 
Bisokodil (tabletka 10 
dona) 
3500-4000 so’m 
Esensial (kapsula 
10x5) 
45000-50000 
so’m 
Pikalaks (tabletka 10 
dona) 
6500-7000 so’m
Og’riq qoldirish uchun ishlatiladigan 
Me’da kasalliklarini davolashda 
Dori vositalarining 
nomlari 
Narxlari 
Dori vositalarining 
nomlari 
Narxlari 
Bolnol (tabletka 10 
dona) 
5000-6000 so’m 
Omes (tabletka 10 
dona) 
1000-1500 so’m 
Dollex (tabletka 10 
dona) 
7000-8000 so’m 
Pankirazol (tabletka 
10 dona) 
4000-6000 so’m 
Sinepar (tabletka 10 
dona) 
7000-8000 so’m 
Festal (tabletka 10 
dona) 
3500-4000 so’m 


87 
Zamonaviy tibbiyotda na’matak mevasidan damlama, ekstrakt va ho’l 
mevasidan sharbat hamda hapdori va xolosis kabi dorivor vositalar 
tayyorlanadi. Mazkur dori vositalari avitaminoz va ateroskerosni davolashda 
o’t haydash maqsadida ishlatiladi. Karotolin preparati, qo’tir, qichima, 
ekzema, psoriaz kabi teri kasalliklarini davolashda qo’l keladi. 
O’simlikdan samarali foydalanish yuqorida bayon qilingan kasalliklarni 
oldini olib, katta iqtisodiy natijalarga erishish mumkin. Har bir inson yil 
davomida xilma xil ta’sirlar natijasida turli kasalliklar bilan og’rishi mumkin. 
Turli so’rovlar va suhbatlar davomida natijasida bir kishi eng ko’p miqdorda 
is’temol qilinadigan dori vositalari, og’riq qoldiruvchi tabletkalar ekanligi 
aniqlandi. O’rta xisobda bir oyda bir marta og’riq qoldiruvchi biron bir 
kasallikni davolash uchun tabletka 2000-3000 so’mni, bir yilda esa 24000-
36000 so’m miqdordagi summani xarajat qilishga to’g’ri keladi. 
Organizmdagi deyarli barcha kasalliklarni kelib chiqishiga asosiy sabab bu 
organizmning imunitetini pasayishi va yo’qolishidan. Na’makat damlama va 
qaynatmasini, mevasini is’temol qilishni xar bir kishiga tavsiya qilaman. 
Na’matak asosan tog’ va to’qay hududlarida uchrasada, o’simlikni xar bir 
xonadanda xam o’stirish imkoni bor. Uncha katta bo’lmagan sershox butani 
shaxar va kichik namunali turar joylarida ko’paytirish imkoni bor. 
O’simlikdan to’g’ri foydalanib uni xar bir xonadon boyligi qatoriga qo’shsa, 
eng avvalo eng katta boylik salomatlikga erishib turli kasalliklarni oldini olib 
qanchadan qancha pullarni tejagan bo’ladi.
Na’matakni iqtisodiy foydasi taxlili shuni ko’rsatadiki, agar mevasini 
sotib oladigan bo’lsak 1 kilogrammi 3000-5000 so’mni tashkil qilsin. 
Mevasidan damlama yoki qaynatma tayyorlab kunlik kun tarkibiga 
aylantiradigan bo’lsak, kami bilan xisoblanganda 10000-20000 so’mlik (bir 
oyda) kimyoviy tabletka dorilarini qabul qilishdan yaxshi natija beradi. 
O’simlikni o’zimiz yetishtirib yoki dalalardan terib kelib to’g’ri foydalansak 
o’z salomatligimizni tekinga sotib olgan bo’lar edik.

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling