YURAK QON TOMIR KASALLIKLARINI DAVOLASHDA
QO’LLANILADIGAN O’ZBEKISTONDA TARQALGAN AYRIM
O’SIMLIKLAR
Rahmonova N.,Yunusaliyeva G., S.S.Amanbayeva
Андижон давлат университети
O’zbekiston tabiati juda boy, xilma – xil madanlarga, noyob hayvonot
va ajoyib o’simlik qoplamiga ega. Bunday muhim tabiat boyliklardan biri
o’simliklar hisoblanadi. Ma’lumki butun dunyoda 500 000 dan ortiq
o’simlik turi bor. Ulardan 4700 dan ortig’i O’zbekiston hududida
uchraydi.
Bu o’simliklar orasida insoniyat uchun zarur bo’lgan bir qancha
turlari bo’lib, ular katta va cheksiz boyligimiz hisoblanadi. Dorivor va
ozuqabop o’simliklarga bo’lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Bizga
ma’lumki bug’doy, arpa, suli, sholi, makkajo’xori, no’xot, zig’ir va
boshqalar bizning asosiy oziq ovqatimiz hisoblanadi. Bundan tashqari
shirin shakar mevalarimiz (o’rik, olma, nok, shaftoli, anor, anjir, pista
bodom), kiyim kechaklarimiz ham (paxta, kanop, dub) asosan o’simlik
mahsuloti hisoblanadi. Biz quyida qadimdan va hozirgi zamon
farmasevtikasida yurak – qon tomir kasalliklarini qavolash uchun
qo’llaniladigan dori – darmonlar tayyorlanadigan ayrim o’simliklar xususida
atroflicha ma’lumotlar berib o’tamiz.
Sassiq motal. Surxondaryoning baland tog‘larida uchraydi, ko‘p yillik
o‘simlik. Hozirgacha u xalq xo‘jaligida ishlatilmay kelinmoqda.
O‘simlikning bo‘yi 30—40 santimetr bo‘ladi. Sariq gullari bor. Zaharli
bo‘lgani uchun uni mollar emaydi. O‘tloqlarda ko‘p uchraydi, bu hol
yaylovlardan to’liq foydalanishga to‘sqinlik qilib keladi. Keyingi vaqtlardagi
o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida bu o‘simlikdan kishi salomatligini
yaxshilashda foydalanish mumkinligi aniqlandi. Sababki, o‘simlikiing yer
ustki qismlarida yurak kasalini davolashda ishlatiladigan «adonizid» deb
ataluvchi kuchli glikozid moddasi bor ekan. Farmakologiya tekshirishlari
shuni ko‘rsatadiki, bu o‘simlik hozir ishlatilayotgan «adonis vernalis» o‘tiga
nisbatan 2.5 marta kuchli.
Farmakologiyada yurak dorilarining kuchini qurbaqa orqali sinaladi.
Dori ta’siridan qurbaqa yuragining urishiga qarab, uning kuchi aniqlanadi va
meditsinada bu, belgini qurbaqa birligi deb ataladi. Har yili ana shu
o‘simlikning yer ustki qismi o‘rib olinadi, yurak kasallarini davolashda
ishlatiladigan dori-darmonlar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |