2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


  INTENSIV BOG‘DORCHILIK VA UZUMCHILIKDA


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

19 
INTENSIV BOG‘DORCHILIK VA UZUMCHILIKDA 
 HOSILDORLIKNI OSHIRISH YO‘LLARI 
To`xtaboyev N.X. Rahimova T.I.
Andijon davlat universiteti 
Mamlakatimizda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, ularning 
sifatini yaxshilash, shuning barobarida, mevali daraxtlar ko‘chatlari turini 
ko‘paytirish orqali intensiv bog‘lar barpo etish borasida keng ko‘lamli ishlar 
amalga oshirilmoqda. 2010-2014 yillar davomida qariyb 50000 gektar 
maydonda yangi bog‘lar, jumladan 14 ming gektardan ortiq maydonda 
intensiv bog‘lar, 23 ming gektarda uzumzorlar yaratildi. Intensiv bog‘lar 
tashkil etish uchun Polsha, Serbiya va boshqa mamlakatlardan mevalarning 
sarxil navlarining 6 mln dan ziyod ko‘chatlari olib kelindi.
Bunday bog‘larning ko‘plab afzalliklarga ega ekanligi bugingi kunda 
amalda nomoyon bo‘lmoqda. Misol uchun, oddiy mevali daraxt ekilganidan 
boshlab dastlabki hosilni berguncha 4-5 yil o‘tadi. Intensiv bog‘dorchilikda 
esa daraxt 2-3 yildayoq hosilga kiradi. 2011 yilda yaratilgan bog‘larning har 
gektaridan 2014 yilning o‘zida o‘rtacha 300 sentnerdan hosil olingani va 
hosildorlik yil sayin ko‘payib borayotgani buni tasdiqlaydi.
Yangi bog‘larni yaratishda, intensiv, tez hosilga kiruvchi pakana va 
yarim pakana payvandtaglarga alohida e’tibor berilishi lozim. Intensiv 
bog‘larni afzalligi bu darxtlarning tanasi kichik bo‘lganligi uchun ular bilan 
ishlash qulay (ishlov berish, sug‘orish, kesish, shakl berish, dori sepish, 
mevani terish). Bunday bog‘larda daraxt tanasiga yorug‘lik tushishi, havo 
aylanishi yaxshi bo‘lgani uchun mevasini sifati yuqori bo‘ladi. Mevasini 
terishda ham ancha qulayliklar bor, ayniqsa simbag‘azga olingan bog‘larda 
narvon ishlatmasdan hosil teriladi, bunda ish unumli, yuqori bo‘lishi bilan 
birga terilgan mahsulotning tovar sifati ham yuqori bo‘lib, nobud bo‘ladigan 
mevalar soni kamayadi. 
Hosildorlikni oshirishni ta’minlash uchun tuproqni doimo oziqlantirib 
turiladi. Buning uchun har yili 30-40 tonna chirindi, 240-260 kg azot, sof 
holda 120-150 kg fosfor, sof holda 60-70 kg kaliy solib turiladi. Ushbu 
agrotexnik ishlar o‘z vaqtida olib borilsa har gektar maydonidan 4-5-yili 50-
60 t hosil olishga erishiladi. Yurtimizning iqlim sharoitida pakana yarim 
pakana payvandtaglarga ulangan ko‘chatlarning turlari va navlariga qarab, 
parvarish ishlarini olib borish talab etiladi. Tabiiy sharoitdan to‘liq 
foydalanish har bir maydondan yuqori hosil olish uchun toklarni 
parvarishlashni maksimal mexanizatsiyalashda toklarni o‘stirishning turli 
tizimlari qo‘llaniladi. Bunda o‘sish sharoiti, xususiyati va olinadigan 
mahsulotdan qaysi maqsadda foydalanishi hisobga olinadi. O‘sish kuchi 
turlicha bo‘lgan texnik navlarini,o‘rtacha o‘sadigan kishmish va xo‘raki 


20 
navlar, shuningdek lalmikor yerlarda o‘stiriladigan toklarni tik simbagazda 
kuchli o‘suvchi,xo‘raki va kishmish navlarini qayirmsa simbagazda o‘stirish 
kerak. O‘stirish tizimiga ko‘ra tok tuplarini shakllantirish uchun ko‘chat 
o‘tkazilgandan so‘ng ikkinchi yili ustun o‘rnatilishiu zarur. Temir-beton 
ustunlar uzoq hizmat qiladi va iqtisodiy jihatdan foydaliydir. Yog‘och 
ustunlarni akatsiyadan yasash maqsadga muvofiq bo‘lib, ularni temir beton 
asosga o‘rnatish zarur, bu ularning mustahkamligini oshiradi.
2006 yil 11-yanvardagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini 
isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”ga Prezident 
qarori mamlakatimizda meva-sabzavot va uzum yetishtirishni ko‘paytirish 
joylarda va chekka hududlarda qayta ishlashga ixtisoslashtirilgasn kichik 
korxonalarni barpo etishda dasturilamal bo‘lmoqda. Sohaga qaratilgan e’tibor 
tufayli meva-sabzavot va uzum yetishtirishni ko‘paytirish hajmi yildan yilga 
ortmoqda. 2012-2014 yillarda sabzavot yetishtirish 16,3 %, meva yetishtirish 
qariyb 21 % ga o‘sdi. Ularning eksport hajmi mutassil ortib bormoqda. 
Bgungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari 
Germaniya, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSH, Janubiy Koreya, 
Turkiya hamda MDH mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Natijada intensiv 
bog‘lar yaratishda asosan tog‘ va tog‘oldi hududlari, suv taqchil yerlarda 
payvandtaglarga pakana ildiz-bo‘g‘iz qo‘yish yo‘li bilan yetishtirilgan 
ko‘chatlardan foydalanish texnologiyasi keng joriy etilmoqda, bunday 
bog‘lar 2 yilda hosilga kirib 6-yili gektaridan 50-60 tonnagacha meva berishi 
bilan ahamiyatli.
Tadqiqotlarga ko‘ra bir kishi yetarli darajada vitaminlarga to‘yinishi 
uchun 1yilda o‘rtacha 58,3 kg meva va 13,9 kg uzum iste’mol qilishi kerak 
bu yillik iste’mol me’yorini 30 millionlik yurtimiz aholisiga ko‘paytirsak bir 
kishi ehtiyoji uchun yiliga 1mln 749 ming tonnadan ziyod meva hamda 417 
ming tonna dan ortiq uzum yetishtirishimiz talab etiladi. Intensiv bog‘larni bu 
borada o‘rni beqiyos. 
Yangi usuldagi resurs tejamkor intensiv mevali bog‘larni barpo etish 
respublikamiz bog‘dorchiligini rivojlantirishga, yangi istiqbolli navlari 
hosildorligini yanada oshirish, meva va uzum mahsulotlarini ko‘payishiga 
ichki bozorni to‘ldirish va chetga eksport qilish orqali mamlakatimiz 
iqtisodiy qudratini pirovardida aholi farovonligi oshishini ta’minlash uchun 
zamin yaratiladi. 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling